Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


Download 69.51 Kb.
bet6/9
Sana27.02.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1233911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу ибтидоий дин шакл

1-o’quv savoli: Dinning paydo bo‘lishi haqidagi yondashuvlar. Diniy e’tiqodning ibtidoiy shakllari: animizm, fetishizm, totemizm va magiya.
“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo‘ldi?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali-hanuz bu borada bir to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.
Birinchi qarashga ko‘ra, dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga o‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Miqadimgio va boshqalar. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘p xudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charl’z Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra, din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolik-dan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.
Odamlar yer qimirlashi, suv toshqini, sel, yomg‘ir, shamol va boshqa hodisalarning haqiqiy sabablarini bilmagach, ularni g‘ayritabiy kuchlar vujudga keltirayotir, qandaydir kuch bor, u hamma narsani boshqarib turadi deb o‘ylaganlar, bu kuchlarni ruhlar, ulardan eng qudratlilarini ilohlar deb ataganlar. Odamlarning nimalarga e’tiqod qilishi ularning mashg‘ulotlariga bog‘liq bo‘lgan.
Umumiy tarzda din arabchadan "e’tiqod, ishonch”, lotincha "religio”-diyonat, sig‘inish”, "relegere"-ortga qaytish”, "religare"-bog‘lamoq" ma’nolarini anglatadi. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida shakli, uni idrok etishning o‘ziga xos usuli sanaladi.
Ulamolar fikricha-din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyatat olamiga joriy etilajagi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning Alloh bilan aloqa qilish e’tiyojidir.
Din-tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi ham taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir “to‘g‘ri”, “haqiqat” va “odil” hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Dunyoviy nuqtai nazar bo‘yicha esa din - ijtimoiy - tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
Din–muayyan ta’limotdir, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o‘ziga xos usuli. Olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha bo‘lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ldi. Shuning uchun ham dinni o‘rganish– bu insoniyatni o‘rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo‘lmasligini tarixning o‘zi isbotladi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg‘usi. Bu tuyg‘u insonning eng teran va go‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Demak, dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki, biror-bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi.
Dinning qadimgi shakllaridan, ya’ni dastlabki ko‘rinishlaridan biri totemizm (hundyular tilidagi «totem» – “uning urug‘i” so‘zidan olingan)–ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa, qon-qardoshlik bor, degan e’tiqodga asoslanadi. Totemizmda har bir urug‘, qabilaning har bir a’zosining hayoti va farovonligi, aynan shu urug‘ning ajdodi bo‘lgan totemga-o‘simlik va hayvonga bog‘liq, deb qaralgan. Dastlab totem sifatida hayvonlar, ko‘proq ov hayvonlari e’zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik muno-sabatlari boshqa hayvonlarga ham o‘tgan, ba’zan o‘simliklar, tabiat hodisalari: yomg‘ir, quyosh, shamol va boshqalarga ham tarqalgan.
Ayni paytda, muchal yillari ham tarixan totemizm bilan bog‘liqdir.
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan muchal ham totemizm bilan bog‘liq. Odatda odamlarning tug‘ilgan yillarini muchal bilan aytadilar.
Qadimda muqaddaslashtirilgan totemlarni o‘ldirish ta’qiqlangan. Masalan: hindlar sigir, ilon, maymun, fil, boshqa xalqlarda archa, murch, isiriq, musicha, qaldirgoch va boshqalar e’zozlanadi. Totemizm unsurlari jahon dinlari bo‘lmish buddaviylik, nasroniylik, islom dinida ham uchraydi.
Animizm – (lotincha «anima» so‘zidan olingan bo‘lib «jon», «ruh» degan ma’nolarni anglatadi) – kishi ruhining, jonning borligiga ishonish. U ibtidoiy diniy tasavvurning eng yuksak shaklidir.
Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiy kuchlarning jonlantirilishi – animistik timsollardir.
Ibtidoiy animistlar vafot etgan qarindosh-urug‘larining ruhlarini abadiy, o‘lmas deb hisoblaganlar. «Inson vafotidan so‘ng qayerda yashaydi» degan savolga: ajdodlarning ruhlari tiriklar yashaydigan joyda yashashadi, biroq, ularni faqat tushda ko‘rish va gaplashish mumkin, deb o‘ylaganlar. Boshqalar marhumlarning ruhlari chaqaloq tanasiga o‘tadi, deb faraz qilganlar. Odamlar juda qadim zamonlardan o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida aniq bir tushunchaga ega bo‘lmaganlar, uyqu va tush ko‘rishning sababini bilmaganlar, jonning tashqi dunyoga munosabatlari haqida o‘ylay boshlaganlar.
Animizmga e’tiqod qilganlar odam o‘lgandan keyin jon tanadan chiqib ketadi va o‘lmaydi, balki abadiy yashaydi, deb hisoblaganlar. Abadiy ruh to‘g‘risidagi tasavvur ana shu tariqa paydo bo‘lgan.
Markaziy Osiyoda marhumning jonini arvoh deb atashadi. Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab undan uzoqqa ketmaydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb o‘ylashgan. Shuning uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni teshib qo‘yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh hamma joyda – daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi. Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga biron-bir mushkul ish tushsa, o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan madad so‘raganlar.

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling