Kichik biznes – taraqqiyot omili


Download 27 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi27 Kb.
#1001573
Bog'liq
KICHIK BIZNES


KICHIK BIZNES – TARAQQIYOT OMILI
Termiz shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, sohaga doir qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat va kompleks chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini mahalliy davlat hokimiyati hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish masalasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat soliq inspeksiyalari, axborot-maslahat markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Rahmonqulov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan mamlakatimizda tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularga yanada ko‘proq erkinlik berishga qaratilgan izchil islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladilar. Bunda davlatimiz rahbarining tadbirkorlar faoliyatiga davlat tuzilmalari va nazorat qiluvchi organlar aralashuvini cheklash, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish, ularning zarur resurslarni xarid qilish va o‘z mahsulotlarini sotish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari va moliyaviy ko‘mak berishga qaratilgan qator farmon va qarorlari asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor natijasida mazkur soha Surxondaryo viloyatida ham rivojlanib bormoqda. Xususan, 2007 yilda kichik biznes subyektlarining viloyat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 68,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 71,7 foizga yetdi. Viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 25 mingdan ortdi. Ish bilan band aholining 76 foizi xususiy sektorda mehnat qilmoqda.
Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar qamrovi kengayib bormoqda. Prezidentimizning shu yil 4 aprelda qabul qilingan «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini uch yilgacha rejali soliq tekshirishlaridan ozod qilish tartibi joriy etildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2011 yil 12 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xususiy biznesni rivojlantirish borasida yangi, yanada keng imkoniyatlar ochdi. Mazkur qaror tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish tizimi yanada soddalashtirilgani, davlat boji stavkasi eng kam ish haqining bir baravariga tenglashtirilgani bilan ahamiyatlidir.
Joriy yildan boshlab kichik biznes subyektlarining davlat xaridlari tizimidagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan belgilangan izchil chora-tadbirlar ham xususiy sektor vakillariga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham tadbirkorlarning davlat xaridlari tizimidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Boysun tumanlarida 12 savdo maydonchasi faoliyat yuritayotir. Ayni paytda boshqa tumanlarda ham savdo maydonchalarini tashkil etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling