Kichik tibbiy hodim yordamchisi


Amaliyot natijalarini yakunlash


Download 218.42 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi218.42 Kb.
#1604349
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 курс амалиет кундалиги (2)

Amaliyot natijalarini yakunlash:

  1. Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftari bilan birga institutdan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izohi (bo‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z ichiga olmog‘i lozim.

  2. Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini institut tomonidan tayinlangan hay’at oldida himoya qiladi. Hay’at tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, institut tomonidan biriktirilgan rahbar va imkon bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar (katta va yetakchi xamshiralar) ham kiritiladi.

  3. Malakaviy amaliyot bo‘yicha yakuniy nazorat har bir kursda «Ob’ektiv strukturlangan klinik imtihon» - «OSKI» shaklida o‘tkaziladi. Amaliyot bo‘yicha yakuniy nazorat bali talaba reyting balining 100% ini tashkil etadi. Malakaviy amaliyot natijasi bo‘yicha 60 balldan kam ball to‘plagan talaba malakaviy amaliyotni topshira olmagan hisoblanadi va kursdan kursga o‘tkazilmaydi.

Amaliyot bo‘yicha yakuniy baho talabaga stipendiya belgilash va imtiyozli diplom berishda inobatga olinadi.
Amaliyot yakuni amaliyot ob’ektining ishlab chiqarish kengashida, fakultetning ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va yakun yasaladi.

    1. Malakaviy amaliyotni sababli o‘ta olmagan talaba semestr boshlangunga qadar dekanat tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma bilan individual jadval asosida o‘tadi va yakuniy nazoratga kiritiladi.

Kundalikning birinchi sahifalari davolash faoliyati bilan bo g‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limning tarmog‘i, bemorlar kontingenti (kasalliklar, diagnostik va operatsion xona va x.k.) haqida qisqacha yozish uchun ajratilgan. Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari uchun dasturdan kelib chiqqan holda amaliyot ob’ektining tarmo‘gi va amaliyot vaqtida bajarilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot yozish uchun ajratilgan. Kundalikning keyingi sahifalari kunma-kun to‘ldiriladi va unda talabaning amaliyotda bajargan amaliy ko‘nikmalari, kompentatsiyalari, uning o‘zi shaxsan bajargan va ishtirok etgan ko‘nikmalari (kun, soat, bemor kasalligi, tashxisni ko‘rsatish, muolajalar, operatsiya, asoratlar, rasmiylashtirilgan hujjatlar, patronaj, tushuntirish va targ‘ibot ishlari talabaning o‘z fikri va h.k.) ifodalanadi va amaliyotga javobgar shaxs tomonidan taxlil qilinadi, xato va kamchiliklari kundalikda yozma ko‘rsatilad va imzo bilan tasdiqlanadi. Agar kamchiliklar ko‘rsatilmasa, kundalikda talaba tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar talab darajasida, to‘g‘ri to‘ldirilgan deb hisoblanadi. Kundalikda o‘zlashtirilishi shart va amalda bajarilgan amaliy ko‘nikmalar, kompentatsiyalar ro‘yhati va soni haqida ma’lumotlar to‘ldiriladi. Amaliyot rahbari kundalikni to‘g‘ri yuritish borasida talabaga maslaxat ishlarini amalga oshirishi lozim. Ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti tugatgandan so‘ng kundalik oxirida amaliyotga javobgar shaxs tomonidan talabaning ishi baxolanadi va unga tavsifnoma yoziladi, u muassasa muxri bilan tasdiqlanadi va amaliyot kundaligi topshiriladi. Ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti dasturini (sababli, sababsiz) bajarmagan talabalar yakuniy baholashga kiritilmaydi va akademik qarzdor talaba sifatida, muammolari Akademiyaning dekanat va rektorat tomonidan nizom asosida ko‘rib chiqiladi. Agar bajarilgan ishini ifoda etgan va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kundalik topshirilmasa amaliyot o‘tilmagan deb xisoblanadi. Ishlab chiqarish (malaka) amaliyotining yakuniy baholash natijalari 100 ballik reyting tizimida baholanadi, hay’at tomonidan qaydnoma varaqasiga kiritiladi va Akademiya talabalari ishlab chiqarish (malaka) amaliyotining rahbari tomonidan reyting daftarchasiga to‘ldiriladi. Talabaning ishlab chiqarish (malaka) amaliyotidan to‘plagan yakuniy bali stipendiya koeffisentiga, kursdan-kursga o‘tishiga va imtiyozli diplom olishiga ta’sir qiladi



Download 218.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling