Kiberjinoyatlar va ularning oldini olish usullari


Download 21.63 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi21.63 Kb.
#1020859
1   2
Bog'liq
Тезис

Taqsimlangan rad etish (DDoS) hujumi. Bu tajovuzkorlar tizim yoki tarmoqni buzish uchun foydalanadigan kiberhujumning bir turi. Ba’zan Internetga ulangan IoT (Internet of Things) qurilmalari DDoS hujumlarini boshlash uchun ishlatiladi. DDoS hujumi tizimga standart aloqa protokollaridan biri orqali yuboradigan ko‘p sonli ulanish so‘rovlari bilan ortiqcha yuklama yuklaydi. Kiber ransomware pul olish uchun DDoS hujumi tahdididan foydalanishi mumkin. DDoS hujumining mashhur namunasi 2017 yilda Buyuk Britaniya Milliy lotoreya veb-saytiga qilingan hujumdir. Natijada lotoreya veb-sayti va mobil ilovasi yopilib, Buyuk Britaniya fuqarolarining lotoreya o‘yinida qatnashishiga to‘sqinlik qilgan.
Quyida shunga o‘xshash kiberjinoyatlarning oldini olish choralari keltirilgan.
Dasturiy ta'minot va operatsion tizimni muntazam yangilab turish. Dasturiy ta’minot va operatsion tizimingizni yangilab turish, komp’yuterni eng so‘nggi xavfsizlik sozlamalari bilan himoyalanishini ta'minlaydi.
Antivirus dasturini o‘rnatish va uni muntazam yangilab turish. Antivirus dasturi tahdidlarni muammo yuzaga keltirmasdan oldin skanerlash, aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Bu komp’yuterda shaxsiy ma'lumotlarni kiberjinoyatchilardan himoya qilishga yordam beradi. Agar antivirus dasturidan foydalanilsa, eng yaxshi himoya darajasini ta'minlash uchun uni muntazam yangilab turish zarur.
Murakkab parollardan foydalanish. Taxmin qilish qiyin bo‘lgan kuchli parollardan foydalanish va ularni hech qaerda qayd etmaslik kerak. Parollarni tanlashda raqamlar, xarflar va turli belgilardan foydalanish ularning murakkabligini oshiradi. Biroq parollarni esda saqlash zaruriyati sababli ularni tanlashda iboralardan foydalanish samarali usul hisoblanadi.
Spam xabarlarni ochmaslik. Komp’yuterlarga zararli dasturlarni yuklashning klassik usuli bu ularni foydalanuvchi elektron pochtasiga yuborish orqali amalga oshirish hisoblanadi. Shuning uchun foydalanuvchilar begona elektron pochtalardan kelgan spam xabarlarni yoki havolalarni ochmasligi kerak.
Ishonchsiz aloqa tarmoqlaridan shaxsiy ma'lumotlarni uzatmaslik. Telefon aloqasi yoki elektron pochta xavfsiz bo‘lmasa, shaxsiy ma'lumotlarni hech qachon telefon yoki elektron pochta orqali yubormaslik kerak. Bu holatda ikkinchi tomonning xaqiqiyligini aniqlash muhim masala hisoblanadi.
Shubhali qo‘ng‘iroq va so‘rovlarga javob bermaslik. Agar notanish qo‘ng‘iroqni amalga oshiruvchi biron bir ma’lumot berishni so‘rasa, ushbu kompaniyaning rasmiy veb-saytidagi telefon raqamidan foydalanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish va qo‘ng‘iroq qilgan firibgar emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Shu bilan birga, boshqa telefondan foydalanish tavsiya etiladi, chunki tajovuzkorlar aloqa liniyada qolishi mumkin: foydalanuvchi raqamni yana tergan deb o‘ylaydi va ular go‘yoki bank yoki boshqa tashkilot nomidan javob berishadi.
Foydalanayotgan veb-saytlarning manzillarini diqqat bilan tekshirish. Foydalanuvchilarga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan saytlarning URL(Uniform Resource Locator) manzillariga e’tiborli bo‘lishi tavsiya etiladi. Notanish yoki spam URL manzillarini o‘z ichiga olgan havolalarga kirmaslik zaruz. Agar xavfsizlik vositasida Onlayn tranzaksiyani himoya qilish xususiyati mavjud bo‘lsa, uni sozlash zarur. Chunki ushbu turdagi tahdidlar asosan foydalanuvchilarning online tranzaksiya ma’lumotlarini o‘g‘irlashga qaratilgan bo‘ladi.
Bank hisobvarag‘i tarixini tekshirib turish. Foydalanuvchilarga o‘larining bank kartalaridagi hisobvarag‘ini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish talab etiladi. Chunki hisobvaraq tarixi tekshirilganda ko‘zda tutilmagan tranzakziyalar amalga oshirilgan bo‘lsa, ularni ko‘rish va tekshirish mumkin. Agar notanish operatsiyalar mavjud bo‘lsa, bu haqda bankdan ma’lumot so‘rash orqali aniqlashtirish mumkin.
Yuqoridagi tavsiyalar foydalanuvchilarga bugungi kundagi mavjud kiberjinoyatlarning oldini olishga ularning qurboniga aylanib qolmaslikka yordam beradi.

Mualliflar haqida ma’lumot:




F.I.SH

Ish joyi

Kafedra nomi

Telefon raqami

1

Allanov Orif Menglimuratovich

TATU

Kiberxavfsizlik va kriminalistika

+998930091009




Shakarov Muhiddin Abdug‘affor o‘g‘li

TATU

Kiberxavfsizlik va kriminalistika

+998933971194




Sodiqova Dilnoza Jumanazarovna

TATU

Kiberxavfsizlik va kriminalistika

+998999304334

Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling