Keys topshiriq


Download 14.39 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi14.39 Kb.
#1064202
Bog'liq
Keys topshiriq


Keys topshiriq
Maktablarning birida o’qituvchi bir uslubda tajriba o’tkazdi. Boshlang’ich sinflardan 3-4 sinf o’quvchilari , o’rta ta’lim sinflarida 6-7 sinf o’quvchilarining uy vazifasi va sinfda bajaradigan o’qituvchi topshiriqlarini avval o’zlari baholashlari kerak edi.
O’qituvchi tekshirib baho qo’ygandan keyin esa o’qituvchining bahosi bilan o’quvchining o’ziga qo’ygan bahosi o’rtasidagi farq taqqoslanardi. Bolalar nimaga asoslanib o,zlariga bunday baho qo’yganliklarini va qaysi ko’rsatkichlarga muvofiq o’qituvchi ishni baholaganliginining mohiyati aniqlanardi. Har br sinfda anchagina foiz bolaning o’ziga-o’zi qo’ygan bahosiga mos kelmasligi aniqlanadi. Bunday bolalar 3- sinfda 60%, 4-sinfda 34%,6-7 sinflarda 28%ga yaqin bo’lib chiqdi. Bu bolalarni o’ziga-o’zi qo’ygan bahosi o’qituvchi qo’ygan bahosidan yuqori bo’lardi.
Biroq o’quvchilarning o’z faoliyatining natijasini baholash shunga olib keldiki,yuqoridagi farqning soni oydan-oyga kamaya bordi.O’quv yilining oxiriga kelib,o’z ishini noto’g’ri baholovchilarning soni 3-sinfda 18%, 4-sinfda 14%,6-7 sinflarda esa 6-8 % bo’ladi.

Savol
1.o’qituvchining bahosi bilan o’quvchining o’ziga qo’ygan bahosi o’rtasidagi farq nima uchun boshlang’ich sinflarda katta foiz bo’lib chiqdi?


2.Qo’yilgan baho va o’ziga-o’zi qo’ygan bahoning bir-biriga muvofiq kelishiga qat’iy turib harakat qilish kerakmi?
3.Qo’yilgan baho bilan o’z-o’ziga baho qo’yish o’rtasidagi tafovut o’qituvchiga ko’proq qaysi sinfda tashvish keltirdi? 3-4 sinfdami yoki 6-7 sinflardami? Nega?
4. Bu uslubdan pedagog foydalanishi mumkinmi? Qaysi sinflarda qo’llash maqsadga muvofiq?
Download 14.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling