Kimyo- metallurgiya fakulteti "metallurgiya" kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet9/15
Sana22.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1108834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Ilxom Kursovoy

1.5. “Kokpatas” koni rudalari
Ko’kpatas koni rudalari tiktonik hudud kengliklariga mansub bo’lib, shimoliy-sharqiy, ruralari metosamatik yuvilishlarda yuzaga kelib sulfidlar bilan (15%gacha) birikkan pirit va arsenopiritdan iborat.
Rudaning asosiy marfologik tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. O’rta metosamativ kesishuv zonasi (30-60 grad.) tushish (60 %);

  2. Stratoformadagi linzasimon –qatlam-qatlamli jism (10-30), vulqon qoldiqlari qarashox tog’ jinslari aralashmalari bilan (24 %);

  3. Qiya egilogan (60-90 grad.) apifiz stratiformali qatlam yon tomoni (16 %).

O‘rganiladagan rudada (Ko‘kpatas) oltinni asosiy mavjuddik shakln sifatida pirit va arsenopiritdagi oltinning ultra- va kolloid dispers holatdaligi qayd etildi. Buning tasdig‘i sifatida ko‘zga ko‘rinadigan odtinning juda kam holatlarda uchrashi aniqlangan.
Namunalarni 1250 marta mikroskopda kattalashtirib o‘rganilganda sof oltinning 2,5-6,5 mkm li, har xil shakldagi - doirasimon, burchaksimon va noto‘g‘ri shakllardagi mikro donachalari borligi kuzatilgan. Oltin zarrachalari asosan pirit va arsenopirittarkibida mikro qo‘shilma sifatla uchrayli.
Pirit kristallarining alohida qismlarida 3 foizgacha ko‘rinmas oltin borligi aniqlangan bo‘lib, u klaster holatida bo‘lishi mumkin. Ushbu malumot oltinni klaster nanozarrachali holatini tasdiqlaydi. Ko‘proq sulfidlangan jinslarning kimyoviy taxlili shuni ko‘rsatadiki, ularningtarkibidagi oltinning miqdori ko‘payishi kuzatilgan (1,96-4,5 shartli b), kvars-karbonatli jinslarda esa uning miqdori juda kam (0,12-0.28 shart b ) Gravikonsentrat tarkibida oltin miqdori 19,6 shartli birlikga yetib pirit va arsenopirit miqdorlari bilanproporsional ravishda bog‘langan.
Oltinning rudadagi miqdori 2,36dan 1190,5g/t gacha, va kumush 2,2 dan 200,7 gacha tashkil qiladi. Noruda minerallar kalsit, kvars, serrit, dolamit, gidrosulyut va kaolin ko‘rinishida tasvirlangan.
Markaziy qizilqum minerallari hosil bo‘lishi sxemasiga ko‘ra paragenetik minerallarda oltin va volfram yonma-yon joylashgan. Avvalroq hosil bo‘ladigan paragenetik albit-sheyelit minerallari birlashmasi oltin-pirit-arsenopirit minerali bilan almashadi. Ruda tarkibidagi megallar mayin zarrali va sulfidlar bilan koplangandir. Ruda minerallari mayin zarrali judayam birikib ketgan bog‘lanishga ega. Ruda ikkilamchi o‘zgarishlarga uchragan bo‘lib minerallar qatlam qatlam bo‘lib joylashgan. Ko‘kpatas koni sulfidli rudalarning minerologik tarkibi 3 jadvalda tasvirlangan.
Jadval №3. Ko‘kpatas koni sulfidli rudalarining mineralogik tarkibi.

Minerallar

O‘zgarish zonasi, %

O‘rtacha ko‘rsatgichi, %

Kvars( + silikatlar va glinalar)

18,6-25,6

22,30

Karbanatlar

12,3 -24,7

16.60

Glinali-slyudali minerali

39,0 -46,8

44.5044,50

Sulfidlar (pirit va arsenopirit)

10,1 -15,4

12.50

Uglerodli birikma

1,0 - 4,2

Do 2,70

Ko‘kpatas koni rudalarining ikkinchi va uchinchi foydali komponentlari kumush va volfram hisoblanadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling