Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study”
Download 21.66 Kb.
|
“keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org (1)
“keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”
“KEYS-STADI” texnologiyasi
“Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.
Keys turlari Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga koʻra, keys uch qismdan iborat boʻladi: 1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar; 2) aniq vaziyat bayoni; 3) keys topshirigʻi. Bosma holatdagi keys (uni yanada koʻrgazmali boʻlishini ta’minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʻz ichiga oladi).
Multimedia-keys (soʻnggi vaqtlarda keng qoʻllashni talab etayotgan.
Video keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi mumkin). Keys stadi ishlab chiqishning ikki klassik maktabi Garvard (Amerika) Manchester (Yevropada) Aniq vaziyatning yechimini topishni oʻrganish yoʻli Yagona toʻgʻri Koʻp variantli yechimlar Oʻnlab sahifali matnni va koʻplab chizmalarni oʻz ichiga oladi Hajmi birmuncha kamroq
Keys-stadi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari
keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni; oʻquvchi(talaba)larning keys topshirigʻini mustaqil oʻrganishlari va muhokama etishni; Oʻqituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirigʻini muhokama etishni; “muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etishni.
№ Tahliliy faoliyat turlari Tavsifi Namoyon boʻlish shakli 1.
Muammoli tahlil Muammolarni ajratish; muammolar koʻlami va ularning tasnifini shakllantirish. 1) vaziyatning muammoli jihatlarini tahlil qilish; 2) vaziyatning muammoli shartlarini tahlil qilish; 3) vaziyatning muammoli oqibatlarini tahlil qilish. 2.
Tizimli tahlil Ob’ektni tizimiy yondashuv pozitsiyasidan oʻz strukturasi va funktsiyalariga ega tizim sifatida koʻrib chiqish 1) deskript analiz: mavjud tuzilma asosida funktsiyalarni shakllantirish; 2) konstruktiv analiz: mavjud funktsiyalar asosida tuzilma shakllantiriladi. 3.
Prakseologik tahlil Faoliyatli jarayonlarni ularni optimallashtirish nuqtai nazaridan koʻrib chiqish 1) faoliyatni optimizatsiyalash usullarini analiz qilish; 2) faoliyatni modellashtirish va algoritmlashtirish 4.
Prognostik tahlil Vaziyatning keyingi rivojiga nisbatan farazlar keltirish 1) normativ prognostik analiz; 2) kontseptual prognostik analiz
Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari:
№ Bosqichlar Bosqichning maqsadi 1. Aniq vaziyat bilan tanishuv. Muammoli vaziyatni tushunish.
Izlanishga doir: topshiriq materiallarida ifoda etilgan axborotni baholash. Yechim uchun zarur axborotni topishga oʻrgatish.
Muhokama etish: muqobil yechimlarning imkoniyatlarini muhokama qilish. Alternativ fikrlashni rivojlantirish.
Qaror qabul qilish: guruhlarda yechimni izlab topish. Yechim variantlarini taqqoslash va baholash.
Munozara: har bir guruh oʻz yechimini himoya qiladi. Yechimni dalillar bilan asoslash. 6. Natijalarni taqqoslash: guruhlarda qabul qilingan yechimlarni taqqoslash. Alohida yechimlarda aks etgan qiziqishlarning oʻzaro aloqadorligini baholash. Keys- topshirigʻini bajarish jarayonida qoʻllaniladigan strategiyalar Ma’lumotlarni tahlil etish (ishbop korrespondensiya) Oʻyin tarzida loyihalash Munozara SWOT tahlil Vaziyatli-rolli oʻyin Insident (axborotni qidirish) 1 • Keys bilan tanishuv (individual) 2 • Asosiy muammoni (oʻquv muammosini) ajratib olish va oʻrganish (individual va kichik guruhlarda) 3 • Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda) 4 • Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil va baholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar) 5 • Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual)
Keys-stadining oʻziga xosliklari. 1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi. 2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish. 3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi. 4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish. 5. Muvaffaqiyatga erishish uchun oʻquvchi(talaba)larning oʻquv-bilish faoliyatini ragʻbatlantirish.
2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish; 3) tahliliy, baholovchi bosqich. Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud: 1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin; 2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin; 3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday yordam bermasligi mumkin. Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari: Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada koʻproq samaraga erishish mumkin: Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish. Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash. Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish. Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda: 1) keys materiallari bilan tanishadi; 2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi; 4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi; 5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi; 2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi; 3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar; 2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar; 3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar. Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash: guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi; taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.
Namunaviy “Keys”lar. 1-Keys. Suv yuzasida hayot kechiradigan koʻpchilik hasharotlarning tanasida nafas teshigi bilan birlashgan havo rezurvuarlari boʻladi. Ular shu yerda toʻplangan havo hisobiga suv tubiga shoʻngʻishlari, u yerda biroz muddat boʻlishlari ham mumkin.
Hasharotlarni akvarium tubiga tushirib, ularning suv yuzasiga chiqishlariga toʻsqinlik qiladigan sharoitni vujudga keltirishdi. Uchta akvariumning tubida sun’iy muhit yaratildi: 1-akvarium tubida azotli muhit boʻlib, unda hasharot 5 daqiqa yashagan. 2-akvarium tubidagi muhitda havo boʻlib, unda hasharot 6 soat yashagan. 3-akvariumda kislorodli muhit boʻlib, unda hasharot 35 daqiqa yashagan. Mazkur tajribaning mohiyati va kuzatilgan holatni izohlang. Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbalar: Biologiya, kimyo, fizika fanlaridan maktab darsliklari, internet resurslari. Oʻquvchilar uchun koʻrsatmalar: 1. Keysning mohiyatini yetarlicha anglab oling. 2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang. 3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan koʻproq dahldor boʻlgan omil (yoki ikkita omil) ni ajrating. 4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling. 5. Oʻz fikringizni bayon eting.
1. Oʻquvchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilishadi. 2. Oʻquvchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi. 3. Muammoni hal etishga imkon beradigan eng muhim jihatlari ajratib olinadi. 4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi. 5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
Oʻqituvchining yechimi: Suv hasharotlari evolyutsiya jarayonida atmosfera havosi bilan nafas olishga moslashgan boʻlib, 1-tajribada hasharotlar azotli muhitda tez nobud boʻlishgan, sababi azot organizm tomonidan juda oz miqdorda oʻzlashtiriladi. 2- tajribadagi hasharotlar havo rezervuaridagi atmosfera havosi hisobiga nisbatan uzoqroq yashashgan. Hasharotlar havo rezervuarlarida havo qolmaganligi hisobiga nobud boʻlishgan. 3-tajribada kislorodli muhitda hasharotlarning nisbatan qisqa vaqt yashaganiga sabab shuki, kislorod faol oksidant boʻlib, u hujayra qobigʻi va uning tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishiga sabab boʻladi. Bu esa hujayralarni, natijada organizmni halok boʻlishiga olib keladi. Havo gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy aralashmasidir.
muammolarni hal qilishga xizmat qilmoqda. Biroq genlari modifikatsiyalangan organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli” deb qarashmoqda. Topshiriq: Siz genlari modifikatsiyalangan organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarni xavfli deb hisoblaysizmi? Javobingizni asoslab bering. Genlari modifikatsiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini izohlab bering.
hujjat tayyorlash jarayonida tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra farzandi IV-qon guruhli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush o‘rtog‘i esa III-guruhga mansubligini hisobga olib, turmush o‘rtog‘idan shubhalanib, ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi.
oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish boʻyicha oʻqituvchilarga uslubiy koʻrsatmalar
Ish bosqichlari va vaqti Maslahat va tavsiyanomalar 1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bagʻishlanganligini aniqlang. 2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. Oʻz fikringizni guruh bilan oʻrtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang. 3. Muammo yechimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa
Guruh bilan birgalikda muammo yechimini toping. Muammoga doir yechim bir necha variantda boʻlishi ham mumkin. Shu bilan birga siz topgan yechim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang. 4. Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa Guruh bilan birgalikda keys yechimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham boʻlishi tamoyillariga rioya qiling.
http://fayllar.org Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling