KiCHİk biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsiFİ


Milliy iqtisodiyotda kichik biznes rivojlanishing ijtimoiy-iqtisodiy


Download 286.67 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi286.67 Kb.
#1248611
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kichik biznes

Milliy iqtisodiyotda kichik biznes rivojlanishing ijtimoiy-iqtisodiy


xususiyatlari.
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiyotni shakllantirish va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini sifatida kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yuksaltirish borasidagi ilg‘or ishlar amalga oshirilmoqda, mamlakatimizda ushbu sohada katta yutuqlarga erishilmoqda.
O‘zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo
etishga qaratilgan keng ko‘lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z yo‘lini tanladi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan besh tamoyil va izchil islohotlar strategiyasiga asoslangan mamlakatimizni isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha “o‘zbek modeli” berayotgan yuksak samaralar bugun butun dunyoda e’tirof etilgan. Davlatimiz rahbari yuritayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning puxta o‘ylangani, islohotlarni amalga oshirishga tadrijiy yondashuvlar ushbu ijobiy jarayonlarni ortga qaytarib bo‘lmasligining kafolatiga aylandi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida o‘zining barqarorligini namoyon etayotgan milliy iqtisodiyotimizning izchil rivojlanayotgani ham shundan dalolatdir.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi – kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ularning samaradorligini ta’minlash va shu asosda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartiga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishga aylandi.
Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borayotgani ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish, eksport tarkibida jahon bozorlarida xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ko‘paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda qaror topgan qulay ishbilarmonlik muhitining huquqiy asoslarini muntazam takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning mantiqi va izchilligi, barcha soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish, jahon bozorlarida tez o‘zgarib turgan sharoit iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada erkinlashtirishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5 may kuni qabul qilingan farmoniga muvofiq “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi va u bugun Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridagi eng yaxshi o‘nta mikromoliya banklari qatoridan joy oldi. Mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga, ayniqsa, qishloq joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan, dastlabki kapitalni shakllantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini tashkil qilishda ko‘maklashmoqda, ularga faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit resurslaridan keng foydalanish borasida samarali xizmat ko‘rsatmoqda. Bu ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasida ushbu sektorning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni tobora oshib bormoqda, raqobatbardosh mahsulot turlari va ishlab chiqarish hajmi ko‘paymoqda.
Bozor munosabatlari va xususiy mulk huquqlari ustuvorligi e’tiborga olingan holda, jahon bozorida munosib raqobatlasha oladigan milliy iqtisodiyotni shakllantirish – muntazam rivojlanayotgan va yanada jadal tus olayotgan jarayondir. Bugun O‘zbekistonda kichik va xususiy korxonalar nafaqat savdo, xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida faoliyat yuritayotir, balki innovatsion, nano va biotexnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sanoatda, ilmtalab yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda ham ularning ulushi ortib borayotir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektarining tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish, tashqi bozorlarga mahsulot chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham kengaymoqda.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorni sifatli, raqobatbardosh va har xil turdagi mahsulotlar bilan to’ldirishda, aholini oqilona ish bilan ta'minlash va yangi ish o’rinlarini yaratishda, buning natijasida esa, insonlar turmush tarzi farovonligini oshirish hamda pul daromadlarining oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan bir qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq to’lov tushumlari hajmining ko’payishi va iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichi hisoblangan yalpi ichki maqsulot (YaIM) salmoqining oshishiga asosiy turtki bo’lmoqda.
Shu o’rinda yurtboshimiz o’z ma'ruzalarida: "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz" , - deb ta'kidlaydilar.3
Biz mustaqillikka erishganimizdanoq bozor iqtisodiyotiga o’tishga o’zimizga mos rejalashtirib olganmiz. Bunda aholi o’rtasida tabaqalanish yuz bermasligi uchun ya’ni aholi o’rtasida o’ta boy ham yoki o’ta qashshoq ham bo’lmasligi uchun bu yo’l tanlangan. Bu borada kichik biznesning o’rni kattaligi ko’rinib turibti. Kichik biznesni rivojlantirish orqali biz shu ko’zlagan maqsadlarimizga erishamiz.
Statistik tahlillar shuni ko’rsatadiki, 2008 yilda mamlakatimizda yangi tashkil etilgan ish o’rinlari soni 661 mingtaga teng bo’lgan bo’lsa, shundan 374,3 mingtasi (57 %) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushiga to’g’ri kelgan. 2010 yilga kelib yaratilgan yangi ish o’rinlari soni 950 ming tani tashkil etib, aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilgan ish o’rinlari Fermer xo’jaliklari bilan birga hisoblaganda, 600 mingta (65%)ni tashkil qiladi. (1-jadval).



3 Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш - тараққиѐтимизнинг муҳим омилидир. Президент И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 18 йиллигига бағишланган тантанали маросимидаги маърузаси. // Халқ сўзи, 2010 йил. 8 декабрь.



  1. Download 286.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling