Keys-stadi metodi
Download 173.67 Kb.
|
KURS ISHI 5 KURS
MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………………………………………………………………..2 KEYS-STADI METODI………………………………………………………............................................ INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI.... KEYSNING TURLARI.................................................................................................. KEYSNI ISHLAB CHIQISH JARAYONINING PROSESSUAL TIZIMI.......................... KEYS MAZMUNINING TARKIBIY TUZILISHI......................................................... KEYS TEXNOLOGIYASI VA LOYIHA METODIDAN FOYDALANISH MAHORATI XULOSA................................................................................................................ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................................................... KIRISH O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, uning amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichida har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e'tibor berilgan. Bozor iqtisodiy sharoitida kadrlarni mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish ta'limning asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Agar bolalar fikrlashga o'rganmasa, ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Talabalarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta'lim tizimining asosiy vazifasini tashkil qiladi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil - ijodiy fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'ziga ham, jamiyatga ham foydali bo'ladi-o'z muammolarini o'zi hal qilish qobilyatiga ega bo'ladi. Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo'llanayotgan keyslardan foydalanish, birinchidan, talabalarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, ikkinchidan, o’quv jarayonini bevosita ishlab chiqish (bizning misolimizda kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim jarayoni) bilan bog’laydi. Gerbert Spenser ta'kidlaganidek: “Ta'limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o'rgatishdir”. Yohud, mavjud ta'lim tizimida aksariyat hollarda o’qitishdan maqsad, talabalarga bilim berish yakuniy natija sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo’llash ta'limning yakuniy natijasi deb qaralishini e'tirof etish lozim. Garvard (AQSH) universiteti moliyaviy menejmenti mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar o’qish davrida, banklarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan 2,5 mingta keysga javob topgandan so'nggina, diplom olish huquqiga ega bo'lishi fikrimizning dalilidir. Keyslardan ta'lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi: kritik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; haqqoniy (ob'ektiv) bo'lishga o'rgatadi; nazariya va amaliyot o'rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi; muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi; vaziyatlarni hal etishda, unga ta'sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta'sirini e'tiborga olishga imkon beradi; boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi; savol berish madaniyatini o'rgatadi; qabul qilingan qaror uchun ma'sullik hissini tarbiyalaydi. Download 173.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling