Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kitobxonlik mustaqilligini shakllantiradigan mashg‘ulot va darslar qurilishining asosiy turlari. Rejasi


Download 26.47 Kb.
bet3/8
Sana14.10.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1702892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kitobxonlik mustaqilligini shaklla-fayllar.org

Sinfdan tashqari oqish darslarining turlari
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO‘ tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o‘quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to‘rtinchidan, o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.
1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o‘qituvchi tomonidan o‘qib beriladi, boshlang‘ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o‘quvchilar o‘qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o‘quvchilar o‘qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni elementar tavsiflashga o‘rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo‘lib o‘qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO‘ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. O‘quvchilar mustaqil o‘qishga o‘rgatiladi, ular “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o‘zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o‘quvchilar bir nechta asarlar o‘qib kelib, ular haqida o‘z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy qayta hikoyalash, instenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi.
Sinfdan tashqari oqish darsi namunalari:
I. 1-sinfda (tayyorlov bosqichi) STOdarsi.
Mavzu: Cho‘pon yigit Shiroq.
Darsning maqsadi:
a) afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish;
b) o‘quvchilarda vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash.
Darsning metodi: suhbat.

Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling