Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish
Download 18.12 Kb.
|
Kichik maktab-WPS Office
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish. Xomidova Umidaxon Pedagogika psixologiya fakulteti, 1- kurs , Fargʻona davlat universiteti, Farg'ona, Oʻzbekiston Annotatsiya : Ushbu maqolada kichik yoshdagi oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish metoʻdikasi, oʻquvchilarning xatosiz yozish malakasini hosil qilishda ishtirok etuvchi psixofiziologik funksiyalari, xatosiz yozishga oʻrgatishda oʻqituvchidan talab etiladigan malakalar haqida maʼlumotlar berilgan. SHu bilan bir qatorda, xatosiz yozishga oʻrgatishning metodik shartlari ham yorqin tushuntirib berilgan. Kalit soʻzlar: xatosiz yozish , imlo qoida, yozuv malakalar, metodik shartlar , yozuv texnikasi, psixofiziologik funksiyalar. Yozuv, barchaga maʼlum boʻlganidek, kishilarning oʻzaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi ekanligi barchaga maʼlumdir.Yozma nutq uzoq saqlanadi,shu sababli avlodlarni bir-biriga bogʻlaydi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qoʻlga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi va adabiy yashaydi. Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish metodikasi ularda aniq, chiroyli va tez yozish imkonini yaratib berishi kerak. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun esa dastur mazmunini, uning talablarininh oʻqitish usullarini, yozuvga oʻrgatishning gigeyenik shartlarini, oʻquvchilarning yozuvidagi individual xatolarini tahlil qilish, sabablarini aniqlash va korreksiyalash usullarini ishlab chiqish zarur.Demak, xatosiz yozish oʻquvchilarning hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga egadir.Yuqridagi talablarga koʻra xatosiz yozishga oʻrgatish boshlangʻich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf oʻquvchilarini chiroyli yozishga oʻrgatish uchun, albatta, oʻquvchining oʻzi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga oʻqivchilarni xatosiz yozishga ham oʻrgata olishi kerak. 1993-yil 2-sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Oʻzbek maktablarida foydalaniladigan barcha darslik va qoʻllanmalar lotin alifbosida chop etila boshlandi. SHuning uchun hozirgi kun talablariga binoan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun husnixatga doir metodik qoʻllanmalar juda zarur edi. Pedagogika fanlari doktori Mirhabib Gʻulomov ishlab chiqqan metodik qoʻllanmalar oʻquvchilarning xatosiz yozish malakalarini shakllantirishda yaqindan yordam beradi. Oʻquvchilarning xatosiz yozish malakalarini hosil qilishda sezgi, diqqat, idrok etish va xotira singari psixofiziologik funksiyalari faol ishtirok etadi. Psixologiyadan maʼlum boʻlganidek psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida oʻrinda turadi. Diqqat jismoniy harakat talab qiladigan, ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biri hisoblanadi. Blimni oʻzlashtirish uchun oʻquv materialini anglash, tushunish talab qilinadi. Yozish jarayanida, shular bilan birgalikda, koʻrish va eshitish sezgi aʼzolari ham idrok qilinadi. Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari, masalan, ruchka, qalam, boʻr singari materiallar orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishiga qarab qoʻl harakatlari shunga moslashtiriladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xatosiz yozishga oʻrgatishdan oldin quydagi malkalarni ularga oʻrgatishimiz zarur. 1. Yozuv texnikasidan foydalanish. 2. Harflarning shaklini toʻgʻri ifodalashni, grafik malakalarini egallash. 3. Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan birga uning qanday tovush bildirishini oʻrganish, yaʼni imloga oid malakalarini egallash zarur. Xatosiz yozishga oʻrgatishning metodik shartlari bor boʻlib, ularga quydagilar kiradi. 1. Oʻqituvchi bolalarning daftarini masulyatsizlik bilan tekshirishi, oqibatda bolaning ehtiyotsizlik bilan yozishiga olib keladi. 2. Aniq va toʻgʻri, xatosiz yozishiga nafaqat sinf ishida, shu bilan birga barcha sinf ishlarining turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida, oʻquvchilarning yozma arizasi, ular tomonidan tayyorlanadigan koʻrgazmalar, yaʼni devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va boshqa ishlarda ham amal qilishi kerak. Orfagrafik - toʻgʻri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida oʻqituvchi oʻquvchining pala - partish yozuvini, shu bilan bir qatorda, bir parcha qogʻozga yozilga yozuvini ham nazorat qilib borishi kerak . Har bir oʻquvchining daftari tartibli boʻlishini nazorarga olishi lozim. 3. Harflarning yozilishi sodda va toʻgʻri boʻlishi kerak . Pedagogik amaliyotda, boshlangʻich 1 -2- sinflarda oʻrganiladigan shiriflarning namunasi ishlab chiqilgan boʻlib, bular 3 - 4 - sinflar amaliyotida qoʻllanadigan tez yozuv malakasining boshlangʻich sinflardagi yozuvidan anchagina farq qiladi. Xarakterli jihatlaridan biri shundaki, tez yoziladigan yozuvda ayrim soʻzlar qogʻozdan qoʻl uzmagan holatda yoziladi. 4. Yozuvga oʻrgatish izchillik va ketma - ketlik xarakteriga ega boʻlishi kerak. Oʻrgatish jarayonida oʻqituvchining dastur materialini, oʻquvchini soddaroq shakliy koʻrinishiga ega boʻlgan harflardan, murakkabroq koʻrinishiga ega harflarga oʻtkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga oʻtkazishga eʼtibor berilishi kerak boʻladi. SHuni yodda tutish kerakki, bolani sekin yozuvda harfni toʻgʻri yozishni oʻrganib olmaguncha tez yozuvga oʻtkazish mumkin emas. SHuning uchun ham dasturda tez yozishga oʻtkazishni maktabning kattaroq yoshdagi bolalariga oʻrgatish koʻzda tutilgan. 5. Ayrim oʻquvchilarning yozuvi individual farqlanishi mumkin. Bu farq oʻta qiya yozilishida va boshqalardakuzatiladi. Dastlabki yozuvga oʻrgatish paytida yozuvning yorqin individual ajralib turadigan tomoni boʻlmaydi, bu holni faqatgina yuqori sinflarda oddiy va tez yozadigan paytda kuzatishimiz mumkin. Yozuvdagi individual oʻziga xoslikni ajratish masalasi 4 - sinflarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar jarayonida aniq boʻla boshlaydi, chunki bu davrda oʻquvchilar toʻgʻri yozish qoidalari bilan tanishadigan dars soatlari tugagan va ular mustaqil rvishda bir chiziqli daftarga yozishga oʻtgan paytlari boʻladi. Oʻquvchida aniq individual yozuv hosil boʻlishi uchun oʻqituvchi oʻquvchining butun diqqatini harfning chiroyli yozishiga, oʻqiganda boshqa harf bilan qoʻshilib ketmasligiga, har biri bir - biridan oʻziga koʻrsatilgan oʻlchashga xos yozilganligi va ajralib turishiga ahamiyat berishi lozim. 6. Oʻqituvchi oʻquvchilarda husnixat bilan toʻgʻri yoza bilish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun toʻgʻri ish olib boribgina qolmay, bu yoʻlda sistematik tarzda ish olib borilishi talab etiladi. SHuning uchun ham oʻquvchilar xatosiz yozuvning har kungi koʻnikmasi bilan cheklanib qolmasdan, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning sifatini "koʻrish" ishlarini olib borishlari zarurdir. Oʻqituvchi toʻgʻri, xatosiz yozish uchun doskaga 3,5 qator yozadi, bolalar esa bu materialni daftarlariga koʻchirib oladilar, bunga 15 daqiqadan ortiq vaqt ketishi ham kerak emas. Ish tugaganidan soʻng bolalar oʻz ishlarini almashadilar va oʻqituvchi bilan birgalikda ish sifatini analiz qiladilar. Eng yaxshi ishlar oʻquvchilar burchagiga ilib qoʻyiladi. Boshlangʻich sinflarda bolalarga xatosiz yozish malakasini oʻrgatish har bir oʻqituvchidan chidam va mahorat talab etadigan muhim jarayon hisoblanadi. Oʻzbek tilini imlo qoidalarini oʻrganamiz. Bu qoidalar juda ham koʻp emas. Quydagilarni bilgan kishi yozuvda ancha xatosiz yozishi mumkun. - tinish belgilarini oʻz oʻrnida qoʻllash ; - bosh harflar imlosi ; - qoʻshib yozish, ajratib yozish ; - chiziqcha bilan yozish ; - asos va qoʻshimchalar imlosi ; - "H" va "X" ishtirok etgan soʻzlarni eslab qolish. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori: " Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida", "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi" (Vazirlar Mahkamasining 1995, 24- avgustdagi 339 - sonli qarori. ) 2. Boshlangʻich taʼlim konsepsiyasi, Boshlangʻich taʼlim, 2014 3. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldashova SH., Sariev SH., Ona tili oʻqitish metodikasi. Toshkent: Noshir , 2009.- 352 b. 4. M. Gʻulomov, K. Tursunova, D. Poʻlatova " CHiroyli yozuv malakalarini shakllantirish" Uslubiy qoʻllanma Toshkent " Turon Iqbol 2013. 5. Munavvarxon Yoʻldasheva. " Oʻquvchi yozuvi nega xunuklashadi?" Maʼrifat gazetasi 2018 Download 18.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling