Kichik maktab yosh davrida motivatsiya (Slavina L. S, Fayzullayev A. A)
Download 119.5 Kb.
|
Kichik maktab yosh davrida motivatsiya (Slavina L.S, Fayzullayev A.A)
Yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab ''Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirishga intiladi. O‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va hislatlarni rivojlatirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3-4 sinflarda o‘quvchilarda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yo‘llariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi. O‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqtini mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini masalan, masalani echishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, Shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan.(Kotirlo V.K.Razvitie volevogo povedeniya u doshkolnikov. Kiev,1971, S.179-182.). YUqorida ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini, maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlashib, “o‘quvchi mavqei”ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozitsiya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning – o‘quv motivlari va bir qadar murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron bir yo‘llarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik maktab Yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi. 2.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi O‘qish faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. SHu Yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa Yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 Yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa 65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli suratda o‘sadi. Sezgilarning o‘sishida Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi. Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur Yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa Yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni maqonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab Yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. CHunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi. Ta’lim-
3. Kichik maktab yosh davrida motivatsiya Bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishi muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf o’quvchilarining yosh oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan o’zgarishlar sodir bo’lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi bilan unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi unda o’quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish talab etiladi. O’quv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qat’iy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanishi yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nihoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish, o’qishga nisbatan ma’suliyatli munosabat hissi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlari va ularning faoliyatida bir qator o’zgarishlarni kuzatish mumkin: Jumladan, bola idrokining o’tkirligi, sofligi bilan farq qiladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining asosiy xususiyati sifatida esa uning ixtiyoriy zaifligini keltirish mumkin. Shuningdek, aynan shu yoshda diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira jarayoni haqida so’z yuritadigan bo’lsak, bu davrda so’z mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi. Birinchi signal sistemasi faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladilar va xotiralarida mustahkam saqlaydilar. Xayol bilish faoliyatida esa o’quvchining xayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. SHuning bilan bir qatorda bevosita taassurotlar (muzeylarga sayohat, kartinalarni ko’rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi. Axloqiy normalar va xatti-harakatlar qoidalarini o’zlashtirish jarayoniga kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy mulohazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalari va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy mulohazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridanto’g’ri kattalarni, jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalarini kutib o’tirmay, ijobiy axloqiy ishlarning qanchasini o’z tashabbuslari bilan amalga oshiradilar. Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’ladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar xarakteri, xatti-harakatlari o’zining beqarorligi va qaramaqarshiligi bilan farq qilishi mumkin. SHu munosabat bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi psixik holatlarni xato ravishda xislatiga qo’shib yuborish mumkin. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga bo’lgan qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima?» degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil bo’lib qoladi. O’qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o’qishga, bundan ham so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi kitoblarni o’qishga qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan qiziqish tez tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat qilishga bo’lgan xudbinni ham tarbiyalaydi. Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun foydali bo’lgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zo’r e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni sekin-asta ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar-o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdangi bolalar doimiy ravishda o’zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol o’ynashi mumkin. Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling