Kichik va xususiy biznes subyektlarrini soliqqa tortish


Download 17.53 Kb.
bet3/4
Sana12.11.2023
Hajmi17.53 Kb.
#1768003
1   2   3   4
Bog'liq
Hujjat (9)

31/03/2022
Har bir soliq to‘lovchiga belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarish va to‘lash majburiyati yuklatilgan. 
👉Soliq kodeksining 8 va 22-moddalari
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” va “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyillariga tayanib, soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining yangi tizimini yaratish maqsadida, soliq to‘lovchilarning hisobi uch bosqichdagi segmentlash asosida yuritilmoqda. Xususan:
1 Yirik soliq to‘lovchilar;
2 QQS to‘lovchilar (yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan).
3 Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, budjet tashkilotlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda soliq to‘lash majburiyatiga ega jismoniy shaxslar. 
Yirik soliq to‘lovchilar hisobi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida yuritiladi. Yirik soliq to‘lovchilar toifasi Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi Nizomning 4-bandiga muvofiq aniqlanadi. 
👉DSQ r/r 3172-son qarori 12.07.2019-yil
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan QQS to‘lovchilarning hisobi 2020-yildan boshlab hududiy davlat soliq boshqarmalarida yuritilmoqda. 
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, YATTlar, budjet va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda soliq to‘lash majburiyatiga ega jismoniy shaxslar hisobi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida yuritiladi. 
Ma’lumot uchun: Soliq kodeksining 9-bobida soliq majburiyatlari - to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, belgilangan to‘lovlarning tegishli g‘azna hisobvaraqasiga to‘lanmasligi, soliq majburiyatlarining bajarilmaganligi deb e’tirof etiladi va to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanishiga sabab bo‘ladi👉Soliq kodeksining 110-moddasi, 3-bandi
Soliqlarning to‘g‘ri to‘lanishini ta’minlash hamda noto‘g‘ri to‘lovlar uchun penya hisoblanishining oldini olish maqsadida, my.soliq.uz sayti orqali, (ERI kalitidan foydalangan holda) soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha elektron xizmatdan foydalangan holda, tegishli hududi hamda soliq kodlari uchun g‘aznachilik hisobvaraqalari to‘g‘ri biriktirilgan soliq turlari tanlanib, to‘lovlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
Muhim! Muayyan ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati bo‘yicha xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi boshqa ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas.
👉“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi Yo‘riqnomaning 33(1)-bandi (Moliya vazirligi va DSQ qarori r/r 2771-son 30.03.2016-yil)

Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti




DSQ matbuot xizmati

Yangiliklar

E’lonlar

Rahbariyatning chiqishlari

Press-relizlar

Media rejalar

Akkreditatsiya

Infografika

Soliqlar tarixi muzeyi

Soliqlar bolalar nigohida

DSQ ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lish tartibi

Elektron risolalar

Download 17.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling