Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Download 0.68 Mb.
bet9/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

Terrorizm (lot. terror — qorqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoqotish yoki qorqitish, aholi ortasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoravonlik harakatlari (taqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy todalarning harakatlari kabi) toifalarga bolinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qollanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm orta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin otgan asrning oxirlaridan uning yangi korinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boldi. Ko`p hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi2.
Terrorizm bu siyosiy kurash metodlaridan biri bo`lib, cheklanmagan, harbiy harakatlar bilan aloqador bo`lmagan, o`z maqsadlariga jismoniy zo`ravonlik orqali erishishga qaratilgan harakatdir. Masalan: davlat rahbarini, siyosiy liderni, harbiy va oddiy fuqarolarni, avtobus va samolyotlarni olib ketish, garovda tutish kabi holatlar, D.Kennedi, I.Gandi, R.Gandi, U.Pal’me kabi arboblarga qilingan ko`plab suiqasdlar. Terrorizmda yagona ko`rinish yo`q. U xilma-xil shakl va ko`rinishlarda olib boriladi. Masalan: davlat, muqobil, konsyervativ yoki inqilobiy, diniy, milliy.
Terrorizmning tarixiy va hozirgi zamon ko`rinishlari o`rtasida katta tafovud mavjud. Terrorizm birinchi navbatda siyosiy kurashning “terrorchilik” terakt shaklini qo`llashga harakat qiladi. Terrorchilik harakatlari davrlar o`tishi bilan, bugungi kunga kelib, butun bashariyatatning muammosiga aylandi

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling