Jadvaldan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016 yilda yaratilgan jami 940,5
mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik
biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 4,7
foizga ko‘proq demakdir. Jami yangi ish o‘rinlarining deyarli 21 foizi turli
shakllardagi uy mehnatini yo‘lga qo‘yish, 7,5 foizi yangi ob’ektlarni
ishga tushirish,
mavjud ishlab chiqarishlarni qayta qurish va kengaytirish, deyarli 30
foizi ish
joylarini ko‘paytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari amalga oshirish hisobiga
tashkil etilgan. Buning natijasida, kichik tadbirkorlikda band bo‘lganlarning jami
iqtisodiyotdagi band bo‘lganlarga nisbatan ulushi 2008 yilda 73,1 foizni
tashkil etgan
bo‘lsa, 2009 yilga kelib 74,2 foizga etdi.
Bundan ko‘rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish,
aholining daromadlari va
farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: