Keys: bachadondan disfunktsional qon ketishlar
Download 228 Kb.
|
Bachondan qon ketishlar. Shaymanov T 412B stom
KEYS: BACHADONDAN DISFUNKTSIONAL QON KETISHLAR.. Kirish. Bachadondan disfunktsional qon ketishi deb, ayol jinsiy a`zolarida organik ozgarishlar kuzatilmasdan, balki tuxumdonlar gormonal faoliyatining buzilishi, gonadotrop gormonlar ishlashining buzilishi sababli kelib chiqadigan qon ketishlarga aytiladi. Bu holatda endometriyda doimo morfologik ozgarishlar kuzatiladi. BDQK ginekologik kasalliklarning 10- 15 % ni tashkil etadi va turli yoshdagi ayollarda, xatto qizlarda yuvenil qon ketishi, tug`ruq yoshidagi ayollarda, menopauzadan oldin va klimakterik yoshda xam kuzatiladi. Ayol organizmida xayz tsiklining kechishi juda murakkab biologik jarayon bolib, uning asosida bosh miya postloq qismi-gipotalamus gipofiz–tuxumdon–bachadon sistemasining bir–biriga ta`siri natijasidagi jarayon yotadi. Bu 5 ta halqa ozaro bog`langan bolib, ulardan birining faoliyatini izdan chiqqanda xayz tsiklining buzilishi kuzatiladi. Hayz tsikli buzilishining korinishlaridan biri bachadondan disfunktsional qon ketishidar. BDQK yuzaga keltiradigan bir qancha omillar mavjud: 1. Markaziy nerv sistemasining buzilishi– asab zoriqishi, stress omillari, aqliy va jismoniy zoriqish, jarohatlanish. Otkir va surunkali infektsiyalar (gripp, surunkali tonzillit, revmatizm, sil ). Jinsiy a`zolarning surunkali yallig`lanish kasalliklari. Ichki sekretsiya bezlari xastaliklari. Ba`zi dorilarni muntazam ichish oqibatida (neyroleptiklar). BDQK asosan ayollarning 3 davrida, balog`atga etganda, 20-25% xollarda «etilish» davrida va klimakterik davrida, ya`ni organizmning « sonish» davrida 50-60% xollarda uchraydi. YUqorida korsatilgan omillar ta`sirida bir-biri bilan uzviy bog`langan halqalardan birining funktsional ozgarishi kuzatiladi, bu esa oz navbatida tuxumdonlar faoliyatining buzilishiga olib keladi: a) Ovulyatsiya buzilishiga . b) Sariq tana rivojlanishi II fazasining va progesteron ishlab chiqarishning boshlanmasligi. v) Ayol organizmiga faqat estrogenlarning uzoq ta`sir etishi. SHu ozgarishlarga kora BDQK ni quyidagicha tasniflash mumkin: BDQK TASNIFI: Anovulyator qon ketishi: a) follikullar atreziyasi tipida. b) follikullar persistentsiyasi tipida. Ovulyator qon ketishi: a) Follikulin fazasining qisqarishi. b) Lyutein fazasining uzayishi. v) Lyutein fazasining qisqarishi. Ayollarni yoshga qarab tasniflash: YUvenil qon ketishi. Tug`ruq yoshidagi ayollarda DKK Klimakterik yoshidagi qon ketishi. Follikul etilishining buzilishi 2 tipda kuzatiladi. Follikulning uzoq persistentsiyasi etilgan 1-2 katta follikul bir qancha vaqtgacha yorilmasdan turadi va estrogenning aktiv fraktsiyalarini chiqara boshlaydi. Organizmda estrogen gormonlar darajasining yuqoriligi aniqlanadi. Bu gormonlar ta`sirida bachadonda nafaqat proliferatsiya jarayoni, balki giperplaziya, polipoz, kistoz holatlari ham kuzatiladi. Boshqa a`zo va sistemalarda xam ozgrishlar kuzatiladi. Bu holat kopincha tug`ruq yoshidagi ayollarda koproq kuzatiladi. Follikulaning atreziya holati bunda follikul etilishi oxiriga etmay, balki kichik yoki katta follikul darajasida toxtaydi va orqaga rivojlanish holati kuzatiladi. Giperplaziyaga uchragan endometriyda qon tomirlarining osib ketishi va kengayishi kuzatiladi. Estrogenlarning doimiy ta`sirida qon tomirlar yupqalashib, mort bolib qoladi, ularning tonusi ozgarib , siqilish yoki kengayish holatlari kuzatiladi. Bu endometriyda qon aylanishning buzilishiga, qon talash xolatlari va bu erda nekrozlarni yuzaga keltiradi. Nekrozga uchragan endometriy qismlari har joy har joydan kochib qon ketishiga sabab boladi. qon ketish holatlari kopincha hayz tsiklining buzilishi, hayzning toxtab qolishidan yuzaga keladi. qon ketish darajasiga qarab (uzoq yoki qisqa) atreziya yoki persistentsiya holatini aniqlash mumkin. Persistentsiya holatida qon ketishi koproq, lekin qisqa vaqt ichida kuzatiladi, follikul atreziyasida esa - kamroq qon ketib, uzoq vaqtgacha chozilishi kuzatiladi. Har ikkala holatda ham qon ketishi ayolni kamqonlik kasalligiga olib kelishi mumkin. Download 228 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling