Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish


Download 18.12 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi18.12 Kb.
#1801789
Bog'liq
Kichik maktab-WPS Office


Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni xatosiz
yozishga oʻrgatish.
Xomidova Umidaxon
Pedagogika psixologiya fakulteti, 1- kurs , Fargʻona davlat universiteti,
Farg'ona, Oʻzbekiston
Annotatsiya : Ushbu maqolada kichik yoshdagi oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish
metoʻdikasi, oʻquvchilarning xatosiz yozish malakasini hosil qilishda ishtirok etuvchi
psixofiziologik funksiyalari, xatosiz yozishga oʻrgatishda oʻqituvchidan talab
etiladigan malakalar haqida maʼlumotlar berilgan. SHu bilan bir qatorda, xatosiz
yozishga oʻrgatishning metodik shartlari ham yorqin tushuntirib berilgan.
Kalit soʻzlar: xatosiz yozish , imlo qoida, yozuv malakalar, metodik shartlar , yozuv
texnikasi, psixofiziologik funksiyalar.
Yozuv, barchaga maʼlum boʻlganidek, kishilarning oʻzaro fikr almashishi va bilimlarni
egallashning qudratli vositasi ekanligi barchaga maʼlumdir.Yozma nutq uzoq saqlanadi,shu
sababli avlodlarni bir-biriga bogʻlaydi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qoʻlga kiritgan
bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi va adabiy yashaydi. Boshlangʻich sinflarda
oʻquvchilarni xatosiz yozishga oʻrgatish metodikasi ularda aniq, chiroyli va tez yozish
imkonini yaratib berishi kerak. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun esa dastur
mazmunini, uning talablarininh oʻqitish usullarini, yozuvga oʻrgatishning gigeyenik
shartlarini, oʻquvchilarning yozuvidagi individual xatolarini tahlil qilish, sabablarini aniqlash
va korreksiyalash usullarini ishlab chiqish zarur.Demak, xatosiz yozish oʻquvchilarning
hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga egadir.Yuqridagi talablarga koʻra xatosiz
yozishga oʻrgatish boshlangʻich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf oʻquvchilarini chiroyli
yozishga oʻrgatish uchun, albatta, oʻquvchining oʻzi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga
oʻqivchilarni xatosiz yozishga ham oʻrgata olishi kerak. 1993-yil 2-sentabrda "Lotin yozuviga
asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Oʻzbek
maktablarida foydalaniladigan barcha darslik va qoʻllanmalar lotin alifbosida chop etila
boshlandi. SHuning uchun hozirgi kun talablariga binoan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari
uchun husnixatga doir metodik qoʻllanmalar juda zarur edi. Pedagogika fanlari doktori
Mirhabib Gʻulomov ishlab chiqqan metodik qoʻllanmalar oʻquvchilarning xatosiz yozish
malakalarini shakllantirishda yaqindan yordam beradi. Oʻquvchilarning xatosiz yozish
malakalarini hosil qilishda sezgi, diqqat, idrok etish va xotira singari psixofiziologik
funksiyalari faol ishtirok etadi. Psixologiyadan maʼlum boʻlganidek psixik jarayonlar va inson
psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida oʻrinda turadi. Diqqat jismoniy
harakat talab qiladigan, ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biri
hisoblanadi. Blimni oʻzlashtirish uchun oʻquv materialini anglash, tushunish talab qilinadi.
Yozish jarayanida, shular bilan birgalikda, koʻrish va eshitish sezgi aʼzolari ham idrok qilinadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari, masalan, ruchka, qalam, boʻr singari materiallar orqali
amalga oshiriladi va
qaysi yozuv qurolidan foydalanishiga qarab qoʻl harakatlari shunga moslashtiriladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xatosiz yozishga oʻrgatishdan oldin quydagi malkalarni ularga
oʻrgatishimiz zarur.
1. Yozuv texnikasidan foydalanish.
2. Harflarning shaklini toʻgʻri ifodalashni, grafik malakalarini egallash.
3. Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan birga uning qanday tovush bildirishini oʻrganish, yaʼni
imloga oid malakalarini egallash zarur.
Xatosiz yozishga oʻrgatishning metodik shartlari bor boʻlib, ularga quydagilar kiradi.
1. Oʻqituvchi bolalarning daftarini masulyatsizlik bilan tekshirishi, oqibatda bolaning
ehtiyotsizlik bilan yozishiga olib keladi.
2. Aniq va toʻgʻri, xatosiz yozishiga nafaqat sinf ishida, shu bilan birga barcha sinf ishlarining
turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida, oʻquvchilarning yozma arizasi, ular tomonidan
tayyorlanadigan koʻrgazmalar, yaʼni devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va boshqa ishlarda ham
amal qilishi kerak. Orfagrafik - toʻgʻri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida
oʻqituvchi oʻquvchining pala - partish yozuvini, shu bilan bir qatorda, bir parcha qogʻozga yozilga
yozuvini ham nazorat qilib borishi kerak . Har bir oʻquvchining daftari tartibli boʻlishini nazorarga olishi lozim.
3. Harflarning yozilishi sodda va toʻgʻri boʻlishi kerak . Pedagogik amaliyotda, boshlangʻich
1 -2- sinflarda oʻrganiladigan shiriflarning namunasi ishlab chiqilgan boʻlib, bular 3 - 4 - sinflar
amaliyotida qoʻllanadigan tez yozuv malakasining boshlangʻich sinflardagi yozuvidan anchagina
farq qiladi. Xarakterli jihatlaridan biri shundaki, tez yoziladigan yozuvda ayrim soʻzlar qogʻozdan
qoʻl uzmagan holatda yoziladi.
4. Yozuvga oʻrgatish izchillik va ketma - ketlik xarakteriga ega boʻlishi kerak. Oʻrgatish
jarayonida oʻqituvchining dastur materialini, oʻquvchini soddaroq shakliy koʻrinishiga ega
boʻlgan harflardan, murakkabroq koʻrinishiga ega harflarga oʻtkazishga va yirik hamda sekin
yozuvdan, mayda va tez yozuvga oʻtkazishga eʼtibor berilishi kerak boʻladi. SHuni yodda tutish
kerakki, bolani sekin yozuvda harfni toʻgʻri yozishni oʻrganib olmaguncha tez yozuvga oʻtkazish
mumkin emas. SHuning uchun ham dasturda tez yozishga oʻtkazishni maktabning kattaroq
yoshdagi bolalariga oʻrgatish koʻzda tutilgan.
5. Ayrim oʻquvchilarning yozuvi individual farqlanishi mumkin. Bu farq oʻta qiya
yozilishida va boshqalardakuzatiladi. Dastlabki yozuvga oʻrgatish paytida yozuvning yorqin
individual ajralib turadigan tomoni boʻlmaydi, bu holni faqatgina yuqori sinflarda oddiy va
tez yozadigan paytda kuzatishimiz mumkin. Yozuvdagi individual oʻziga xoslikni ajratish
masalasi 4 - sinflarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar jarayonida aniq boʻla boshlaydi, chunki
bu davrda oʻquvchilar toʻgʻri yozish qoidalari bilan tanishadigan dars soatlari tugagan va
ular mustaqil rvishda bir chiziqli daftarga yozishga oʻtgan paytlari boʻladi. Oʻquvchida aniq
individual yozuv hosil boʻlishi uchun oʻqituvchi oʻquvchining butun diqqatini harfning
chiroyli yozishiga, oʻqiganda boshqa harf bilan qoʻshilib ketmasligiga, har biri bir - biridan
oʻziga koʻrsatilgan oʻlchashga xos yozilganligi va ajralib turishiga ahamiyat berishi lozim.
6. Oʻqituvchi oʻquvchilarda husnixat bilan toʻgʻri yoza bilish koʻnikmalarini rivojlantirish
uchun toʻgʻri ish olib boribgina qolmay, bu yoʻlda sistematik tarzda ish olib borilishi talab
etiladi. SHuning uchun ham oʻquvchilar xatosiz yozuvning har kungi koʻnikmasi bilan
cheklanib qolmasdan, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning sifatini
"koʻrish" ishlarini olib borishlari zarurdir.
Oʻqituvchi toʻgʻri, xatosiz yozish uchun doskaga 3,5 qator yozadi, bolalar esa bu
materialni daftarlariga koʻchirib oladilar, bunga 15 daqiqadan ortiq vaqt ketishi ham kerak
emas. Ish tugaganidan soʻng bolalar oʻz ishlarini almashadilar va oʻqituvchi bilan
birgalikda ish sifatini analiz qiladilar. Eng yaxshi ishlar oʻquvchilar burchagiga ilib qoʻyiladi.
Boshlangʻich sinflarda bolalarga xatosiz yozish malakasini oʻrgatish har bir oʻqituvchidan
chidam va mahorat talab etadigan muhim jarayon hisoblanadi.
Oʻzbek tilini imlo qoidalarini oʻrganamiz. Bu qoidalar juda ham koʻp emas. Quydagilarni
bilgan kishi yozuvda ancha xatosiz yozishi mumkun.
- tinish belgilarini oʻz oʻrnida qoʻllash ;
- bosh harflar imlosi ;
- qoʻshib yozish, ajratib yozish ;
- chiziqcha bilan yozish ;
- asos va qoʻshimchalar imlosi ;
- "H" va "X" ishtirok etgan soʻzlarni eslab qolish.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori: " Oʻzbek tilining asosiy imlo
qoidalarini tasdiqlash haqida", "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi" (Vazirlar
Mahkamasining 1995, 24- avgustdagi 339 - sonli qarori. )
2. Boshlangʻich taʼlim konsepsiyasi, Boshlangʻich taʼlim, 2014
3. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldashova SH., Sariev SH., Ona tili
oʻqitish metodikasi. Toshkent: Noshir , 2009.- 352 b.
4. M. Gʻulomov, K. Tursunova, D. Poʻlatova " CHiroyli yozuv malakalarini shakllantirish"
Uslubiy qoʻllanma Toshkent " Turon Iqbol 2013.
5. Munavvarxon Yoʻldasheva. " Oʻquvchi yozuvi nega xunuklashadi?" Maʼrifat gazetasi 2018
Download 18.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling