Kiberxavfsizlik to‘g‘risida gi Qonun qabul qilindi


Download 135.42 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi135.42 Kb.
#1348831
Bog'liq
Хуқуқий тарғибот

Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi


X
Prezident tomonidan 15.04.2022 yildagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-764-son Qonun imzolandi. Qonun 8-bob va 40-moddadan iboratX
Qonunda quyidagi tushunchalar foydalaniladi: kiberjinoyatchilik, kibermakon, kibertahdid, kiberxavfsizlik, kiberhimoya, kiberhujum.
Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlashning quyidagi asosiy prinsiplari belgilangan:

  • qonuniylik;

  • kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;

  • kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv;

  • kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi;

  • O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi.

Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti belgilaydi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Kiberxavfsizlik sub’ektlari tomonidan kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar ko‘rish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

  • dasturiy ta’minotdagi va qurilmalardagi zaifliklarni hamda xatoliklarni bartaraf etish;

  • zararli dasturlarni yo‘q qilish, ularning tarqalishini cheklash, kiberhujumlar manbaini texnik jihatdan cheklash;

  • axborotlashtirish ob’ektlarini mavjud kibertahdidlardan ajratib qo‘yish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiberxavfsizlik hodisalari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish.


https://hydromet.uz/uz/node/1858
Download 135.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling