Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o‘rni


Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi (2020-yil yanvar oyida, %)


Download 2.03 Mb.
bet7/7
Sana20.11.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1788052
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mil2

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi (2020-yil yanvar oyida, %)

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8,6 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 30,9 % ni tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi 2021- yilning yanvar-may oylarida, % da

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 35,8 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 22,4 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Jizzax viloyatida (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 47,3 %), Namangan (41,7 %), Farg‘ona (39,4 %), Samarqand (37,9 %), hamda Surxondaryo (37,6 %) viloyatlarida kuzatildi.

Respublikamiz hududlari kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Navoiy (5,8 %), Toshkent (17,2 %), Qashqadaryo (19,8 %) va Xorazm (20,3 %), viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (15,9 %) sanoat ishlab chiqarish hajmidagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hudularda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

2022-2023- yillarning yanvar-mart oylarida kichik biznesning hajmi va YAHMdagi ulushi.

2023- yilning yanvarmart oylarida kichik tadbirkorlik 5791,3 mlrd.so‘m (2022- yilning yanvar-mart oylarida – 4593,0 mlrd.so‘m)ni tashkil qildi.

YAHMdagi ulushi 63,8 % (2022- yilning yanvar-mart oylarida – 59,0 %)ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi yirik korxonalar ulushining kamayishi bilan bog‘liq.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi Yanvar-Sentabr(2023)

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 119,1 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 25,9 % ni tashkil etdi. 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes subyektlarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 24,2 % ni tashkil etgan.


Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling