Kichik biznesda innovatsion faoliyat
Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi
Download 93.5 Kb.
|
Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatinin
Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi
Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni, uning innovatsion faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirishga alohida ahamiyat berilgan. Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va unga keng yo’l ochib berish aholi bandligini samarali ta’minlash va bu orqali aholi farovonligini oshirishning muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning mukammal va puxta ishlab chiqilgan tizimi mavjud bo’lib, bu tizim iqtisodiyotning globallashuvi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta’minlaydi. Bu holat esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmining to’la darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbalardan hisoblansada, biroq innovatsion faoliyatni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajadagi o’rinni egallaydi. Uning ulushi ko’pchilik rivojlangan davlatlarda xususiy sektorga nisbatan 1.3-2.5 marta kam. Jahon tajribasida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va uning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, bu rivojlangan mamlakatlarda turlichadir (2-jadval). Ko’pgina mamlakatlarda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish hamda muvofiqlashtirish yetarli resurs imkoniyatlariga va boshqaruv vakolatiga ega bo’lgan maxsus davlat organlari zimmasiga yuklatilgan. Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan “Kichik biznes ma’muriyati” deb nomlangan maxsus tashkilot tuzilgan bo’lib, u xususiy sektorga ko’maklashish, uni moliyalash hamda kreditlash, innovatsion faoliyatini rag’batlantirish ishlarini samarali yo’lga qo’ygan. Kichik biznes ma’muriyatining 90 dan ziyod mintaqaviy va hududiy bo’limlari tuzilgan bo’lib, ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida tug’iladigan har qanday muammolarni kechiktirmay hal etishni asosiy maqsad qilib olgan. 2-jadval Jahon tajribasida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning asosiy xususiyatlari9
1 Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент. Спб.: Питер.2001. - С.41. 2 Валдайцев С.В. Оценка бизнеса и инновации. М.: Филин. 1997.- С.73. 3 Глущенко В.В., Глущенко И.И. Исследование систем управления: социологические, экономические, прогнозные, плановые, экспериментальные исследования. 2-е изд. – М.: ООО НПЦ «Крылья», 2004. С.30. 4Друкер П.Ф. Практика менеджмента. М.: ИД Вильямс, 2003. С.398. 5Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. – Спб.: Питер, 2004. – С. 19. 6Gimush R.I., MatmurodovR.I. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – B.10. 7Innovation Policy A Guide for Developing Countries. The International Bank for Reconstruction and Development / the World Bank. 1818 H Street, NW, 2010. – P.28. 8 Taraxtiyeva G.K. Innovatsion menejment. T.: Fan va texnologiya, 2013. B.10. 9 G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O. va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. –T.: Fan, 2011. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling