“keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”


Download 59.86 Kb.
Pdf просмотр
Sana07.11.2019
Hajmi59.86 Kb.

 

 

“KEYS-STADI” texnologiyasi 



 

“Keys-stadi” haqida tushuncha 

“Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil 

qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, 

tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. 

Mazkur  metod  muammoli  ta’lim  metodidan  farqli  ravishda  real  vaziyatlarni 

oʻrganish  asosida  aniq  qarorlar  qabul  qilishga  asoslanadi.  Agar  u  oʻquv  jarayonida 

ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, 

biror  bir  jarayonni  tadqiq  etishda  bosqichma-bosqich,  ma’lum  bir  algoritm  asosida 

amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi. 

 

Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot 

Ushbu  metod dastlab  1920  yilda  Garvard biznes  maktabida  qoʻllanilgan.  Garvard 

biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri 

keladigan  darsliklarning  mavjud  emasligini  tez  anglaydilar.  Ushbu  masalani  yechish 

uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi 

biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga 

ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u 

yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil 

ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida 

taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida 

keng  targʻib  etilgan.  Hozirgi  kunda  esa,  kasbiy  kompetentlikni  rivojlantirish  nuqtai 

nazaridan  mazkur  metod  tarafdorlari  koʻpayib  bormoqda.  XX  asrning  50  yillaridan 

boshlab  biznes-keyslar  Gʻarbiy  Yevropa  mamlakatlarida  ommalashdi.  Yevropaning 

yetakchi biznes  maktablari keys-stadi  metodi  asosida  dars beribgina qolmay,  keyslarni 

yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.

  

 



 

 

 

Keys-stadi maktablari 

 

Keys turlari 

Keys  –  bu  yaxlit  axborotlar  majmui.  Qoidaga  koʻra,  keys  uch  qismdan  iborat 

boʻladi:  

1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar;  

2) aniq vaziyat bayoni;  

3) keys topshirigʻi. 

Bosma  holatdagi  keys  (uni  yanada  koʻrgazmali  boʻlishini 

ta’minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʻz 

ichiga oladi). 

 

Multimedia-keys  (soʻnggi  vaqtlarda  keng  qoʻllashni  talab 



etayotgan. 

 

Video keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi 



mumkin). 

Keys stadi ishlab chiqishning ikki 

klassik maktabi 

Garvard  

(Amerika) 

Manchester 

 (Yevropada) 

Aniq vaziyatning yechimini 

topishni oʻrganish yoʻli 

Yagona toʻgʻri 

Koʻp variantli yechimlar 

Oʻnlab sahifali matnni 

va koʻplab chizmalarni 

oʻz ichiga oladi 

Hajmi birmuncha 

kamroq 

 

 

 



Keys-stadi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari 

 

Keys - stadi metodi quyidagilarni koʻzda tutadi: 

  keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni; 

  oʻquvchi(talaba)larning  keys  topshirigʻini  mustaqil  oʻrganishlari  va  muhokama 

etishni; 

  Oʻqituvchi  rahbarligida  auditoriyada  hamkorlikda  keys-topshirigʻini  muhokama 

etishni; 

  “muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etishni. 



 

 

 

 

Tahliliy faoliyat 

turlari 

Tavsifi 

Namoyon boʻlish shakli 

1. 


Muammoli 

tahlil 

Muammolarni ajratish; 

muammolar koʻlami va 

ularning tasnifini 

shakllantirish. 

1)  vaziyatning muammoli 

jihatlarini tahlil qilish; 

2)  vaziyatning muammoli 

shartlarini tahlil qilish; 

3)  vaziyatning muammoli 

oqibatlarini tahlil qilish. 

2. 


Tizimli tahlil 

Ob’ektni tizimiy 

yondashuv 

pozitsiyasidan oʻz 

strukturasi va 

funktsiyalariga ega tizim 

sifatida koʻrib chiqish 

1)  deskript analiz: mavjud 

tuzilma asosida funktsiyalarni 

shakllantirish; 

2)  konstruktiv analiz: mavjud 

funktsiyalar asosida tuzilma 

shakllantiriladi. 

3. 


Prakseologik 

tahlil 

Faoliyatli jarayonlarni 

ularni optimallashtirish 

nuqtai nazaridan koʻrib 

chiqish 

1)  faoliyatni optimizatsiyalash 

usullarini analiz qilish; 

2)  faoliyatni modellashtirish va 

algoritmlashtirish 

4. 


Prognostik 

tahlil 

Vaziyatning keyingi 

rivojiga nisbatan farazlar 

keltirish 

1)  normativ prognostik analiz; 

2)  kontseptual prognostik analiz 



 

 

 



Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari:

 

 

№ 

Bosqichlar 

Bosqichning maqsadi 

1. 

Aniq vaziyat bilan tanishuv. 

Muammoli vaziyatni tushunish. 

2. 

Izlanishga doir: topshiriq materiallarida 

ifoda etilgan axborotni baholash. 

Yechim uchun zarur axborotni 

topishga oʻrgatish. 

3. 

Muhokama etish: muqobil 

yechimlarning imkoniyatlarini 

muhokama qilish. 

Alternativ fikrlashni rivojlantirish. 

4. 

Qaror qabul qilish: guruhlarda 

yechimni izlab topish. 

Yechim variantlarini taqqoslash va 

baholash. 

5. 

Munozara: har bir guruh oʻz yechimini 

himoya qiladi. 

Yechimni dalillar bilan asoslash. 



6. 

Natijalarni taqqoslash: guruhlarda 

qabul qilingan yechimlarni taqqoslash. 

Alohida yechimlarda aks etgan 

qiziqishlarning oʻzaro aloqadorligini 

baholash. 



Keys-

topshirigʻini 

bajarish 

jarayonida 

qoʻllaniladigan 

strategiyalar

Ma’lumotlarni 

tahlil etish (ishbop 

korrespondensiya)

Oʻyin tarzida 

loyihalash

Munozara

SWOT tahlil

Vaziyatli-rolli  oʻyin

Insident (axborotni 

qidirish)

1

• Keys bilan tanishuv (individual)



2

• Asosiy muammoni (oʻquv muammosini) ajratib olish va oʻrganish 



(individual va kichik guruhlarda)

3

• Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda)



4

• Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil va 



baholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar)

5

• Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual)



 

 

 



Keys-stadining oʻziga xosliklari. 

1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi. 

2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish. 

3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.  

4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish.  

5.  Muvaffaqiyatga  erishish  uchun  oʻquvchi(talaba)larning  oʻquv-bilish  faoliyatini 

ragʻbatlantirish. 

Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari: 

1) tayyorgarlik bosqichi

2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish; 

3) tahliliy, baholovchi bosqich. 



Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud

1. Oʻqituvchi  muammoni  yechimini  topishga  yordam  beruvchi  kalit  vazifasini 

bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin; 

2.  Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin; 

3. Muammo  ustida  oʻquvchi(talaba)lar  ishlayotgan  vaqtida  oʻqituvchi  hech  qanday 

yordam bermasligi mumkin. 



Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari: 

Jahon  tajribasi  koʻrsatishicha,  agar  oʻquvchi(talaba)larning  keysni  hal  etish 

texnologiyasi  ikki  bosqichdan  iborat  boʻlsa,  ta’limiy  maqsadlarga  erishishda  yanada 

koʻproq samaraga erishish mumkin:  



Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish. 

Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash. 

Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish. 

Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:  

1) keys  materiallari bilan tanishadi; 

2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi; 


 

 

3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi,  vaziyatni tadqiq va tahlil qilish 



usullarini tanlaydi; 

4)  berilgan  amaliy  vaziyatni  tahlil  qiladi;  ajratilgan  muammoni  hal  etish  usullari  va 

vositalarini belgilaydi va asoslaydi; 

5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi. 



Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash 

Oʻquvchi(talaba)lar  kichik  guruhlarga  boʻlinib,  birgalikda  keys  ustida 

ishlashadi

1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi 

turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi; 

2)  yechimning  taklif  etilgan  variantlarini  muhokama  qiladilar  va  baholaydilar, 

qoʻyilgan  muammo  nuqtai  nazaridan  ushbu  vaziyat  uchun  eng  maqbul  variantni 

tanlashadi; 

3)  muammoli  vaziyat  yechimiga  olib  keladigan  tanlangan  harakatlar  yoʻlini  amalga 

oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 

4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi. 

Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish

1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar; 

2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar; 

3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar. 



Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash

  guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi; 

  taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi; 

 

taklif  etilgan  yechimlarning  xayotiyligi  va  amalga  oshirilishi  mumkinligiga 



birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.

 

 



 

 

 

 



Namunaviy “Keys”lar. 

1-Keys. Suv yuzasida hayot kechiradigan koʻpchilik hasharotlarning tanasida nafas 

teshigi  bilan  birlashgan  havo  rezurvuarlari  boʻladi.  Ular  shu  yerda  toʻplangan  havo 

hisobiga suv tubiga shoʻngʻishlari, u yerda biroz muddat boʻlishlari ham mumkin.  

Topshiriq: Olimlar suv hasharotlari ustida quyidagicha tajriba oʻtkazdilar:  

Hasharotlarni  akvarium  tubiga  tushirib,  ularning  suv  yuzasiga  chiqishlariga 

toʻsqinlik  qiladigan  sharoitni  vujudga  keltirishdi.  Uchta  akvariumning  tubida  sun’iy 

muhit yaratildi:  

1-akvarium tubida azotli muhit boʻlib, unda hasharot 5 daqiqa yashagan.  

2-akvarium tubidagi muhitda havo boʻlib, unda hasharot 6 soat yashagan.  

3-akvariumda kislorodli muhit boʻlib, unda hasharot 35 daqiqa yashagan.  

Mazkur tajribaning mohiyati va kuzatilgan holatni izohlang.  



Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbalar:  

Biologiya, kimyo, fizika fanlaridan maktab darsliklari, internet resurslari.  



Oʻquvchilar uchun koʻrsatmalar:  

1. Keysning mohiyatini yetarlicha anglab oling.  

2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.  

3.  Aniqlangan  omillar  orasidan  muammoga  barchasidan  koʻproq  dahldor  boʻlgan 

omil (yoki ikkita omil) ni ajrating.  

4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.  

5. Oʻz fikringizni bayon eting.  

Keysni yechish jarayoni:  

1. Oʻquvchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama 

qilishadi.  

2. Oʻquvchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin 

tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi. 

3. Muammoni hal etishga imkon beradigan eng muhim jihatlari ajratib olinadi.  

4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.  

5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.  



 

 

Oʻqituvchining yechimi: Suv hasharotlari evolyutsiya jarayonida atmosfera havosi 

bilan nafas olishga moslashgan boʻlib, 1-tajribada hasharotlar azotli muhitda tez nobud 

boʻlishgan,  sababi  azot  organizm  tomonidan  juda  oz  miqdorda  oʻzlashtiriladi.  2-

tajribadagi hasharotlar havo rezervuaridagi atmosfera havosi hisobiga nisbatan uzoqroq 

yashashgan.  Hasharotlar  havo  rezervuarlarida  havo  qolmaganligi  hisobiga  nobud 

boʻlishgan.  3-tajribada  kislorodli  muhitda  hasharotlarning  nisbatan  qisqa  vaqt 

yashaganiga  sabab  shuki,  kislorod  faol  oksidant  boʻlib,  u  hujayra  qobigʻi  va  uning 

tarkibidagi  organik  moddalarning  oksidlanishiga  sabab  boʻladi.  Bu  esa  hujayralarni, 

natijada organizmni halok boʻlishiga olib keladi.  

Havo gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy 

aralashmasidir. 



2-Keys.  Zamonaviy  biotexnologiya  fani  yutuqlari  insoniyat  hayotidagi  qator 

muammolarni  hal  qilishga  xizmat  qilmoqda.  Biroq  genlari  modifikatsiyalangan 

organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli” 

deb qarashmoqda. 



Topshiriq:  Siz  genlari  modifikatsiyalangan  organizmlar,  ulardan  olingan 

mahsulotlarni  xavfli  deb  hisoblaysizmi?  Javobingizni  asoslab  bering.  Genlari 

modifikatsiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini izohlab bering. 

3-Keys. Ota farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun tibbiy 

hujjat  tayyorlash  jarayonida  tibbiy  ko‘rik  natijasiga  ko‘ra  farzandi  IV-qon  guruhli 

ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush 

o‘rtog‘i  esa  III-guruhga  mansubligini  hisobga  olib,  turmush  o‘rtog‘idan  shubhalanib, 

ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi. 

Topshiriq:  Ushbu  muammoli  vaziyatda  siz  sudyaning  o‘rnida  bo‘lganinggizda 

oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? 



 

 

 

 

 

Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish boʻyicha 



oʻqituvchilarga uslubiy koʻrsatmalar

 

Ish bosqichlari va vaqti 

Maslahat va tavsiyanomalar 

1.  Keys  bilan  tanishish 

(individual) –  3 daqiqa 

Taqdim  etilgan  aniq  vaziyatlar  bilan  tanishib    chiqing. 

Muammoli  vaziyat  mazmuniga  alohida  e’tibor  qarating. 

Muammoli  vaziyat  qanday  masalani  hal  etishga 

bagʻishlanganligini aniqlang. 

2.  Keysdagi  asosiy  va 

kichik 

muammolarni 



aniqlash  (individual  va 

kichik  guruhlarda)  –  5 

daqiqa 

Keysdagi  asosiy  va  kichik  muammolarni  aniqlang.  Oʻz 



fikringizni  guruh  bilan 

oʻrtoqlashing.  Muammoni 

belgilashda  isbot  va  dalillarga  tayaning.  Keys  matnidagi 

hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang. 

3.  Muammo  yechimini 

topish  va  erishiladigan 

natijani  aniqlash  –  7 

daqiqa 


Guruh  bilan  birgalikda  muammo  yechimini  toping. 

Muammoga doir yechim bir necha variantda boʻlishi ham 

mumkin.  Shu  bilan  birga  siz  topgan  yechim  qanday 

natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang. 

4.  Keys  yechimi  uchun 

taklif  etilgan  gʻoyalar 

taqdimoti 

(kichik 


guruhlarda) – 5 daqiqa 

Guruh  bilan  birgalikda  keys  yechimiga  doir  taqdimotni 

tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan 

javdalga  asoslaning.  Taqdimotni  tayyorlash  jarayonida 

aniqlik, fikrning ixcham boʻlishi tamoyillariga rioya qiling. 

 

Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti uchun chizma namunasi 

Muammo  

(asosiy va kichik muammolar) 

Yechim 

Natija 

  



  

  

  

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling