Khalikova muslimabonu
Bu metodning asosiy prinsiplari
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Khalikova Muslimabonu
Bu metodning asosiy prinsiplari
quyidagilar : Ushbu metoddan ko‘zlanadigan asosiy maqsad chet tilni amaliy jihatdan o‘rgatishdir. Ona tilini o‘rganish shartsharoitlari bu metodda o‘zgarishsiz qabul qilingan. To‘g‘ri metodning zamonaviy ko‘rinishlaridan ikkitasi - audiolingval va audiovizual metodlari ko‘p tarqalgan. Muallimlar audiolingval metodning bir qancha ijobiy xossalarini maktab tajribasidan biladilar.. Misol uchun nutq namunalari hech qanday qoidalar berilmasdan o‘rgatilishi undagi g‘ayri ilmiy ko‘rsatmalardir. Aktiv va passiv til materialini farqlagan holda, ularning o‘zlashtirilishiga befarq qarashadi, bu ham noto‘g‘ri metodik yo‘l- yo‘riqdir. Ikkala metodning umumiyligi (to‘g‘ri metod tarkibiga kirishi) dan tashqari tafovutlari ham bor. Misol uchun audiovizual metodda og‘zaki nutq, yozuv va oxirgi navbatda o‘qish o‘rgatiladi. O‘qish yozuvdan keyin o‘rgatiladi. Bizning maktablarda ushbu metodning ayrim tomonlaridan ijodiy foydalaniladi. O‘rta maktabda birinchi yili chet til o‘qitishda yozuv o‘qishdan oldin, keyinchalik o‘qish yozuvdan oldin va yuqori sinflarda o'qish barcha nutq faoliyati turlaridan oldin o‘rgatiladi. To’g’ridan – to’g’ri metod 1. O‘quvchilarga bir qator predmetlar surati tushirilgan rasmlar taqdim etilgan va o‘qituvchi ularni gapda nomlab beradi. Jumladan: Bu kitob - باَتِك اَذَه Mana bu doska - ة َروُّبَس َكِلَذ 2. O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan aytilgan iboralarni avvaliga alohidaalohida, keyin jo‘r bo‘lib qaytaradilar. 3. Shu usul bilan, ibora taxminan 10 marta qaytarilaganidan keyin yod olingan bo‘ladi. O‘quvchilarga Bu nima? - ؟ اَذَه ام ko‘rinishidagi savollari beriladi. Keyin mazkur predmetning xonadagi joyi, rangi, shakli, materiali haqida savollar so‘raladi. 4. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga qaytarishlari lozim bo‘lgan kartinka bilan bog‘liq tasvir beriladi. 5. Matnning (leksik va gramatik) tahlilini qo‘shgan holda turli mashqlar o‘tkaziladi. 6. Barcha mashqlardan keyin dialog ko‘rinishida qayta ishlanadi va o‘quvchilarga yod olingan til materialini qo‘llagan holda o‘zi haqida gapirib berish taklif qilinadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling