Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


-o`quv savoli: Shomonlik. Shomonlik elementlarining bugungi kundagi ko‘rinishlari. Mahalliy diniy kultlar va tasavvurlar


Download 69.51 Kb.
bet8/9
Sana27.02.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1233911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу ибтидоий дин шакл

2-o`quv savoli: Shomonlik. Shomonlik elementlarining bugungi kundagi ko‘rinishlari. Mahalliy diniy kultlar va tasavvurlar.
Shomoniylik– (tunguscha “shamon” – “o‘ta hayajonlangan, jazavali kishi” degan ma’noni bildiradi). Sibirdagi turkiy xalqlarda «shamon» so‘zi «kam» deb yuritilgan. Shomon qabila ruhoniysi bo‘lib, ruhoniylar ilohiy kuchga ega deb tushunganlar. Shomonlar urf-odatlarini bajarishni tomoshaga aylantirgan. Odatda shomon o‘yinlari kechqurun amalga oshirilgan. Uyin oxirida shomon behol bo‘lib, pichirlashib gaplashgan. Go‘yoki talvasaga tushib bemorlarni davola-gan. Shomon qabila, urug‘ homiysi, qo‘riqchisi, ruhi hisoblangan.
Shomonizmning totemiz, animizm va fetishizmdan farqi bor. Agar ularda odamlar hayvonlarga, o‘simliklarga, ruhlarga, buyumlarga sig‘ingan bo‘lsalar, shomonizmda odamlar odamga-shomonga, ya’ni o‘sha davrning ruhoniysiga sig‘inganlar. Bu diniy tasavvur taraqqiyo-tida juda katta yangilik edi. Bu hol keyinchalik xudoga, payg‘am-barlarga, avliyolarga sig‘inishning kelib chiqishida dastlabki asos bo‘lgan.
Qadimgi turkiy xalqlar dev, jin, pari, ruhlar borligiga ishonib, ular bilan shomonlar orqali bog‘lanish mumkin, deb hisoblaganlar. Shomonlar homiy ruhlarga atab qurbonliklar qilganlar, yovuz ruhlardan saqlanish maqsadida afsunlar o‘qib, poklanish uchun “chilla”ga o‘tirganlar. Shomonlik asrlar davomida saqlanib kelgan va muntazam rivojlangan. Hozirda ham shomonlik turli xalqlar e’tiqodida saqlanib qolgan. Ular “baxshi”, “parixon” deb ataladi.
SHOMONLIK, shamanlik (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy e`tiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta`sir ko`rsatishiga ishonish Shomonlikning asosini tashkil etadi. Shomonlikda uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bog`lay oladigan, bo`lajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sig`iniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq o`rtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan «aloqa bog`lashi» hamda ulardan ma`lum yo`l-yo`riq olishi Shomonlikning asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy e`tiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yo`q. Shomonlarga bemorlar o`zlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shomonlik Sharqiy Osiyoning ko`p xalqlarida, Sibirda, indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan.

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling