Keys study – Matchanov Rajabboy Rustam o’g’li


Download 16 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16 Kb.
#1024043
Bog'liq
18. Matchanov Rajabboy


Keys study – Matchanov Rajabboy Rustam o’g’li

Korxona ko’p yillardan beri moliyaviy xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Korxonaning amalda rahbari va yagona ta’sischisi Rahimov Hushnud Rashidovich korxona faoliyat yurita boshlagandan beri korxonani samarali boshqarib kelgan va buni natijasida korxona salmoqli natijalar ko’rsatgan va katta nufuzga ega bo’lgan. Hushnud Rashidovich har qanday o’zi duch kelgan muammoni korxona ishchi – xodimlari bilan yig’ilishda muhokama qilib, hammani fikrini eshitgan holda odilona qaror chiqarardi.


Shunday kunlarning birida H. Rashidovichda bir nechta oilaviy muammolar paydo bo’ldi va H. Rashidovich noma’lum muddatga chet elga ketishga majbur bo’ladi. Korxona faoliyatini yuritishni o’zini yaqin qarindoshi va korxona menejeri bo’lgan Hakimov Abror Naimovichga ishonib topshiradi. Tabiiyki, Abror Naimovich bunga qarshilik qilmadi va rahbarlik lavozimini mamnuniyat bilan qabul qilib oldi. Muammo shunda iboratki Abror Naimovich o’z kasbini suiste’mol qilib korxona nomida kattagina xarajatlar qiladi. Natijada korxonada ma’lum muddatdan keyin moliyaviy muammolar yuzaga kela boshladi. Bunday muammolar kunsayin ko’payardi va bu korxona faoliyatiga salbiy ta’sir qilmay qolmadi. Abror Naimovich mavjud muammolarni hal qilishda hech bir xodimni fikrini inobatga olmasdan o’zi qaror qabul qildi. Chorak oxiriga borib korxona buxgalteriyasida katta kamomadlar aniqlandi. Bu korxona nufuziga putur yetkazdi va mijozlarni kamayishiga sabab bo’ldi. Oxir oqibat korxona bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Abror Naimovich vaziyatni yaxshilash maqsadida yangi loyiha ishlab chiqishga kirishdi, u bu orqali investorlarni jalb qilishni reja qilgan. Ammo ancha vaqt olgan loyiha kerakli natijani bermadi. Bu vaqtgacha ancha malakali xodimlar bo’shash arizasini yozib bo’lishgan edi, bunga sabab qarzga faoliyat yuritayotgan ushbu korxona xodimlar oyligini kechiktirgani edi.
Ko’rib turganingizdek, barcha muamolar sababchisi yagona Abror Naimovich edi. Abror Naimovich korxonani boshqarishda qilgan katta va qo’pol xatosini tushunib yetdi, lekin bu payt ancha kech bo’lgandi. Ammo Abror Naimovich yutqazishni yoqtirmas edi, u yangi korxona tashkil qilish yoki ushbu mavjud korxonani rekonstruksiya qilish haqida o’ylay boshladi.


  1. Ushbu holatda u dastavval qanday ishlarni amalga oshirishi kerak?



  1. Siz ushbu vaziyatga qanday yechimlar bera olasiz? Ushbu vaziyatda siz qanday qaror qabul qilgan bo’lardingiz?



  1. Hozirgi holatda yangi korxona tashkil qilgan ma’qulmi yoki mavjud korxonani rekonstruksiya qilganmi?



  1. Hushnud Rashidovich korxona boshqaruvini Abror Naimovichga topshirib to’g’ri ish qildimi? Siz ushbu holatda boshqaruvni kimga topshirgan bo’lar edingiz?



  1. Yuqorida berilgan muammoli vaziyat yuzasidan xulosa qiling. O’zingiz uchun to’g’ri qarorni qabul qiling.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling