Kiber olam va biz


Download 31.67 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi31.67 Kb.
#161728

Kiber olam va biz

Zamonaviy axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga tobora faol joriy etilib, allaqachon odatiy vositalarimiz qatoriga kirishga ulgurdi. Ulardan jamiyat hayotining barcha sohalarida: ish joyida, ta’lim muassasalarida, ko‘chada, uyda, umuman istalgan joyda foydalanilmoqda.

Ma’lumki, kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya­lari inson shaxsiy xususiyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi, ammo mazkur ta’sirning salbiy jihatlari hamon yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan. Zamonaviy taraqqiyot bir joyda turgani yo‘q, kundan-kunga yanada mukammal uskunalar va qulayliklarni taqdim etmoqda. Zamonaviy ota-onalar ham ulardan o‘z kundalik hayotlarida keng foydalanmoqdalar, biroq shu bilan birga, o‘z farzandlarining ko‘p vaqtlarini kompyuter va mobil o‘yinlarini o‘ynash bilan o‘tkazayotganliklaridan xavotirga tushmoqdalar. O‘yinlar va kompyuterlar yosh avlodni o‘ziga tobora ko‘proq rom etmoqda va qaramlikni yuzaga keltirmoqda. Ba’zan bolalarni ular navbatdagi darajadan o‘tmagunlariga qadar yoki keyingi strategik vazifani yechmagunlarigacha virtual hayotdan ajratishning imkoni bo‘lmay qoldi. Afsuski, kompyuter o‘yinlarini butunlay taqiqlashning imkoni yo‘q, bolalar baribir, biror bahona bilan zamonaviy qurilmadan foydalanib, undagi virtual o‘yinlar «sehrli olamiga» berilib ketadilar, ammo ularning o‘yin o‘ynash vaqtlarini cheklash mumkin.

Hozirgi kunda olib borilgan turli tadqiqotlarda taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, jahondagi 12–13 yoshdagi taxminan 80 foiz o‘smir-bolalarda turli darajadagi axborot qaramligini kuzatish mumkin ekan. Bolalarning virtual olamga berilib ketishlarining asosiy sabablaridan biri — haqiqiy hayotda ota-ona e’tiborining yetishmasligi va tengdoshlari orasida qabul qilinmaslik bo‘lib hisob­lanadi. Odatda bu kabi qaramlikka maktabda, oilada nizoli muno­sabatlarga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar duch keladilar, bunga kundalik hayotlarida ularni jiddiy jalb eta oladigan qiziqishlari­ning yo‘qligi sabab bo‘lib hisoblanadi. Masalan, bolaning otasi yoki onasi musiqachi va bola ham musiqa bo‘yicha qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashadi, ammo uni ko‘proq sport qiziqtiradi, lekin oilaviy an’analarni buzish mumkin emasligi, bola uni tushun­masliklari hamda eshitmasliklari sababli u kattalardan «yashirinib olish» yo‘lini izlaydi. Bunday bolalarning bo‘sh vaqtlari bo‘lmaydi, barchasini butunlay o‘yinlarga sarflay boshlaydi. Oqibatda tushkunlik holatlari va hatto ba’zilarda atrofdagilar bilan muomala va muloqotdan qochishga moyillik kabi holat yuzaga kela boshlaydi.



Vatan himoyasi muqaddas burch

Yaratganga shukronalar bo’lsinki, Yurtimiz tinch, hayotimiz osoyishta, kunlarimiz yorug’, tunlarimiz osuda. Uzoq safarlarga ketib, bir necha kun musofir bo’lsak ham, har kuni ertalab ketib, kechqurun ishdan qaytsak ham, uydagilardan ko’nglimiz xotirjam. Bolalarimiz bog’chaga, maktabga o’zlari borib, o’zlari kelishyapti, ulardan ham ko’nglimiz to’q. Shu o’rinda, tinchlik naqadar ulug’ ne’mat ekanini anglab etasan kishi. Haqiqatan ham, tinchlik bebaho ne’mat. Uni saqlamoq, avaylamoq, kerak bo’lsa bu yo’lda jon fido qilish shu zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Ta’kidlash joizki, osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, ota-onalarimizning farovon umr kechirishi yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir.

Tinchlikning qadriga etib yashash kerak. Shu aziz Vatan barchamizniki ekan, uni avaylab-asrash ham barchamizning chin farzandlik burchimizdir.

Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o’sib-ulg’ayishlari, komil inson bo’lib etishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o’rni, shijoati va jangovar ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq sevgisi mustahkam joy olgan, shijoatli o’g’lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo’riqlamoqdalar.

Vatanni his qilish bolalik yillarining beg’ubor sho’xliklari — uyimiz, bog’imiz, ko’chamiz, mahallamiz g’ururi uchun “kurashgan” paytlarimizdan boshlanadi. Mahalla oqsoqollari: “Ota-onangni uyaltirib qo’yma, mahalla sha’niga dog’ tushirma, qishlog’imizdan haligacha yomon odam chiqmagan, ko’zingdan ko’rinib turibdi — sendan ham yomonlik chiqmaydi”, deyishsa, ko’nglimizda g’urur uyg’onib, o’zimizni bolalikka xos katta-kichik qahramonliklarga tayyor qilib ko’rsatar edik. O’zimiz bilmagan holda oilamizning, qishlog’imizning, demakki Vatanimizning yosh himoyachilariga aylanar edik. Kattalar bizga jiddiy bir yumushni ishonib topshirishsa, bundan faxrlanib, eng shimarib ishga kirishardik.

Keyinroq Vatanni himoya qilish nima ekanini, keksalarning el-yurtga tinchlik-xotirjamlik, osmonga musaffolik, xirmonga baraka tilab qilgan duolari ma’nosini yaxshi tushunib etdik.



San’at ma’naviyat gultoji

Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. Sanʼat qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy sanʼatning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali sanʼat inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning oʻsishi natijasida sanʼat alohida soha sifatida astasekin ajrala bordi.

sanʼat odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. Sanʼat ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida sanʼat narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi sanʼat predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi.

sanʼatni tushunish, uning kiplutar hayotidagi oʻrnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Shunga koʻra, sanʼat mazmuni obʼyektiv va subʼyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. Sanʼatning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilmaxil. Sanʼat — inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, oʻrganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi goʻzallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyestetik didini tarbiyalaydi, ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. Sanʼat jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻlikdir. Sanʼatning maqsadi dunyoni badiiy oʻzlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Sanʼat asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va oʻzaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham sanʼat asarlari beradigan maʼrifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan maʼlumotlardan farqqiladi. Sanʼatning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir oʻquvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uygʻotishidadir.

S turli koʻrinishlari bilan oʻziga xos badiiyestetik qadriyatlarni toʻplash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega boʻlgan estetik tizimni tashkil etadi. Sanʼat tasviriy sanʼat, meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Sanʼatning turlari oʻz predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Mac, adabiyotda asosiy ifoda vositasi boʻlib til xizmat qiladi; tasviriy sanʼatda boʻyok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda oʻz aksini topadi. Sanʼat barcha ijtimoiy ong shakllari singari oʻz taraqqiyot qonuniyatlariga ega.



Kuch bilim va tafakkurda

Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. TAFAKKUR atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. TAFAKKUR — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iboraTafakkur TAFAKKUR jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). TAFAKKUR til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining TAFAKKURi, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson TAFAKKURi orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.

TAFAKKUR koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biol.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada TAFAKKUR voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham TAFAKKUR yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat TAFAKKUR sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham TAFAKKUR bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar TAFAKKURning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya TAFAKKURning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari TAFAKKURdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.



Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar va i; ning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch BILIM hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz BILIM darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni BILIM darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum BILIMlardan mukammal va aniq BILIMlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi BILIMi nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. BILIM kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. BILIMlarni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy BILIM shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda BILIMlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari BILIMlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid BILIMlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan BILIMlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) BILIMlar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid BILIMlar ezoterik (pinhoniy) BILIMlar deyiladi. Ekzoterik BILIMlar ilmfan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik.

O’zbekiston sayyohlar nigohida

O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda.

Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda.

Meros

O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o’ynaydi.



Toshkent

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o’tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo’nalishlarining chorrahasidir.

Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o’zining 2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o’zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.

Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.



Samarqand

Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o’ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi” deb nom oldi.

Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo’mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o’z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to’pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go’zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.

Buxoro


Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo’lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo’lib qolaveradi.

Huddi to’r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo’rg’on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko’plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridan bo’lib qoladi.


Xiva


Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida joylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.

Odob boshi salom

Salom berish – odobning boshi, insonning ko‘rkidir. Bu haqda Qur‘oni karimda shunday deyiladi: “Qachon uylarga kirsangiz, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak, pokiza salomni aytingiz (ya‘ni “Assalomu alaykum” deng!)” (Nur surasi, 61-oyat). “Salom” so‘zining ma‘nolaridan biri tinchlik bo‘lib, salom bergan kishi tinchlik-xotirjamlik tilagan bo‘ladi. Salomlashishda hikmat ko‘p.

    Har bir narsaning odobi bo‘lgani kabi salom berishning ham o‘ziga yarasha odoblari mavjud. Alloh taolo Qur‘oni karimda: “Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o‘sha (ibora)ni qaytaringiz”, deb buyuradi (Niso surasi, 86-oyat).

     Salom beruvchi “Assalomu alaykum” desa, “Va alaykum assalom” yoki “Va alaykum assalom va rohmatulloh”, deb alik olinadi. Piyodaga ulovdagi odam, ko‘pchilikka ozchilik, o‘tirgan yoki o‘rnida turganga yurgan kishilar salom beradi. LEKIN KICHIKDAN OLDIN KATTA YOSHDAGI ODAM KAMTARLIK UCHUN SALOM BERSA, BU FAZILATDIR. Salom berish sunnat, alik olish esa vojib amaldir.

    Bolalikdan bu yaxshi odatga o‘rganib borilmasa, kishi jamiyatda insonlar bilan munosabatga kirishib ketishda muammolarga duch kelishi mumkin. Vaholanki, muomala madaniyatining boshlanishi salomlashish odobidir. Salom kalimalarini to‘g‘ri va to‘liq talaffuz qilmaslik salomning ma‘nosini buzilishiga sabab bo‘ladi. Salomlashish insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlaydi.

Sharq taronalari festivali

O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi milliy musiqa san'atining eng yaxshi na'munalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san'atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy- ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini tashkil etgan.

Festival 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahridagi ko’hna “Registon” maydonida avgust oyining 2-yarmi oxirida o’tkazilib kelinadi. Festivalda ishtirokchi davlatlar soni yildan yilga ko’paymoqda. Jumladan, I festivalda 34 ta davlat, II festivalda 36ta davlatdan 250 dan ortiq vakillar o’z san’atlarini namoyish etdilar. Festivalga har yili katta tayyorgalik ko’riladi va rang-barang namoyishlarga boy ochilish marosimi dasturi bilan festival boshlanadi. Ochilish marosimida faxriy mehmonlar ,jumladan UNESCO prezidenti, O’zbekiston Prezidenti va hokimiyat vakillari o’z nutqlari bilan chiqishadi. Ochilish marosimidan keyin bir hafta mobaynida saralash bosqichlari bo’lib o’tadi. Har bir davlatning vakil guruhi uchun jami 30 daqiqa belgilangan bo’lib , shtirokchilar o’zlari uchun belgilangan muddat davomida quyidagi yo’nalishlarda ijro etishlari mumkin:

1. Xalq musiqiy ijodiyoti; 2. Milliy mumtoz musiqa; 3. Zamonaviy musiqa, shu jumladan estrada asarlari.

Barcha yo’nalishdagi ijrolar jonli tarzda bo’lishi shart.

Ko`rik tanlovi g`oliblari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi va ularga quyidagi mukofotlar ta`sis etilgan: Gran - Pri - 10000 ming AQSH dollari. 1 - mukofot (2) har bittasi 7000 AQSH dollaridan. 2 - mukofot (2) har bittasi 5000 AQSH dollaridan. 3 - mukofot (2) har bittasi 3000 AQSH dollaridan. Maxsus mukofotlar tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamg`armalar va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin. Tanlov go`liblari ijro etgan qo`shiqlar yozilgan lazer disklar tayyorlanadi. Shuningdek tanlovning har bir ishtirokchisi uchun maxsus diplomlar beriladi.



Toshkent teatrlari

Teatr (yunoncha θέατρον - "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari o‘tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash o‘rinli).

Teatr (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.

Teatr sintetik sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi soʻzlarini oʻzlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi. [[Sahna nutqi xarakterlarning ochilishida, asar mazmuni, konfliktining yoritilishida muhym oʻrin tutadi (qarang [[Sahna nutqi). Sahna asarlarining yaratilishida teatr rassomligi (ssenografiya)ning hissasi katta. Rassom asar mazmuni va rej. yechimidan kelib chiqib, dekoratsiya yaratadi. (qarang Teatr dekoratsiyasi sanʼati). T.da musiqaning ham oʻrni katta, tomosha turi va janriga bogʻliq holda u turli vazifani bajaradi: dramatik spektakllarda yordamchi vosita boʻlsa, operetta, musiqali dramada soʻz bilan barobar huquqga ega, opera va baletda esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. (qarang Teatr musiqasi).



Oʻzbek milliy akademik drama teatri — Oʻzbekistonda yangi sahna sanʼatini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan. 1913 yil Toshkentda tashkil topib, 1914 yilning 27 fevral

da M.Behbudiyning "Padarkush" asari bilan ochilgan (jadidlarning "Turon" nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiylarni Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning moʻʼtabar kishilari tashkil etgan. Ijrochi kuchlar Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev, Badriddin Aʼlamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxoʻjayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Sameʼqori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy singari 24 kishidan iborat boʻlgan. Truppada "Toʻy" (N.Qudratilla), "Baxtsiz kuyov" (A.Qodiriy), "Advokatlik osonmi?" (A.Avloniy), "Mazluma xotin" (H.Muin), "Pinak", "Oʻliklar" (M.Qulizoda) singari asarlar sahnalashtirilgan. 1918 yil "Turon" truppasi davlat ixtiyoriga olinib, unga "davlat teatri" maqomi berildi. Badiiy rahbari va rej.i etib Mannon Uygʻur tayinlandi.

1918—21 yillar Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Badriddin Aʼlamovlar boshchiligidagi Abror Hidoyatov, Abdurahmon Akbarov, Fatxulla Umarov, Karim Yoqubov, Shokir Najmiddinov, Muzaffar Muhamedov, Mahsuma Qoriyeva, Yatim Bobojonov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov, Bosit Qoriyev singari teatr kelajagiga yoʻl ochgan aktyorlar repertuarini taʼminlagan Abdurauf Fitrat, Gʻozi Yunus, Choʻlpon, Xurshid va boshqalar dramaturglarning xizmatlari katta. "Fanniy uy" (Uygʻur), "Zaharli hayot", "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Iffat qurbonlari" (Hamza), "Yomon oʻgʻil", "Erk bolalari" (Gʻ.Zafariy), "Zaxokki maron" (Gʻ.Yunus), "Chin sevish", "Hind ixtilochilari" (Fitrat), "Yorqinoy", "Xalil farang" (Choʻlpon) va boshqalar teatr repertuaridan oʻrin oldi. Teatr sahnasida drama, musiqali drama, bolalar teatri yoʻnalishlari vujudga keladi. Bu jarayon 1929 yil teatrdan drama, musiqali drama, yosh tomoshabinlar davlat teatrlari ajralib chiqishi bilan yakunlandi.

Ko’hna va navqiron shaharlarimiz

Xorazm — qadimgi Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib, O‘zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Xivaning xalqaro miqyosda “Ochiq osmon ostidagi muzey shahar” deya e’tirof etilishi va YUNЕSKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi nafaqat Xorazm viloyati, balki mamlakatimizning jahon turizm bozoridan munosib o‘rin egallashida mustahkam zamin yaratadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 27-28 yanvar hamda 14-15 oktyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Xivadagi Ichan qal’a hamda Nurillaboy saroyi majmualarida, “Farovon” mehmonxonasining qurilish uchastkasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishib, qadimiy Xivaning sayyohlik jozibadorligini yanada oshirish maqsadida sayilgoh ko‘chalar tashkil etish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 4 maydagi “2017 — 2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘ldi. Ushbu Dastur ijrosi doirasida bugungi kunda hududda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. “Sharq gavhari” deya ta’rif beriladigan qadimiy hamda navqiron Xivani tomosha qilish uchun Xorazmga tashrif buyursangiz, sayohatingizni, albatta, “Ichan qal’a”dan boshlaysiz. Bu ko‘hna shaharning sharqona ruhini his etish uchun uning bozorlarini, milliy hunarmandchilik saboqlari o‘tkaziladigan maxsus maktablariyu tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilishingiz mumkin. Ayniqsa, noyob osoriatiqalarga boy Xiva muzeylari jahon sayyohlarini hayratga solayotgani ham haqiqat.

 Samarqand shahri nafaqat bizning, balki butun Sharq mamlakatlarining durdonasi hisoblanadi. Ya’ni, Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.Samarqand o‘zining tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari va afsonaviy muqaddas qadamjolari bilan mashhur.Shahar ulkan yodgorliklari bilan kishini o‘ziga rom etadi. Bibixonim madrasasi – musulmon dunyosida eng qadimiy masjidlardan biri sanaladi. Shuningdek, taniqli sharq mutafakkiri va astronom olimi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, madrasalar va ko‘plab muzeylar mavjud.Hatto, musulmon madaniyati yuksak arab dunyosida ham, bu kabi me’moriy yodgorliklar to‘plamiga boy shaharlar juda kamdir.

Prezident maktablari

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish, rag‘batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shaklida tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, 2019-yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida, hamda Xorazm viloyatida bo‘ladi. O‘z navbatida, 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5-10-sinflariga  har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi qabul qiladi.

O‘quv jarayoni esa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va «STEAM – ta’lim» (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.



Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement ili International Advanced Levels)ga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling