Kichik akademiya


Download 1.25 Mb.
bet2/5
Sana19.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1284577
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boqiy Tuman Shahri [dramatik trilogiya]

Birinchi parda tamom.

IKKINCHI PARDA


TASHLANDIQ ZAVOD TASHQARISI.


Bir kun o`tib.
Adisa katta zavod eshigining oldida. Sal nariroqda uning mashinasi turibdi. Yuzida kislorodli niqob va himoya ko`zoynaklari. Ustida oq ko`ylak va nimchak-palto.
Adisa eshikka yaqinroq kelib taqillata boshlaydi. Hech kim javob bermadi.
Cho`ntagidan ro`molcha olib eshik derazasini artib, ichkariga qaraydi. Hech kim yo`q.

ADISA.
(o`ziga)


Yangi ro`molcha olishga to`g`ri keladi.

Cho`ntagidan pichoqcha olib eshik qulfini buzadi.


ADISA.
(o`ziga)


Yangi pichoq ham...
Eshikni ochib kirib keladi.

TASHLANDIQ ZAVOD.


Zanglagan eshik ochilib Adisa kirib keladi.


Futbol maydoniga teng katta qutini eslatuvchi zavod. Temir devorlari zanglab ketgan. Butun zavod stanoklarga to`la. Tom va ikki tomondagi katta derazalardan yorug`lik tushadi.

ADISA.
Ohho...
(detektirini olib)
Oldingi safargidek, hamma yoqni “radioaktiv/anomal” ko`rsatyapti.

Butun zavod bo`ylab yuradi. Stanoklarni yaxshilab qarab chiqadi. Oqibatda, bir stanokda ortiqcha mexanizmni topadi. Mexanizmni ishga tushirganidan, zavodning bir burchagida yerto`laga lift ochiladi.


ADISA.
Bingo...


Liftga chiqib yerto`laga tushadi.


TASHLANDIQ ZAVOD YERTO`LASI.


Hamma yoq qorong`i. Lift eshigi ochiladi. Undan xonaga yorug`lik tushadi. Liftdan chiqib, Adisa bir qadam bosishi bilan, xonadagi barcha chiroqlar yonadi.
Butun xona har xil qurollarga to`la. Ish stollarida yasab bitirilmagan qurollar turibdi.
Ko`zoynaklardan Adisaning hayron ko`zlari ko`rinadi. U hayolan ham “bingo” der edi, ham qo`rquvga to`lardi.

LABORATORIYA.


Abror bir kompyuterga bir mikroskobga qarar edi.
Adisa stulga suyangancha o`tirar, uyqisiraganidan ko`zlari yumilardi. Ahvolidan charchagani bilinib turibdi, kislorod niqobi qo`lidan tushib ketay deb turibdi.

ADISA.
(gavdasini to`g`irlab)


Seningcha, bu zavodlarni boshqargan kompaniya yashirincha qurol ishlab chiqarganmi?

ABROR.
(kompyuterga qarab)


Ha, lekin...
(Adisaga qarab, stolga suyanib)
Nega?

ADISA.
Sotish uchundir-da... qolaversa, u paytlarda noqonuniy qurolli guruhlar ko`p bo`lgan.


ABROR.
Sababi shu bo`lganida, bunaqa qurollar butun dunyoga ma`lum bo`lardi. Qolaversa, bunaqa texnologiya butun yer yuzida yo`q!


ADISA.
O`zi, kompaniya haqida ma`lumot bormi?


ABROR.
Yo`q. Nima ishlab chiqargani, kim asos solgani... qachonlardir bo`lganligidan boshqa, hech qanday ma`lumot yo`q.


Pauza. Adisa uxlab qoladi.


ABROR.
(shodlikdan baqirib)


Qoyilmaqom!

Adisa uyg`onib ketadi.


ADISA.
A?


ABROR.
Bu qurollarning ishlash texnikasi! Bu – Kvant muhandisligida haqiqiy revolyutsiya!


ADISA.
Demak ... biz kuzatgan tebranish – interferensiyami?


ABROR.
Ha, sen haq eding. Qurolda o`zgacha mexanizm bor – u orqali materiyaning interferensiyasi paydo bo`ladi. Lekin ... qurolda bu texnologiyadan foyda nima?


ADISA.
(uyqisirab)


Bu yordamida ... birgina o`q orqali o`ntalab odamni yo`q qilish mumkin...

ABROR.
Ha... bu mexanizmni boshqa maqsadda ham ishlatsa bo`ladi.


[kichik pauza]
Mexanizmni yaxshilab o`rganib, uning namunasida yangi mexanizm yaratish mumkin...

ADISA.
Uni kim, qanday maqsadda yaratganini bilsak ham bo`lardi...


[pauza]
Bilasanmi, ishimizni ertaga davom etsak bo`lardi. Ko`zlarim yumilib ketyapti.

ABROR.
Ha, kech ham bo`lib qolibdi, sen boraver. Men sal keyinroq ketaman.


ABRORNING UYI.


Qorong`i. Uy eshigi ochilib, Abror kirib keladi. Chiroqni yoqishi bilan, uydagi narsalarning oyog`i osmondan bo`lib yotganini ko`radi. Xuddi, uyni kimdir talon-taroj qilgandek.


ABROR.
(o`ziga)


La`nati!
Noutbuki yo`qligini ko`rib, Abror darrov telefonini olib qo`ng`iroq qiladi.

ABROR.
(telefonga)


Adisa, darrov laboratoriyaga bor! Hech qanday elektronikani yoqmasdan, stolimda qalqonning rasmi bor fleshkani topib, uni mening kompyuterimga ula!

ADISA.
(telefondan)


Xo`p. Nima bo`ldi?

ABROR.
Uyimga kimdir bostirib kirib, noutbukimni o`g`irlabdi!


ADISA.
Nima!


LABORATORIYA.


Hamma yoq qorong`i. Birgina Adisaning qo`lidagi fonar atrofni yoritadi. Abrorning stoli oldiga kelib, Adisa uning narsalarini titkilay boshladi. Axiri, javonlarning birida fleshkani topdi. Fleshkada kichik oq qalqon belgisi flamaster, yoki qalam orqali chizib qo`yilgan edi.


ADISA.
Bingo!


LABORATORIYA. KEYINROQ.


Abror noutbukka vahimada qarab, kompyuter va laboratoriya serverlarini virtual hujumdan himoyalashga urinar edi.


Fleshkadagi dasturni ishga tushirib, barchasi yaxshi ekanligidan komil bo`lganidan so`ng tinchlanib oladi.

ABROR.
Xudoga shukur...


ADISA.
Yana nimalarni o`g`irlashdi?


ABROR.
Birgina noutbuk... kelganimda, butun uy oyog`i osmondan bo`lib yotgandi, lekin... birgina noutbuk yo`q.


ADISA.
Noutbuking orqali bu kompyuterga ulanishi mumkinmi?


ABROR.
Ha. Lekin, kim buni istaydi?


ADISA.
Yoki bu qurollarni yaratgan, yoki ularni yo`q qilmoqchi bo`lgan odam...


Pauza. Ikkisi ham kompyuter monitoriga qarab qoladi.


ADISA.
Noutbuking bilan aloqaga chiqib ko`rchi.


ABROR.
Uni o`g`irlagan odam bilan gaplashib ko`rish uchunmi?


ADISA.
Ha... hech bo`lmaganda bu qurollar qayerdan paydo bo`lganini bilardik.


ABROR.
To`g`ri aytasan...


Sen ketaver, men bugun laboratoriyada qolaman.

ADISA.
Mayli... o`zingni qiynab qo`yma.


ADISANING UYI. TONG.


Derazadagi manzara:


Ufqdan ko`tarilayotgan quyosh nurlari atrofdagi tumanni yoritadi.
Adisa, moviy yoqali ko`ylakda, o`ziga qahva qaynatyapti. Nam sochlaridan, yaqinda cho`milgani bilinib turibdi. Birdan o`pkasi og`rib, qon yo`tala boshlaydi. Qoniga bilangan qo`lini yuvib olib, bunga etibor bermasdan boshqa narsalarga jalg`ib ketadi.
Gullarga suv quygandan so`ng, Adisa derazadan tashqariga termulib qoladi.
Asta-sekin o`layotgan olamdan qolgan go`zallik.

LABORATORIYADA.


Stolda anomal qurollar bir tartibda taxlab chiqilgan.


Abrorning kompyuteridan rok-musiqa eshitilmoqda. Unchalik baland emas, past ovozda deb ham bo`lmaydi.
Abror texnik stol oldida nimadir yasab turibdi. Ko`zlari ko`karib ketgan. Oldidagi krushkasida choydan qolgan dog` ko`rinib turibdi.
Abror krushkani olib undan ichmoqchi bo`ladi.

ABROR.
(krushkaga qarab)


La`nati...

ADISA.
(kirib keladi)


Kechasi bilan uxlamay chiqdingmi?

ABROR.
(musiqani o`chirib)


Xayrli kun... qurollarning mexanizmini o`rganib chiqdim. Axiri, ularning qanday ishlashini bila oldim.

ADISA.
(qurollarga qarab)


Ha... ko`rinib turibdi. Hatto guruhlarga ham bo`lib chiqibsan. Noutbukingni o`g`irlaganlar aloqaga chiqdimi?

ABROR.
Hali yo`q...


[pauza]
Demak, bu portlatuvchi qurollar... bular esa bir qancha dushmanlarni bir vaqtda yo`q qilishga mo`ljallangan... bu esa himoya asboblari.

ADISA.
Barchasi ishlaydimi?


ABROR.
Tekshirib ko`rmoqchimisan?


TAJRIBA XONASIDA.

Adisa va Abror. Ularning oldida qurollar qator turibdi. To`g`rilarida mo`ljallar.


ABROR.
Birinchi oddiy qurollardan boshlaymiz.


(mo`ljallarni to`sib qo`yadi)

ADISA.
To`siq turibdi-ku.


ABROR.
Otaver.


Qurolning o`qdan otilish ovozi chiqmagan bo`lsa ham, mo`ljalning bir joyi yorilib, o`q izi qoladi.


ABROR.
(mo`ljal oldidan to`siqni olib)


ADISA.
(hayron)


...
[pauza]
Tunellanish hodisasi10...

ABROR.
(yuzida quvonch seziladi)


Ha!

ADISA.
Lekin... qanday qilib?!


ABROR.
Qurol mo`ljalni aniqlaganidan keyin, qandaydir ma`noda, o`q va mo`ljalni bir kvant tizimiga aylantiradi.


ADISA.
Ya`ni... urush maydoni bir kvant tizimi bo`ladi...


ABROR.
Shunday desa ham bo`ladi.


ADISA.
(hayratdan peshonasini ushlaydi)


ABROR.
Bu hali hammasi emas.


(stoldan temir plastinkalar bilan qoplangan nimchakni olib)
Bu qalqon.

ADISA.
Xo`sh? Interferensiya orqali o`qdan himoyalaydimi?


ABROR.
Qandaydir ma`noda. U sening kvant soyalaringni yaratadi.


ADISA.
Abror, har qanday nomga kvant so`zini qo`shganing, uni tushunarliroq qilmaydi.


ABROR.
Uzr, xullas, o`xshatish bilan aytganda, u, xuddi, sening ko`zgudagi akslaringni fazoda yaratadi.


ADISA.
... shunchaki kvant soyalari deganimiz tushunarliroq.


ABROR.
Xullas, ming bor aytgandan ko`ra, bir bora ko`rsatgan yaxshi.


(nimchakning tasmaga o`xshash narsasini tortadi.
Abrorning atrofida, xuddi, uning arvohlari paydo bo`lgandek)
Menga ot.

ADISA.
Hazillashyapsanmi?


ABROR.
Havotir olma, otaver.


ADISA.
Bu “qalqoning” ishlamay qolsachi?


ABROR.
Bir marta sinab bo`lganman. Otaver.


Kichik Pauza. Adisa bir oz o`ylanadi. So`ng, darrov qurolni olib, Abrorga ketma-ket ota boshlaydi.


Har o`q tekkanda, Abrorning tanasi anomaliyalar kabi tebranib o`z holiga qaytadi.
ADISA.
(hayron)
Yaxshimisan?

ABROR.
Ha... bu nimchakning sharofatiga.


(nimchakni yechib, joyiga qo`yadi)
ADISA.
To`g`ri tushungan bo`lsam, o`qni o`ziga, o`sha, “kvant soyalaring” qabul qiladi?

ABROR.
Ha...


Pauza.

ADISA.
Bularning barchasi urush maydoniga mo`ljallangan qurollar.

ABROR.
Nega?


ADISA.
O`zing o`ylab ko`r: bir vaqtning o`zida, o`rta masofadagi bir qancha dushmanlarni jarohatlay oladigan qurol; bir qancha o`qlardan himoyalo`vchi harbiy nimcha. Bunday qurollar faqat urush va favqulotda holatlarga mo`ljallangan.


ABROR.
Ha... [pauza]... haligi dala.


ADISA.
Nima?


ABROR.
Birinchi anomaliyalar topilgan dala. Balki, uni yana bir bor tekshirib ko`rish zarar qilmas?


ADISA.
Ha.


Pauza.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling