Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarining taraqqiyoti


Download 28.63 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi28.63 Kb.
#1062718
1   2
Bog'liq
Referat

Xarakter. Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarda namayon boʻlgan xarakterologik xatti-harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb boʻlavermaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilar xarakteri, xatti-harakatlari oʻzining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi oʻtkinchi ruhiy holatlarni xato rivishda xislatiga qoʻshib yuborish mumkin. N.D.Letovitovning tajribalarida aks etishicha 1-sinf oʻqituvchisi oʻz oʻquvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan, qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali ruhshunos tomonidan oʻtkazilgan kuzatishdan bu xususiyat ma’lum sharoitdagina maydonga keladigan vaqtinchalik, ya’ni oʻtkinchi ruhiy holat ekanligi ma’lum boʻldi. Oʻquvchi qizdagi xatti-harakatni koʻrganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli boʻlganda namayon boʻlgan muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan chiqarib qoʻygan.
Qiziqishlar. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga boʻlgan qiziqish, atrofolamdagi olamni bilishga boʻlgan qiziqish koʻproq bilimga boʻlgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Ruhshunoslarning ta’kidlalariga qaraganda, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar boʻladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar oʻrtasidagi aloqa va oʻzaro bog’liqliklarni bilib olish uchun boʻlgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf oʻquvchilarini «bu nima?» degan savol qiziqtirsa, birmuncha kattaroq yoshdagi oʻquvchilar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil boʻlib qoladi. Oʻqish malakasining rivojlanishi bilan kitob oʻqishga, qiziqarli boʻlgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni oʻqishga, bundan ham soʻngroq qiyin boʻlmagan ilmiy fantastik va sargoʻzashtlar haqidagi kitoblarni oʻqishga qiziqish paydo boʻladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, oy stantsiyalariga, lunaxodlarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga boʻlgan qiziqish tez tarkib topadi. Qishloq maktablarining 3- 4- sinf oʻquvchilari qishloq xoʻjaligiga nisbatan sezilarli darajada oʻz qiziqishlarini namayon qila boshlaydilar. Shuning uchun oʻqituvchi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarga nisbatan munosabatlarida qiziqishlar rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutish zarurdir. Eslatilganidek, xususan, oʻqituvchining tegishli bahosi bilan aniqlanadigan bolaning oʻqishidagi oʻz muvaffaqiyatlarini, qoʻlga kiritgan yutuqlarini ichdan his qilish katta xususiyatga egadir.
Badiiy-estetik rivojlanish. Kichik maktab yoshidagi davrda oʻquvchilar badiiy-estetik rivojlanishda katta imkoniyatlariga ega boʻladilar. Oʻquvchilar, odatda, rasm chizishga, loy yoki plastilindan narsa yasash ishlariga, ashula aytish va musiqaga juda qiziqadilar. Bunday faoliyatni toʻg’ri tadqiq qilish bir tomondan oʻquvchilarda estetik hislarning rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchi tomondan, tegishli qobiliyat komponentlarining rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta`kidlab oʻtish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi.
Oʻquvchilar oʻz-oʻziga xizmat qilish va oʻzlari uchun foydali boʻlgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga zoʻr ehtibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni sekin-asta koʻpchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun boʻlgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. Oʻquv faoliyati kichik maktab yoshidagi oʻquvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Ayshtish joizki, yetakchi boʻlgan oʻquv faoliyatidan tashkari boshqa faoliyatlar ham oʻquvchi shaxsiy rivojiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuningdek bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog`liq boʻlgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi.
Oʻquv faoliyati kichik yoshdagi oʻquvchilarda oʻqishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek tengdoshlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu oʻrin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi oʻqish uchun harakat qilishi mumkin. Ushbu yoshdangi oʻquvchilar doimiy ravishda oʻzlari erishgan muvaffaqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi boʻlish nihoyatda muhim.
Kichik maktab davrida oʻquvchilardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiyki ruhshunosikda ehtiyoj hisblanib, bu motiv ularga kuchli hissiy ta`sirni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog`cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek oʻsmirlik davrida ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Kichik yoshdagi oʻquvchilar kattalarning u haqidaga fikr va baholariga qarab oʻzlariga oʻzlari baho beradilar. Oʻquvchining oʻziga oʻzi beradigan bahosi, asosan, toʻg`ridan toʻg`ri oʻqituvchining beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga bog`liq.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda oʻz-oʻziga beradigan baholari turlicha: yuqori, adekvat, past boʻlishi mumkin. Ushbu yoshdagi oʻquvchilarda mavjud boʻlgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topish bilan bir qatorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda mehnatsevarlik, asosan, oʻqish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi.
Mehnatsevarlik bolada oʻz qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog`liq. Agar bolada haddan ziyod ishonuvchanlik, itoatkorlik xususiyati boʻlsa, unda asta-sekinlik bilan boʻysinuvchanlik, mustaqil boʻla olmaslik xususiyati mustahkamlana boradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni koʻproq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shunday bir ijtimoiy ruhiy muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron- bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola oʻzini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil boʻlishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. Albatta, 7-11 yoshli davrda oʻquvchilar oʻzlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani oʻzoʻzini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda oʻquvchilar oʻzlarining ismlariga yanada koʻproq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani oʻzining tashqi koʻrinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham oʻz-oʻzini anglashida ahamiyati juda katta.
Kichik maktab davrining oxiriga borib oʻquvchilar, ayniqsa, qizlar oʻzlarining yuz-tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshdagi oʻquvchining oʻquv faoliyati jarayonida oʻzidagi xulq-atvorni va faoliyatni oʻzi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, oʻz faoliyatini oʻzi uyushtrishiga hamda bilim olish jarayoniga boʻlgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi.
Oʻquvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham oʻzgaradi. Bunda oʻrtoqlar va jamoaning fikrlari asosiy motivlar boʻlib qoladi. Axloqiy his-tuyg`ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi. 5-6 yoshli davrida oʻquvchilarning koʻzga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi hamda oʻsmirlik davrining boshlariga kelib juda koʻp shaxsiy fazilatlar shakllanib boʻladi. Oʻquvchilarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham koʻrinadi. Bu davrda oʻquvchilarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, koʻnikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib koʻpchilib boalarda umumiy va maxsus layoqatlar koʻzga tashlanadi.
Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli boʻlgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa oʻz-oʻzidan boshqa layoqatlarning jadal rivojlanishiga olib keladi. Ushbu yoshdagi oʻquvchilarda idrok, xotira, tafakkur va nutq toʻliq shakllanib boʻlgani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qoʻllaniladigan uslublardan foydalanish mumkin.
Kichik yoshdagi oʻquvchilar ruhiy rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa oʻqituvchi bilan boʻladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning oʻrtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Ushbu yoshdagi oʻquvchilar soatlab yolg’iz holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana shuning uchun muhimdirki,
Kichik yoshdagi oʻquvchilarining mehnat faoliyatida shaxsiy motivlar aniq namayon boʻladi. Kichik yoshdagi oʻquvchisi oʻzi uchun zarur boʻlgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi. Tajribalardan ayon bo`ladki, kun tartibi bilan bog’liq qiyinchiliklar ham mavjud. Oʻquvchi dars va uy vazifalarini bajarishi bilan bog’liq yangi kun tartibiga oʻrganishi lozim. Buning uchun kattalar bolaga qoʻyiladigan yangi talablarni tushuntirishlari va ularning bajarilishini nazorat qilishlari lozim. Muloqot bilan bog’liq qiyinchiliklar boʻlib, ular oʻqituvchi bilan, sinfdoshlari bilan yangicha munosabatlar oʻrnatilishi zaruriyati bilan bog’liqdir. Ta’limning butun mazmuni boladan ixtiyoriy jarayonlarni: ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy idrok, xotirani rivojlangan boʻlishini taqozo qiladi.
Oʻquvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustaqil bajarishi lozim. Bu xususiyat hamma oʻquvchilarda ham birdek rivojlanmagan. Bola oʻz burchini anglagan bulishi, yaxshi oʻqish va yaxshi intizomga ega boʻlishi, intizom qoidalariga rioya qilishi, uyga berilgan vazifalarni bajarishi uning burchi ekanligi his qilishi kerak. Xotira e’tiborni oʻqituvchi aytganlariga qaratish, uni idrok qilib Xotirada qoldilish va kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega boʻlmogi talab qilinadi. Bunday talablarga javob qaytarish soʻzsiz oʻquvchiga qiyindir. Bunday qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yenga bilish asta-sekin va muntazam oʻqish jarayonida materialni osondan-qiyinga, oddiydan murakkabga tushuntirish, oʻquvchilarni oʻqish faoliyatiga qiziqtirish, darslarni qiziqarli, hissiy va obrazli bayon qilish orqali bartaraf qilinadi. Bu qiyinchiliklarni oʻquvchilar oʻquv yilining oʻrtalarida his qila boshlaydilar.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarida odatda maktabning tashqi atributlariga qiziqish mavjud boʻlib, oʻquv materialining mazmuniga qiziqish esa zaif shakllangan. Shu sababli, oʻquvchida oʻqishga qiziqish yoʻqolishi, maktabga borishdan bosh tortishi mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilarga faol intellektual harakatlarni talab qiladigan masalalar berish, oddiy yodlashni talab qiladigan masalalarni iloji boricha kamaytirish kerak. Oʻquv situatsiyalarida oʻquvchilar aniq amaliy masalalari yechish yoki tushunchalarni oʻzlashtirishning umumiy usullarini oʻzlashtirishlari kerak. Oʻquvchi ularni shunday muammoli vaziyat sharoitga qoʻyish kerakki, unda oʻquvchilar bu usullarni topa olishlari zarur.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o`qish hisoblanadi. O`quv faoliyati boladan nutq, tafakkur, qobiliyat rivojlnishi uchun yangi sharoit yaratadi. Maktabga kelgash bola o`z atrofidaglar bilan psixologik jahatdan yangi munosabat tizimiga o`tadi. U o`zining hayotini tubdan o`zgartirishni, unga yangi mjburiyatlar, o`quv faoliyati talablariga bo`y so`nish, har kun maktabga borishni his eta boshlaydi. Oila a`zolarining bola o`quv faoliyati yutiqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangicha shakldagi munosabat uning ijtimoiy mavqei o`zgarganligini to`la his etishga o`ziga nisbatan munosabatning o`zgarishiga asos bo`ladi. Ta`lim jarayonidagi barcha imkoniyatlar orqali ularning bilimlar egallsh ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobilayati rivojlanadi, tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatni ishga solish vujudga keladi. Ular har bir narsaga berilib, sinchkovlik bilan ular o`rtasidagi farqni ajratish, umumlashtirish, xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bola maktabga qadam qo`yishi bilanoq unga bo`lgan munosabat va talablar orqali o`ziga xos bo`lgan aqliy rivojlanish xususiyatlari uchun imkoniyatlar va shart – sharoitlar yaratish oila, maktab ta`lim tizimiga ulkan ma`suliyat hissini yuklaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilar ishonuvchan, tashqi taassurotlarga beriluvchan bo’ladilar. Buyuk alomallarimiz ta`kidlaganidek, kishining fe’l atvori hammadan ko’ra ko’proq hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo’lgan sifatlar mustahkam o’rnashib kishining ikkinchi tabiatiga aylanadi. Insonning ikkichi tabiatida tabiiy hissiyotlarni fazilatlarni tarkib toptirish yukask axloq normalarini shakllantirish uchun butun ma’suliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. Bolaning mazkur davrida o’qituvchining har bir gapi har bir hatti harakati ta’sir ko’rsatish uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki o’quvchilar o’qituvchilarga qattiq ishonadilar. Uning fikr mulohazalariga quloq soladilar. Pedagogik nazokatida jiddiy tasvirlanadilar. Talablarga hamisha amal qiladilar. U bergan topshriqlarni bekamu kust bajarishga intiladilar. To’g’ri mulohaza yurtishga o’rganish noma’qul qiliqlardan tiyish va musiqa tinglashga odatlantirish ularga nimalar bilan shug’ulanish kerakligini, burch hissini tushuntirish ular bilan o’qilgan kitoblarni, ko’rilgan tomoshalarni muhokama qilish imkoniyati tug’iladi.
Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning axloqiy sifatlarni rivojlantirishdagi koz’langan maqsadga erishish uchun ularning yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish shart.
Ma’lumki, oquvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bo’lib, bir o’quvchiga muvaffaqiyat bilan qo’llangan tarbiyaviy ta’sir vositasi boshqa birga qo’llanilganda kutilgan natijani bermasligi mumkin. Tarbiyaviy tadbirlar o’quvchilarga yakkamayakka yondoshib amalga oshirilsa yaxshiroq samaraga erishilishi shubhasizdir.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish o’qituvchi o’quvchilarning xususiyatlarini qanchalik o’rganganligiga bog’liqdir. Ta’lim jarayonida har bir o’quvchining psixik dunyosiga oqilona yo’l topa olish muvaffaqiyatlarning garovidir.
Ta'lim - tarbiya jarayonida bolalarni hayoti va faoliyatini shunday uyushtirish lozimki, bunda bola shaxsining kichik yoshida o`quvchilarda tarkib topgan xususiyatlar toboro boyib va mustahkamlanib boradi. Maktab ta'limining dastlabki yilaridagi bilishga bo`lgan qiziqishlar, tеvarak atrofdagi olamni bilishga bo`lgan qiziqish ko`proq intellеktual qiziquvchanlikni sеzilarli ravishda rivojlantiradi.
Psixologlarning ta'kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olinadigan hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo`ladi. O`qish faoliyatida kichik yoshdagi o`quvchilarning aqliy jarayonlari bilish uchun bo`lgan qiziqishlar bilan faollashib qiziqisho`quvchilarning aqliy faoliyati asosida paydo bo`ladi va uning shaxsiy individual sifatida o`quvchilarning ana shu aqliy faoliyatini yanada rivojlantiradi. O`quvchilarning qiziqishlari mazmuni, barqarorligi jihatdan hilma –xildir. Kеng mazmunli va barqaror qiziqishlar o`quvchilarning yoshligidan paydo bo`la boshlaydi.
Ma'lumki I-II sinf o`quvchilarida xali qiziqishlar yaqqol namoyon bo`lmaydi, o`quvchilar o`qish jarayonida hamma narsalarga qiziqish bilan munosabatda bo`ladilar. O`zlari o`zlashtirgan faoliyat ularni qanoatlantiradi. Kеyinchalik esa, sabablarni , qonuniyatlarni, hodisalar o`rtasidagi aloqa va bog`liqliklarni bilib olish uchun bo`lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar I-II sinf o`quvchilarini “Bu nima?” – dеgan savol ko`proq qiziqtirsa, bir muncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun “Nima sababdan?”, “Qanday qilib?” dеgan savollar muhim bo`lib qoladi. O`qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o`qishga qiziqish yuzaga kеladi. Dastavval kitob o`qishga, undan so`ng esa mazmuni o`tkir va qiziqarli bo`lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o`qishga, keyinchalik qiyin bo`lmagan ilmiy sarguzashtlar haqida kitoblarni o`qishga qiziqish paydo bo`ladi.
I-II sinf o`quvchilarini o`zlashtirayotgan matеrialni mazmuni, o`qish ishlarining ayrim usullari o`ziga jalb eta boshlaydi. III va IV sinf o`quvchilarining mustaqilligi o`sib boradi. Bu yoshdagi o`quvchilar aqliy faoliyat usullari, o`z xotirasi, nutqi, diqqati hamda irodasini o`stirish bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlarga qiziqa boshlaydi. IV sinfda o`quvchilar o`zlarining har xil fanga bo`lgan qiziqishlarini aniq bеlgilaydilar. Fanlardan ba'zilariga ko`proq e'tibor bеrib uni yoqtirsalar, ba'zilarini yoqtirmaydilar. O`quvchilar qaysi ishdan ko`proq qanoat hosil qilsalar, shu ishlar ularda qiziqish paydo qiladi. Bola ma'lum ishni bajarayotganda o`ziga bo`lgan ishonchni yo`qotmasligi, o`ziga topshirilgan ishni bajara olishni bilish, buning uchun esa faqat g`ayrat – shijoat ko`rsatish kеrakligini anglashi kеrak. O`quvchilarda ta'lim va tarbiya olish, dam olish tartibining to`q`ri uyushtirilishi ham o`quvchilarda qiziqishlarning barqaror bo`lishida muhim ahamiyatga ega.
O`quvchilarning qiziqishlari kattalarni diqqat e'tiborida bo`lishi lozim. Bolalarni ijobiy qiziqishlari kattalar tomonidan rag`batlantirishi, quvvatlantirilishi kеrak. Ularni qiziqishlarini payqash, uning uchun eng sеvimli, doimo o`ziga jalb etadigan faoliyatni e'tiborga olmaydigan o`qituvchi va ota-onalar yomon pеdagog va yomon tarbiyachidir.
O`quvchi uchun o`qituvchi hayotining eng yaxshi idеalidir. Doimo oldinga qarab intiluvchi, mazmunli kеng qiziqishlar bilan yashovchi o`qituvchi o`quvchilarga yuksak ma'naviy qiziqishlarni, aqliy rivojlanishni paydo bo`lishiga yordam bеradi.
Shu bilan bir qatorda tеxnikaga, hozirgi zamon tеxnikalari, eng yangi tipdagi avtomobil, samolyot, kopmyutеrga bo`lgan qiziqishlar tеz tarkib topadi. Qishloq maktablarining III va IV sinf o`quvchilari qishloq xo`jaligiga nisbatan sеzilarli darajada o`z qiziqishlarini namoyon qila boshlaydi. Bolalar parandalarni, uy hayvonlarini bajonidil boqadilar va ular haqida ma'lumotlar to`play boshlaydilar.
Bu esa bolalarni bilish darajasini rivojlanishiga ta'sir etib boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qishga bo`lgan qiziqishni rivojlanishi to`g`ridan – to`g`ri ta'limning tashkil qilinishiga bog`liq. Shuning uchun o`qituvchi boshlang`ich sinf o`quvchilarida qiziqishlar rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutishlari kеrak.
O`quvchilarda qiziqishlar, aqliy taraqqiyot rivojlanishi oddiydan murakkabga, ma'lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, tasvirlashdan tushuntirishga, faktlardan umumlashtirishga qarab boradi. O`quvchilarni ta'limni o`zlashtirishga quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
O`quvchilar qanchalik yosh bo`lsalar, ta'lim shunchalik ko`rgazmali bo`lishi hamda faol harakt qilish katta rol o`ynaydi.
Barcha o`quvchilar bir xil bilimga ega emas, ular turli tayyorgarlik darajasiga ega va bundan boshqacha bo`lishi ham mumkin emas. Shu sababli bеrilgan matеrialni bilmaslik past o`zlashtirishning asl sababini ko`rsatmasligi mumkin.
Bilamizki, ko`pchilik pеdagoglar o`quvchilarning aqliy rivojlanishini baholashda qiynaladilar va buning oqibatida ularning ish faoliyatida ta'lim jarayonida hisobga olinishi lozim bo`lgan muhim omil go`yoki chеtda qolib kеtadi. Shuni ta'kidlab o`tish kеrakki, o`quvchilarning aqliy rivojlanish darajasi ulardagi nazariy yoki amaliy bilim olishga bo`lgan qobiliyat yoki bilimning mavjudligi bilangina aniqlanmaydi. O`quvchining aqliy rivojlanish darajasi tafakkur jarayonlarining rivojlanganligi, o`quv matеrialining muhim va asosiylarni ajrata olishi, olgan bilim yoki hosil qilingan, o`zlashtirilgan ko`nikmani boshqa faoliyatga ko`chira olishi, turli nazariy bilimlarni amalda qo`llay olishi, mustaqil fikrlashi, xulosa chiqara olishi kabi bir qancha bеlgilar bilan aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda uchinchi sinf o’quvchilarning odob tog’risdidagi fikr, va mulohazalari mazmuni va shakli va tuzilishi bilan fikr mulohazalaridan farqlanadi. Buning sababi ularning turmush tajribasi ko’lami kengroqligi yosh davri xususiyatiga bog’liq farq bilan narsaga turlicha qarsh har xil yondashish muammo mohiyatini ochib berish uslubi bo’yicha ham farqlar mavjuddir.
I-III sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalarni tarkib topishi uchun avvalo har bir tushunchaning muhim alomatini ajratishning umumlashtiruvchi ikkinchi darajali belgilarni topishi o’zgartirish zarurligini ko’rsatadi.
Bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishi muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf o’quvchilarining yosh oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan o’zgarishlar sodir bo’lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi bilan unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi unda o’quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish talab etiladi. O’quv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qat’iy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanishi yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nihoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish, o’qishga nisbatan ma’suliyatli munosabat hissi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlari va ularning faoliyatida bir qator o’zgarishlarni kuzatish mumkin: Jumladan, bola idrokining o’tkirligi, sofligi bilan farq qiladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining asosiy xususiyati sifatida esa uning ixtiyoriy zaifligini keltirish mumkin. Shuningdek, aynan shu yoshda diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira jarayoni haqida so’z yuritadigan bo’lsak, bu davrda so’z mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi. Birinchi signal sistemasi faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladilar va xotiralarida mustahkam saqlaydilar. Xayol bilish faoliyatida esa o’quvchining xayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. Shuning bilan bir qatorda bevosita taassurotlar (muzeylarga sayohat, kartinalarni ko’rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi.
Axloqiy normalar va xatti-harakatlar qoidalarini o’zlashtirish jarayoniga kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. Shaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4- sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy mulohazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalari va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy mulohazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridanto’g’ri kattalarni, jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalarini kutib o’tirmay, ijobiy axloqiy ishlarning qanchasini o’z tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.
Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’ladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar xarakteri, xatti-harakatlari o’zining beqarorligi va qaramaqarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi psixik holatlarni xato ravishda xislatiga qo’shib yuborish mumkin.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga bo’lgan qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima?» degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil bo’lib qoladi. O’qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o’qishga, bundan ham so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi kitoblarni o’qishga qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan qiziqish tez tarkib topadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat qilishga bo’lgan xudbinni ham tarbiyalaydi. Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun foydali bo’lgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zo’r e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni sekin-asta ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar-o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi.
O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdangi bolalar doimiy ravishda o’zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol o’ynashi mumkin.
Download 28.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling