Kiberxabfsizlik fakulteti
C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o
Download 276 Kb.
|
M.Tuz. Mustaqil ish
C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o’lchamli massiv ko’rinishda amalga oshirishga misol:
Navbat uchun 10 ta joy ajratilgan bo’lsin, navbatni butun sonlardan iborat massiv shaklida ifodalaymiz. Bunda navbat dastlab bo’shligi sababli, navbat oxiri ko’rsatkichi R=0 bo’ladi. Navbatga yangi element qo’shish va navbatdan elementni chiqarib olish algoritmi, navbat bo’shligini va to’laligini tekshirish algoritmlari quyidagi dasturda keltirilgan. #include #include using namespace std; queue int main() { int n, s; cout << "n = "; cin >> n; cout << "\nNavbat elementlarini kiriting:\n"; for (int i = 0; i < n; i++) { cin >> s; navbat.push(s); } cout << "\nNavbat o'lchami: " << navbat.size() << endl; cout << "\nNavbat elementlari \n"; while (!navbat.empty()) { cout << navbat.front() << " "; navbat.pop(); } } 3. S t e k l a r. Stek bu LIFO (Last In - First Out - "oxirgi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlarni kiritish va chiqarish amallari bir tomondan, ya’ni stek uchidan amalga oshiriladi. Stek ustida bajariladigan asosiy amallar: - yangi elementni qo’shish; - elementni o’chirish; - stek elementlar sonini Ianiqlash; - stekni tozalash. Stekni statik xotirada vektor ko’rinishida ifodalashda stek uzunligini ko’satuvchi ko’rsatkich ishlatiladi. Bu ko’rsatkich stekdagi 1-bo’sh joyni ko’rsatadi. Dastlab hali stek bo’shligida bu ko’rsatkich R=0 bo’ladi. Quyidagi rasmda stekda 6 ta element mavjudligi uchun R=7 bo’ladi (2-rasm). 2-rasm. Stek tuzilmasi Stekka yangi element kiritilayotganda stek ko’rsatkichi (R) ko’rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin bu ko’rsatkich bittaga oshiriladi. Stekdan elementni o’chirishda ko’rsatkichning qiymati bittaga kamaytiriladi va shu adresdagi element o’chiriladi. Stekni tozalash amalini bajarish uchun stek Ko’rsatkichi R ga stek uchun ajratilgan xotira sohasining boshlang’ich adresi qiymati beriladi. R stekdagi elementlar sonini bildiradi. Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling