Kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalarga


Download 16.54 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi16.54 Kb.
#1199452
1   2
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Estafetali harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.
Harakatli o‘yinlar, estafeta o‘yinlari va maktab sport seksiyasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Harakatli o‘yinlar basketbol, futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika va boshqa seksiyalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Seksiyalarda har xil o‘yinlardan muntazam ravishda o‘rinli foydalanish o‘quvchilarning jismoniy jihatdan o‘smirlarga orttirgan malakalarning takomillashuviga anchagina yordam beradi. O‘quvchilarda zaruriy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari o‘tilgan o‘yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o‘tqazilgan o‘yinni yangi qoidalar asosida yangi variantlarda o‘tkazish lozim. Ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan guruhlarda o‘yinlar kamroq o‘tkaziladi. Bizning respublikamizda bahor, yoz, kuz fasllarida ayniqsa voleybol, basketbol, futbol, qo‘l to‘pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda «Chillak» o‘yini, «Qoziq» o‘yini, «Oqtosh» o‘yini singari milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Turli harakatli o‘yinlar va sport harakatlaridagi o‘yinlardan, shuningdek, har xil yengil atletika mashqlaridan foydalanish paytida o‘quvchilarda musobaqalarga
qiziqish uyg‘otish lozim. Bunda eng muhimi, yaxshi yutuqlarga erishishga yordam beradi. O‘quvchilar ko‘pincha o‘yinga berilib ketib, uni o‘zlashtiradilar, eski qoidalarni yig‘ishtirib qo‘yib, yangilarini o‘ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo‘lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o‘yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun
ham o‘yinni qaytarishdan (ayniqsa bu qaytarish bolalarning istagi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda) sira ham qo‘rqmaslik kerak.
«FUTBOLCHILAR ESTAFETASI» O‘YINI
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar bab-baravar ikki -uch jamoaga bo‘linadilar. Jamoalar 1–2 m oraliqda bittadan bo‘lib qatorda saflanadilar. Qator bir-biriga parallel holda turadi. Qatorlar oldidan bitta uzun chiziq o‘tkaziladi. O‘ynovchilar yugurishni shu chiziqdan boshlaydilar. Har bir jamoa ro‘parasiga bir metr uzoqlikda beshtadan
g‘o‘lacha terib qo‘yiladi. Oldinda birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilarga bittadan futbol to‘pi beriladi. Ular to‘pni tepib-tepib g‘o‘lachalar orasidan olib o‘tadilar va yana tepib-tepib gulachalar yonidan o‘z jamoalariga qaytib keladilar. O‘yinchilarning hammasi ana shu ishni bajaradilar. To‘pni tepib g‘o‘lachalar atrofidan aylantirib olib, yurishning sifatinigina emas, balki yugurish tezligi ham hisobga olinadi. Bunda o‘yinchilarning hammasi to‘pni g‘o‘lachalar orasidan olib yurishni oldin tugatgan va shu bilan birga kamroq xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa g‘alaba qozonadi.
O‘yin qoidalari. 1. To‘pni tepib har bir g‘o‘lachaning birini o‘ng tomondan, ikkinchisini chap tomondan aylanib o‘tish kerak. 2. Atrofidan aylanib o‘tilmasdan, qoldirib ketilgan har qanday g‘o‘lacha o‘ynovchi tomonidan yiqitilgan hisoblanadi.
3. Yiqitilgan g‘o‘lacha o‘z joyiga (rahbarning kursatmasi, buyrug‘i) qo‘llanadi.
Pedagogik ahamiyati futbol elementlari bilan o‘tkaziladigan estafetalar futbol uyini uchun zarur bo‘lgan malakani mustahkamlash va takomillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu o‘yinda harakat tezligini, chaqqonlikni, ziyraklikni rivojlantiradi. Ular jamoa, o‘rtoqlik hissiyotini tarbiyalashga yordam beradi.
O‘yinning o‘ziga xos harakatlari to‘pni tepib-tepib tez yugurish va to‘pni olib yurishdir.
Metodik ko‘rsatmalar. Futbol estafetasi, bu o‘yinning bir turi hisoblanadi. Bunda o‘yinchilar rezina to‘pni yoshlar bilan surib dumalatib, g‘o‘lachalar oralig‘idan olib o‘tadilar.

«Sakrash elementlari bilan estafeta» o’yini.


O’yinchilar 2-3 komandaga bo’linadilar. Har bir komanda o’yinchilari bir kishilik kolonnalarda turadi. O’qituvchining signali bilan birinchi turgan o’yinchilar belgilab qo’yilgan joyga bir oyoqda sakrab boradilar va orqaga qaytib kelib, estafeta tayoqchasini ikkinchi o’yinchilar birinchi o’yinchilarning bajargan ishlarini qaytaradilar va xokozo. Estafetani birinchi bo’lib tugatgan komanda g’olib hisoblanadi.
Download 16.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling