Kichkina xovoncha boshidagi oq tepchima to`ppi va qora uzun soqoli uni hindilarning savdogari qiyofasiga qo`yg`an edi
Download 21.13 Kb.
|
7-sinf adabiyot 3-ch yangi darslik bo`yicha
7-sinf Adabiyot 3-chorak 1.Abdulla Qodiriyning taxallusini aniqlang A. Julqunboy B. Rasvo C. Botu D. Cho`lpon 2. Kichkina xovoncha boshidagi oq tepchima to`ppi va qora uzun soqoli uni hindilarning savdogari qiyofasiga qo`yg`an edi. “Mehrobdan chayon” romanidan olingan ushbu ta`rif kim haqida? A. Abdurahmon B. Shahodat mufti C. Anvar D. Kalonshoh 3. “Mehrobdan chayon” romanida bir necha muddatga Sultonali bilan Anvarning o`rtasida xat tashib vositachilik qilgan obraz kim? A. Sharif B. Safar C. Qobil D. Rahim 4. Anvarning “ qo`rqinch bir jasorat”i bu… A. Ra`noni onasining oldiga jo`natish B. Ra`no bilan Toshkentga chiqib ketish C. O`z oyog`i bilan Xudoyorning huzuriga kirib borishi D. Abdurahmon bilan yuzma-yuz ko`rishmoqchi ekanligi 5. “Barimta” nima? A. jazo B. garov C. saroy D. duo qilish 6. “Mehrobdan chayon” romanidan “ Qo`rqinch bu hayqiriq Xudoyorni insofga keltirdi” bu qaysi hayqiriq edi? A. “Iqrorman” B. “ Tonmayman” C. “Musulmonchilik bilan o`lishni afzal bildim” D. “Sizda adolat bormi janob!” 7. Kitob o`qishga xalaqit bermasliklari uchun tokzorning narigi chetidagi pana bir joyga yashirinib kitob o`qishni odat qilgan ijodkor kim? A. A.Qodiriy B. P.Qodirov C. N.Norqobilov D. O`.Umarbekov 8. Darsligimizda “Yulduzli tunlar “ asaridan berilgan parchadagi voqealar qayerda ro`y bermoqda? A. Dehlida B. Panipatda C. Andijonda D. Agrada 9. Bobur bilan Ibrohim Lodining qo`shinlari qayerda jang qilishgan? A. Dehlida B. Panipatda C. Andijonda D. Badaxshonda 10. Ibrohim Lodining o`g`li Bahodir qaysi tillarni bilar edi 1. Arab 2. Fors 3. Urdu 4. sanskrit A. 1,2 B. 2,3 C. 1,4 D. 2,4 11. “Yulduzli tunlar” romanida Malika Bayda Boburni zaharlash maqsadini amalga oshirish uchun kimni qidirib topdi? A . Malikdod Koroniyni B. Ahmad choshnigirni C. ishonchli kanizakni D. Xo`ja Kalonbekni 12. Yangi qurilayotgan Zarafshon bog`idagi ishlarni tezlatish uchun Bobur qanday ishni amalga oshirishni tavsiya qildi? A. Marmar qasr qurishni B. Bog` atrofini o`rashni C. Harbiy fillarni mehnatga o`rgatishni D. Temir va oltindan foydalanmaslikni 13. Oshpaz Baxlulga “… zo`r bir po`lat quroldek” og`ir tuyulgan narsa nima edi? A. vijdon azobi B. qasos o`ti C. o`z qilichi D. ikki misqol zahar 14. Oshpaz Baxlul nima uchun zaharni qozonga solmadi? A. Taomdan o`zi ham tatib ko`rishi kerak edi B. Taom hammaga barobar tortilar edi C. Navkarlar ham taom so`rab qolishi mumkin edi D. Bakovullar aroqqa gazak uchun taomdan olishlari mumkin edi. 15. Quyidagi mumtoz matnlarning qaysi biri hajm jihatdan eng kichik ? A. qit`a B. ruboiy C. fard D. g`azal 16. Ushbu misralarning janrini aniqlang. Yuqar yamonlig` angakim, kirar yamon el aro, Ko`mur aro ilik urg`on qilur ilgini qaro A. qit`a B. fard C. ruboiy D. g`azal 17. Uvaysiyning “Sog`indim” radifli g`azalidagi qofiyadosh so`zlarni aniqlang 1. Janon 2. Sulton 3. Javlon 4. Hamon 5. Tobon 6. mehmon 7. zamon 8. darmon A. 2,3,6,8 B. 1,2,5,6,8 C. 3,4,7,8 D. 1,4,6,8 18. Quyidagi so`zlarning ma`nosini toping 1. paxra, 2. norinj 3. kishvar 4. kadu a) qovoq, b)yurt c) apelsin d) to`rt soat A. 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B. 1-a, 2-b, 3-d , 4-c C. 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D. 1-d, 2-c, 3- a, 4-b 19. Mumtoz adabiyotda she`riy topishmoq qanday nomlanadi? A.topmacha B. jumboq C. chiston D. masal 20. Hikoya, qissa va romanlar qaysi adabiy turga mansub? A. lirik B. epik C. dramatik D. maxsus tur Download 21.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling