IYUN. UCHINCHI HAFTA
BOG‘IMIZGA SAYR QILAMIZ
Syujetli- rolli о‘yinlar
Mavzu: Yosh bog‘bonlar
Maqsad: bolalar bog‘bon mehnati bilan shug‘ullanadilar, bog‘bon ish qurollaridan foydalanishni
о‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: ish qurollari, dо‘ppi, qiyiqcha.
Faoliyatning borishi:
1. Vazifani tushuntirish.
2. Rollarni taqsimlash.
3. О‘yin jarayonining borishi.
4. Bolalarni rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: sayr vaqtida muassasa bog‘ida mehnat tashkil etish
.
Alohida e’tibor qaratiladi: bog‘bon ish qurollarini boshqa turdagi mehnat qurollaridan farqlash.
San’at
Mavzu: Bog‘imizdagi gul
Maqsad: bolalar gul chizishda turli elementlardan
foydalana oladilar, ozoda, tartibli bо‘yashni
о‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli qalam va bо‘yoqlar, oq qog‘oz.
Faoliyatning borishi:
1.
Namunani kuzatish.
2.
Ijodiy ish.
3.
Bolalar ishlarini tahlil qilish.
4.
Bolalarni rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: