Keys topshirig’i
Download 2.59 Kb.
|
Keys
Keys topshirig’i. Ushbu sinf juda aqlli va topqirligi hamda darslardagi faol ishtiroki sababli boshqa sinf o’quvchilaridan ajralib turardi. Ammo ushbu sinfga bir yangi o’quvchi keldi. Bu o’quvchini avvaliga ixtisoslashtirilgan maktabga berishmoqchi bo’lishdi, lekin o’quvchining otasi bunga rozi bo’lmadi. Bu o’quvchi ham qolgan o’quvchilar kabi juda aqlli edi. Lekin ushbu o’quvchi ko’pchilik ichida hayajonlanib, ba’zan o’zini yo’qotib qo’yardi ya’ni hushidan ketib qolardi va butun sinf hamda o’qituvchi bu o’quvchi bilan mashg’ul bo’lardilar. Shu tariqa o’quvchilar ayrim fanlardan nazorat ishi va yangi dars mavzusini o’zlashtira olmadillar. O’quvchilar o’zlaridagi bu holatni ko’rib, yangi kelgan o’quvchiga nisbatan qandaydir chora ko’rishni maktab direktoridan iltimos qildilar. Savol. Maktab ma’muriyati ushbu vaziyatda qanday chora ko’rishi lozim? Bu holatda o’qituvchi yangi kelgan o’quvchiga yordam berish uchun nima qila oladi? Nima deb o’ylaysiz yangi kelgan o’quvchi ixtisoslashtirilgan maktabda o’qishi kerakmi yoki uy ta’limi olishi zarurmi? Download 2.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling