Kichik biznes va tadbirkorlik
Download 153 Kb.
|
Yusupov Anvarbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda marketingning roli 3. Strategik va xalqaro marketing Foydalanilgan adabiyotlar
Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot tarmoqlar va soxalar 3- kurs 207-guruh talabasi Yusupov Anvarbekning “Kichik biznes va tadbirkorlik ” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mavzu:Marketing –zamonaviy tadbirkorlikning asosiy omilidir Reja: 1. Marketing haqida 2. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda marketingning roli 3. Strategik va xalqaro marketing Foydalanilgan adabiyotlar Marketing deganda nimani tushunamiz? Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u erda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni to`g`ri tushunib etish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib turmog`i lozim. Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish, mavjud sharoitu vaziyatlarni eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish va sotuvning yuqori foyda berib turishini ta`minlash va xaridorlar uchun to`g`ri keladigan baholarni belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir. Bozorni bilish deganda, iste`molchilarni har tomonlama o`rganish, ularning did va istaklarini bilish ko`zda tutiladi. Demak, bozorga moslashish muayyan talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab chiqarilgan bo`lsa, shuni sotmaslik, balki bozortalab mollarnigina ishlab chiqarmoq zarur. Bozorga ta`sir o`tkazish talabni shakllantirish demakdir, ya`ni tovarni yaratish bilan iste`molchini ham “yaratmoq” lozim. Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab faoliyatning aniq yo`nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ularning orasida eng muhimlari: bozorni atroflicha o`rganish, mahsulot turlarini rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga etkazish, tovar reklamasini tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash hamda savdosini tashkil etishdir. Marketing bozor iqtisodiyotining muhim elementi bo`lib, mamlakatimizda xo`jalik sub`ektlari va tadbirkorlar uni o`zlashtirish va tashkil qilish sohasida muayyan natijalarga erishdilar. Korxona va firmalarda marketing xizmati bo`limi tashkil etilmoqda. Shuni alohida ta`kidlab o`tish lozimki, tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish ko`p jihatdan marketing xizmatining samaradorligiga bog`liqdir. Biroq shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, marketing xizmatini tashkil qilish muayyan sarf-xarajatlar qilish va sabr-toqat ko`rsatishni talab etadi, buning ustiga darrov samara ham bera olmaydi. Bu ish, bir tomondan, iste`molchilarni etarlicha yuqori bo`lgan talablariga va xarid qobiliyatlariga, ikkinchi tomondan, tovarlar va xizmatlarni tanlash erkinligiga mos keladigan bo`lishi kerak. Marketingni joriy etish tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishni talab etadi. Korxonalarni rejalashtirish va uni boshqarish, ichki va tashqi savdo aloqalari tizimini yaratish, shuningdek, tovarlar bilan yuqori darajada ta`minlangan bozor kanallari bo`yicha tayyorlangan mahsulotlarni sotish shular jumlasidandir. Iqtisodiyotimizning hozirgi ahvoli, talablarni qondirilmay kelayotgani, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi nomutanosibliklar mavjudligi sharoitida marketingdan foydalanishga ehtiyoj va imkoniyat yo`qdek ko`rinadi. Biroq aynan marketing shu qiyinchiliklarni yengib o`tishga, talab bilan taklif o`rtasida mutanosiblik o`rnatishga yordam berishini yoddan chiqarmaslik kerak. Marketing – korxonalar uchun mahsulot sifatiga, uning raqobatbardoshligiga qo`yiladigan o`ziga xos talablarni o`rganish orqali tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish, aniq talab darajasini hisobga olgan holda tovarlarni bozor kanallari orqali mohirlik bilan o`tkazish imkoniyatidir. Talab bilan taklif o`rtasida bir qadar nomutanosiblik mavjud bo`lgan sharoitda tovarlarni egasiga borib yetadigan qilib ishlab chiqarish va oxirgi iste`molchiga kam-ko`stsiz yetkazib berish juda ham muhimdir. Marketing ana shunga imkon ochadi. Marketing yordamida ko`pgina muammolarni hal qilish mumkin: talabga ta`sir o`tkazish, uning tarkibini o`zgartirish, ishlab chiqarishni bozor talablariga moslashtirish va h.k. Shunday qilib, marketing xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan tizimida korxona va firmalar uchun strategik ahamiyatga molik bo`lgan vazifalarni hal etishga ko`maklashadi. Quyida talabning turli holatlari va marketing xizmatining ularga mos keladigan vazifalarini keltiramiz. 1.Manfiy talab. Agar xaridorning ko`pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochadigan bo`lsa, bunday bozor manfiy talab holatida bo`ladi. Bunday sharoitda marketing xizmatining vazifasi bozor nima sababdan tovarni yoqtirmayotganini tahlil qilish va tovarni qayta ishlash, baholarni pasaytirish yo`li bilan uni sotishni bir muncha jonlashtirishdan iboratdir. 2.Talabning yo`qligi. Iste`molchilar tovarga qiziqmasligi yoki unga befarq qarashlari mumkin. Bunday hollarda marketingning vazifasi tovarga xos bo`lgan xususiyatlarni insonning tabiiy ehtiyojlari va istaklari bilan bog`lash yo`llarini topishdir. 3.YAshirin talab. Ko`pgina iste`molchilarda bozorda mavjud bo`lgan tovarlar yoki xizmatlar yordamida qondirib bo`lmaydigan ehtiyojlar bo`lishi mumkin. Marketingning vazifasi ana shu tovarlar va xizmatlar bozorining hajmiga baho berish va talabni qondira oladigan xaridorgir tovarlar hamda xizmatlar yaratishni yo`lga qo`yishdir. 4.Kamayib boradigan talab. Har qanday korxona (firma) ham o`zining u yoki bu tovariga bo`lgan talab kamayib qoladigan holatga ertami - kechmi duch keladi. Bunday sharoitlarda marketing xizmati nima sababdan talab kamayib borayotganini tahlil qilib chiqishi va yangi bozorlarni qidirib topishi, tovar xarakteristikalarini o`zgartirish yoki bir muncha samarali aloqalarni o`rnatish yo`li bilan tovarlarni o`tkazishni yana jonlantirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashi kerak bo`ladi. 5.Nomuntazam talab. Ko`pgina tovarlar (xizmatlar)ga talab mavsum sayin, kun sayin va hatto soat sayin o`zgarib turadi. Masalan, aviachiptalarga bo`lgan talab yozgi mavsumda ortib ketadi, jamoat transportining ko`pchilik qismi kunduzgi osoyishtalik paytida bo`sh turadi va odamlar qatnab turadigan soatlarda ularni tashib uddalay olmaydi. Bunday sharoitda marketingning vazifasi baholarni o`zgartirish, transport qatnovi jadvalini takomillashtirish va hokazoga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdir. 6.To`la qimmatli talab. Tadbirkorlar o`zlarining tovarlari (xizmatlari) oborotlaridan qoniqadigan bo`lsalar, ana shu to`la qimmatli yoki to`laqonli talab deyiladi. Marketingning vazifasi talabni mavjud darajasini saqlab qolish maqsadida ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko`rsatiladigan xizmatlarning sifati to`g`risida tinmay qayg`urib borishdir. Marketing strategiyasining zarur elementi bozor qatnashchilari faoliyatini hisobga olgan holda bozorga chiqadigan mahsulotlarning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini belgilab olishdir. Korxonaning umumiy strategik maqsadi belgilab olingandan so`ng, uni amalga oshirishga doir zarur choralar batafsil ishlab chiqiladi. Bular: -bozorga qanday tovarni qanday assortimentda va qanday baholar bilan kiritish; -tovarlarni rejalashtirilgan miqdorda sotish uchun qanday shart- sharoitlar kerakligini aniqlash; -tovarlarni etkazib berish qanday kanallar orqali va qanday hajmlarda amalga oshirilishini belgilash; -talabga ta`sir ko`rsatish va sotuvni rag`batlantirish uchun qanday vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash; -sotuvdan keyin ko`rsatiladigan xizmat qanday bo`lishi va uni kim amalga oshirishini belgilab olish. Marketing faoliyatining taktikasini belgilab beruvchi mana shu masalalarni biron bo`g`inida uzilish bo`lib qolishi mo`ljaldagi barcha ishlarning barbod bo`lishiga olib kelishi mumkin. Marketing faoliyatining tayyor yo`l-yo`rig`i yo`q. Talabga ta`sir ko`rsatishning usul-amallari har bir korxona va bozorga kiritiladigan har bir tovar uchun yangidan ishlab chiqiladi. Chet mamlakatlarda buning uchun maxsus firmalar va institutlar tashkil etilgan. Yirik korxonalardan birontasi marketing bilan shug`ullanadigan maxsus bo`lim (yoki xizmatsiz) tirikchilik qila olmaydi. Marketing faoliyatida reklama muhim narsa hisoblanadi. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustahkamlab, yangi-yangi xaridorlarni topib borish, yangi bozorlarni shakllantirish orqali iste`molchilar doirasini kengaytirishdir. Biroq, xaridorning psixologiyasi uchun firmaning iste`mol bozoridagi obro`-e`tibori va tovar markasining muhim ahamiyatini alohida ta`kidlash zarur. Sotuvni rag`batlantirish marketing vazifalaridan biri bo`lib, bozorga kiritiladigan tovar realizatsiyasini rejalashtirilgan miqdorga etkazishga imkon beradi. Demak, u qilingan sarf-xarajatlarning o`rnini to`ldirib, foyda olishga imkon beradi. Sotuvni rag`batlantirish uchun yarmarkalar, mollar sotiladigan ko`rgazmalar singari faol shakllaridan, maxsus savdo agentlarining xizmatlaridan, shuningdek, imtiyozli baholar qo`yish usullaridan foydalanish mumkin. Shunday qilib, marketing bizning xo`jalik hayotimizga bozor iqtisodiyoti bilan birgalikda kirib kelgan tushuncha bo`lib, uni yaxshilab o`zlashtirish, joriy qilish har qanday korxona yoki firma ish faoliyatining yuqori samaradorligiga xizmat qiladi. Biroq shuni alohida ta`kidlash joizki, marketingni tashkil qilishning yagona va tayyor sxemasi yo`q. Har bir korxona yoki firma o`z xo`jalik faoliyatining xarakteri, tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish va savdoni yagona texnologik jarayonga birlashtirib, o`zining marketing dasturini ishlab chiqadi. Xo`sh, nima uchun marketing xizmatini o`zvaqtida va oqilona tashkil qilish korxona(firma) faoliyatini yuqori iqtisodiysamaradorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi?Umumlashgan holda busavolga quyidagicha javob berish mumkin. Birinchidan, marketing xizmati tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatishni bozor talablariga moslashtiradi. Ikkinchidan, tayyorlangan mahsulotlarni o`z vaqtida va to`la-to`kis sotilishiga ko`maklashadi. Uchinchidan, bozordagi talabning o`zgarishini oldindan bashorat qilgan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish tarkibi va sifatiga tegishli tuzatishlar kiritib, behuda sarf-xarajatlar qilinishi va keraksiz tovarlar ishlab chiqarilishining oldini oladi. To`rtinchidan, bozor jo`g`rofiyasi va narx-navosini o`rganish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotni qaysi hudud, mintaqada va mamlakatlarda qanday baholar bilan sotish bo`yicha takliflar kiritadi. Va, nihoyat, marketing xizmatining muhim vazifasi – ishlab chiqarilayotgan tovarlar reklamasini amalga oshirish bo`lib, bozorlar tovarlar bilan tobora ko`proq to`yinib borayotgan hozirgi davrda ta`sirchan reklamaning korxona(firma) faoliyati uchun ahamiyati juda kattadir. Xorijiy firmalar, xususan, rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar reklamasiga juda katta ahamiyat berishadi va buning uchun o`z mablag`larini ayamasliklari bejiz emas. Bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlar, shu jumladan, O`zbekistonda ham tovar ishlab chiqaruvchilar buni tobora yaxshiroq anglab etmoqdalar va reklama ishiga o`z e`tiborlarini kuchaytirmoqdalar. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling