Akseleratоr mоdelini tushuntirib bering.
Akselerator-multiplikator modeli yoki Samuelson-Xiks modeli iqtisodiy sikllarni investitsiya multiplikatorining o'zaro ta'siri bilan bog'laydigan dinamik iqtisodiy model (iqtisodiy tsikllar modeli) (buning sababi bo'lgan investitsiyalar o'sishi bilan solishtirganda ishlab chiqarishning katta o'sishi) va akselerator (ishlab chiqarish hajmining oshishi natijasida investitsiyalar hajmining oshishi).
Kutilayotgan sоf fоyda nоrmasi o’zgarishi qaysi sabablarga ko’ra ro’y beradi va u investitsiya hajmiga qanday ta’sir ko’rsatadi.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘1 may qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qoMlashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o‘zgarishmi aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |