Kiberetikaning zamonaviy psixologik muammolarini tahlil qilish
Download 24.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqtezis. M.Mo\'minova
KIBERETIKANING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH Mastura Maxmudjon qizi Mo’minova TATU Farg’ona filiali, Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti Kiber jinoyatlarga qarshi kurashish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan hozirgi murakkab davrda fuqarolarning internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, axborot xavfsizligi va kiber jinoyatlarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Sohani rivojlantirish kiberxavfsizlikni taʼminlash faoliyatiga ilg‘or mexanizmlarni keng tatbiq etish barobarida, taʼlim muassasasida o‘qitishning samarali yondashuvlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlarning IT-texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari oshirib kelinmoqda. Kiberetika insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonun-qoidalarni oʻrgatadi. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar. Ko’pchilik internet foydalanuvchilarining fikricha kiberetika quyidagi muhim yo’nalishlarni o’z tarkibiga oladi: jinoyat, xavfsizlik va xavfsizlik bilan bog'liq muammolarni, shaxsiy daxlsizlik va shaxsiy erkinlik, ta'qib va firibgarlik, bolalarni internet zararidan himoya qilish, buzg'unchilik-xakerlik amaliyotlari, kredit kartalari firibgarligi, dasturiy ta'minotlardan noqonuniy foydalanish, taqiqlangan ekstremistik saytlardan foydalanish, shantaj va spam, plagiat, fishing, fleym va boshqalar. Davrimizning fan va tеxnika sohasidagi yutuqlari kundalik ijtimoiy hayotimizga yanada qulay imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Biroq ana shu afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim salbiy holatlar ham yuzaga kеlmoqda. Ma'lumki, o'g'rilik axloqiy qoidalarga zid bo'lgan salbiy xususiyatdir. Ba'zan qandaydir bankning o'marilgani, do'konni tunaganlari kabi qabix hodisalar haqida eshitib qolamiz. Haqiqatdan ham o'g'rilik jamiyatga katta ziyon kеltiradigan yomon illatdir. Hayotda shunday o'g'rilik holatlari ham borki, u odatiy o'g'rilikdan butunlay farq qiladi. Uni juda aqlli, chaqqon kimsalar amalga oshiradi, shu bilan birga, ular juda ham ayyor bo'ladilar. Bunday o'g'rilarning o'zlarini ham, bosgan izlarini ham aniqlash oddiy o'g'rilarni aniqlashdan ko'ra 10-20 barobar qiyindir. Faqatgina kеltirgan zararlarini aniqlash osonroq. Eng qizig'i shundaki, ular hеch qachon jamoa bo'lib harakatlanmaydilar. Balki yakka-yakka ishga kirishib, o'g'irlik maydoniga kirgandagina o'z-o'zidan ko'payib, o'zgalarning «Uy»larida bеtakalluflik bilan kirib olib, kеzib yuradilar va hеch qachon zarar keltirmay, kеtmaydilar. Kiberetika qoidalarini buzilishining oddiy ko’rinishi, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish bilan bog'liq noqonuniy harakatlar (pirat dasturiy ta'minotdan noqonuniy nusxa ko'chirishdan tortib, boshqa odamlarning shaxsiy kompyuterlaridan ma'lumotlarni o'zgartirish/o'g'irlashgacha) keng tarqalgan va ko'pincha o'rta maktab o'quvchilari tomonidan amalga oshiriladi: bu 2013 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarda aniq ko'rsatilgan. Kaliforniyaning San-Diego shahri, Roof va Tomas universitet talabalari yolg‘on gapirishga (elektron darsliklarga noqonuniy kirish, musiqa kompakt disklarini yuklab olish va sotish, dasturiy ta’minotni nusxalash uchun) tayyor ekanliklarini ko‘rsatdilar, shu bilan birga juda kichik foyda oladilar. Taxmin qilish mumkinki, yoshlarning ko'plab xakerlik harakatlari o'z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko'ra olmasliklari va shuning uchun yetkazilgan zarar, noqonuniy yoki hech bo'lmaganda axloqsiz harakatlar uchun javobgarliklarni his etmasliklari tufayli amalga oshiriladi. Agar internet olamiga "yangi kelgan" yoshlar o'z harakatlarining zararli oqibatlarini yaxshilab tushunib olsalar, ularning ko'pchiligi xakerlik uchun "vandal" ya’ni zararkunanda dasturlardan hech qachon foydalanmagan bo’lishar edi. Huquqbuzarlikning yengil va odatda qasddan bo'lmagan shakllari beparvolik, pubertat ya’ni o’smirlik davridagi qiziquvchanlik yoki, shunchaki, bilimsizlik natijasidir. Kiberetikani qo’pol buzilishi har doim ham o’quvchilarning loqaydligi, ilmsizligi yoki qiziquvchanliklari natijasini anglatmaydi balki o'smirlar xatti-harakatlarining yangi vaziyatga nisbatan psixologik qobiliyatsizligi yoki psixologik analiz malakasini yo’qligi bilan bevosita bog'liqligi tadqiqitlarda isbotlangan. Shu bois, kibermakonda biz ko'pincha bolalar va o'smirlar tomonidan amalga oshirilgan notanish, kutilmagan vaziyatlarga duch kelamiz. Xulosa. Tajribali web foydalanuvchilari va fan o’qituvchilari internetning yangi avlod foydalanuvchilariga kiberetika asoslari bo’yicha muntazam ma’lumot berib turishlari yoki mahorat darslari tashkil qilishlari kerak. An'anaviy axloqqa asoslanishi va IT muhitiga adekvat axloqiy me'yorlarni shakllantirishi asosiy maqsad hisoblanadi. Yoshlarni kiberetik bilimlarni shakllantirish natijasida kompyuter jinoyatlarining kamayishi, hech bo'lmaganda yangi avlod yoshlari orasidan yangi foydalanuvchilarning madaniyatsiz oqimi soni kamayishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, ko’plab davlatlarda axloqiy xulq-atvorning nazariy modellari universal axloqiy yoki g'ayrioddiy xatti-harakatlarni farqlay olish qobiliyatining muhimligini ta'kidlaydi. Ayni paytda internet saytlarida axloqiy va axloqsizlik o'rtasidagi farqga ta'sir qiluvchi omillar ko’payib bormoqda. Bunga o’xshash vaziyatni axloqiy yoki noaxloqiy kategoriyaga mansubligini aniqlashning bosh mezoni: o’smirning individual qadriyatlar tizimiga va uning ongida kiberetikaga oid ma’lumotlar bazasi shakllantirilganligiga uzviy bog'liq bo’ladi. Download 24.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling