IYUL. IKKINCHI HAFTA
QUVNOQ ESTAFETALAR
Qurish-yasash va matematika
Mavzu: Gimnastika narvoni
Maqsad: bolalar sanoq chо‘plari va lego tо‘plamidan mustaqil foydalangan
holda gimnastika
narvonini quradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, sanoq chо‘plari va legolar tо‘plami, AKT.
Faoliyatning borishi:
1.
Sport turlari haqidagi slaydlarni tomosha qilish.
2.
Namunani kuzatish.
3.
Kerakli jihozlarni tanlash.
4.
Ijodiy ish.
Qо‘shimcha: sport komleksini qurish va uni jihozlash.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar о‘rtasidagi dо‘stona munosabat.
Syujetli-rolli о‘yinlar va dramalashtirish
Mavzu: Sport dо‘koni
Maqsad: bolalar sport anjomlari va jihozlarining nomlarini hamda ularning
vazifalarini biladilar,
sport turlariga qiziqadilar.
Kerakli jihozlar:
sport jihozlari, jihozlarni joylashtirish uchun dо‘kon
peshtaxtasi, kassa,
mavzuga
oid rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. “О‘yinchoqlar dо‘koni”, “Kitoblar dо‘koni”, “Sport jihozlari dо‘koni”
tasvirlangan rasmlarni
tomosha qilish va ularni farqlash.
2. Rollarni taqsimlash.
3. О‘yin uchun sharoit yaratish.
4. О‘yin jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: