Kichik korxonalar foaliyotini o`rganish uchun tanlama kuzatuvini o`tkazish moliyalashtirish manbalari


Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash


Download 98 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi98 Kb.
#1486194
1   2   3   4
Bog'liq
KICHIK KORXONALAR FOALIYOTINI O`RGANISH UCHUN TANLAMA KUZATUVINI O`TKAZISH

2. Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash

Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari shakllanishini boshqarish hisoblanadi.


Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi.
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

  • korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;

  • amortizatsiya ajratmalari;

  • mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;

  • asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;

  • nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.

Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;

  • korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning pay va boshqa badallari;

  • yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

  • maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;

  • qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.

Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio‘ mumkin.
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

  • banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;

  • uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;

  • uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;

  • lizing va b.

Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:

  • tijorat (tovar) kreditlari;

  • qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;

  • banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.

Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini tashkil qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi.


Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin.
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi. Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi ko‘rinishida to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish uchun shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda rivojlanish uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga.
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazishi natijasida tashkil bo‘ladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida bo‘shab qolgan pul mablag‘lari amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya fondida to‘planib boradi. Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy fondlarini hajmiga, ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va yoshlari o‘yicha tarkibiga, shuningdek maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qo‘llanilayotgan usuliga bog‘liq.
O‘z manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: foyda qismi bo‘yicha: ularni yo‘naltirishbo‘yicha vaqt va mablag‘ sarfining yo‘qligi, qaytarmaslik riskining yo‘qligi, manba sifatida qo‘llanilishi korxonaning investitsion jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi bo‘yicha: korxona ixtiyorida har qanday moliyaviy holatda ham mavjud bo‘lishi, amortizatsiyani turli xildagi usullar bilan hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga to‘lovlarni amalga oshmasligi, barterlar, soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish mumkin; amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz ishlatish ehtimoliga bog‘liqligi.
Investitsiya resurslarini shakllantirishning o‘z manbalarini sanab o‘tilganlaridan qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayonida ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling