Ki fakulteti


Elektron biznesning zamonaviy iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati


Download 158.52 Kb.
bet4/5
Sana17.10.2023
Hajmi158.52 Kb.
#1705313
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ki fakulteti

Elektron biznesning zamonaviy iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati
Elektron biznes nima? Bu texnologiya O’zbekistonga ham kirib keldi. Elektron biznes – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli tuman. Internet yordamida o’zingizga zarur kitob, kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq - ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Xo’sh Internet qanday imkoniyatlarni yaratadi ? Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, Cisco, IBM, HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko’lamda foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish faoliyatining ¼ qismini Internet orqali amalga oshiradi. Internetdan foydalanish sotuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi. O’zining maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish. Bundan tashqari reklama o’z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda, tovarning rasmini, sotuvchi taklif qilayotgan chigirmalar hamda qo’shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin.
- Qo’shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o’zining korxonasini reklama qilishi mumkin.
-Bozordagi narxlarni o’zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin;
- Investorlar topish maqsadida o’zining loyixalarini reklama qilishi mumkin;
-Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish tizimini yaratishi mumkin;
-Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o’rnatish xamda biznes bo’yicha sheriklarni ma’lumotlariga to’g’ridan to’g’ri kira olish imkoniyati yaratiladi. Sotib oluvchiga esa:
-Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish;
-Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va narxi qanoatlantiradigan sotuvchini topish;
-Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq so’rovlar yuborish hamda javob olish;
-Tovar buyurtma qilish;
- Ekspiditor va transport xizmatini ko’rsatuvchilarni tanlash;
-Yukni olib kelishni buyrutma qilish;
- To’lovlarni amalga oshirish v.b.
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga kerakli ma’lumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. Internetning tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman yangi qidiruv tizimi yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki, foydalanuvchi kerakli so’rovlarni oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu so’rovnomalarni qabul qilgan operator shu so’rovnomaga taaluqli WEB-manzillarni yuboradi. Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa texnologik jihatdan murakkab bo’lgan tovarlarni (telvizorlar,telefonlar) ishlab chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. Bunday korxonalarning maqsadi – uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to’liq foydalanish. Shu sababdan kompyuter va mobil telefon texnologiyalaridan keng foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa ma’lumotlarga Internet orqali etishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo’qqa chiqishiga olib keladi. Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo’yilgan masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida boshqarish, kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b. Elektron to’lov texnologiyasi sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi jarayonida naqd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga pul ko’chiriladi. Pul o’tkazish yordamida xisob kitob qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o’tkazish, bank kartasi yordamida xisob- kitob qilish, cheklar va shunga o’xshash usullar). Istagan maqsadda bankdan pul o’tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi). Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning egasiga xizmat ko’rsatish uchun tizim qatnashchisidan qatnashchiga uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma ketligidir.
Tranzaktsiya qo’yidagi asosiy xossalarga ega:
-Bo’linmaslik;
-Izolyatsiyalangan;
-Ishonchliligi
- Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa.
Tranzaktsiyaning bo’linmasligi – ya’ni tranzaktsiya operatsiyalarini hammasini bajarish kerak yoki bitta ham operatsiya bajarish kerak emas. Tranzaktsiyaning kelishilganligi – ya’ni ma’lumotlar bazasidagi kartalar, xisob raqamlari xaqidagi ma’lumotlar o’zgartirilmaydi.
Tranzaktsiyaning izolyatsiyalanganligi – bir tranzaktsiya boshqa tranzaktsiyalarga bog’liqmasligini ko’rsatadi. Tranzaktsiyaning ishonchliligi quyidagida ko’rinadi, tugallangan tranzaktsiya o’zidan so’ng tiklanishi mumkin, tugallanmagan tranzaktsiya esa bekor qilinadi.
Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa deb shunday aloqa nazarda tutilganki, uning natijasida karta egasining xisob raqamida qandaydir o’zgarish ro’y beradi. Elektron to’lov ko’p tomondan, oddiy do’konlarda ishlatiladigan telefon orqali tovarlarni buyurtma qilishni eslatadi. Farqli tomoni shundaki, elektron to’lov jarayoni sotib oluvchining kompyuteri hamda sotuvchining WEB-serveri orqali amalga oshiriladi. Sotib oluvchi brauzer ya’ni dastur yordamida tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan formani to’ldirib kerakli buyurtmani amalga oshiradi. Ko’pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida buyurtma qoldirish uchun mo’ljallangan formalar mavjud. To’ldirilgan forma sotuvchining serverida joylashgan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron to’lov tizimi o’z ichiga quyidagi xisoblashish ko’rinishlarini oladi:
-Bank kartalari;
-Elektron cheklar;
-Raqamli pullar;
-Elektron pullar.
Bank kartalari katta va o’rta miqdordagi to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi kerak bo’lgan to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, ya’ni pullarni elektron ko’rinishda uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual kartalarning bir turidir.

Download 158.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling