KICHIK QARSHILIKLARNI O’LCHASH VA O’TKAZGICHNING SOLISHTIRMA QARSHILIGINI HISOBLASH.
Ishning maqsadi: Texnikaviy usul yordamida tok kuchi va kuchlanishni aniq o’lchash orqali xronmonikel o’tkazgichining solishtirma qarshiligini aniqlash,
Kerakli jihozlar: O’tkazgichning solishtirma qarshiligini hisoblash uchun mo’ljallangan FRM-01 qurilmasi va solishtirma qarshiligi aniqlanadigan o’tkazgich.
NAZARIY TUSHUNCHA
Tajribalar o’tkazgichning R qarshiligi uning L uzunligiga to’g’ri proporstional va S ko’ndalang kesim yuzasiga teskari proporstional ekanligini ko’rsatadi, ya’ni
(1)
bunda ‑ o’tkazgichning solishtirma qarshiligi bo’lib, u o’tkazgichning materialiga bog’liq
(2)
SI sistemasida o’tkazgich solishtirma qarshiligining birligi qilib uzunligi1 m ko’ndalang kesim yuzasi va qarshilikka ega bo’lgan o’tkazgichning solishtirma qarshiligi qabul qilingan. Uning birligi dir. O’tkazgichning solishtirma qarshiligini hisoblash uchun mo’ljallangan qurilma 1- va 2-rasmda tasvirlangan. Bunda 1 m li shkala bo’lib yukoriga va pastki kronshteynlar orasida o’tkazgich (2) tortilgan. O’tkazgichning tarangligi (3) kubchalar burovchi vintlar yordamida sozlanishi mumkin. FPM-01 qurilmaning elektr sxemasi tarmoqdan kelayotgan o’zgaruvchan elektr toki transformator orkali diodlar asosida qurilgan to’g’rilovchi ko’prikka beriladi.
Doimiy kuchlanish tokni chegaralovchi R qarshilik orqali solishtirma qarshilikli o’tkazgichga beriladi. Bu o’tkazgichdagi kuchlanish tushishi V- voltmetr va tok kuchi mA – milliampermetr orqali o’lchanadi. ulagich yordamida ish uslubi tanlansa, - ulagich yordamida tok kuchining yoki kuchlanishning aniq qiymatini o’lchashga o’tish mumkin.
QURILMANING TUZILIShI
Qurilmaning ko’rinishi 1 – rasmda ko’rsatilgan.
E s l a t m a.
Elektr toki yoki elektr qurilmalari bilan ishlayyotganizda texnik xavfsizligiga e’tibor bering!
Do'stlaringiz bilan baham: |