Kimyo fanidan alifbo bayrami


Download 194.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi194.97 Kb.
#1010287
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyo fanidan alifbo bayrami

Yod – J 
Dengiz karamida bo'laman , 
Qizdirsa uchi ketaman . 
Men kam bo'lsam ishingiz chotoq, 
Tamoqqa chiqadi bo'qoq. 
Temir – Fe 
Po'lat deb meni maqtashadi , 
Barcha joyda ishlatishadi. 
Kislotada erib ketaman , 
Yerda qolsam zanglab ketaman . 
Simob –Hg 
Ham ogír , ham suyuqman , 
Oltinga men qo'shniman 
Kislotadan uncha qo'rqmayman
Istimangiz o'lchayman. 
Uglerod – C 
Olmas bo'lsam asrashadi
Uzukka qo'yib maqtashadi
Yumshoq turim uchun ochib
Qog'ozlarga yozishadi. 
Uran – U 
Tabiatda eng katta , 
Radioaktiv metallman . 
AESlarda ishlatsa, 


Tok ciqarib beraman . 
Marganes – Mn 
Margansovka birikmam, 
Davolash mening kasbim
Parchalansam ko'rasiz, 
Kislorodni olasiz. 
Nikel – Ni 
Ustingizdan qoplasam , 
Siz yaltirab qolasiz. 
Menga rahmatlar aytib, 
Zanglamasdan yurasiz. 
Geliy – He 
Quyosh mening makonim , 
Unga mos mening nomim . 
Urandan men tugílaman , 
Alfa deb nom olaman . 
Surma – Sb 
Meni surma deyishsa ham , 
Qizlar ko'zga surtishadi. 
Yig'laganda yosh oqsa , 
Yuzi qoraga bo'yaladi. 
Ftor – F
Bir dona elektronni, 
Yaxshilikcha berib qo'y! 
Men eng faol atomman, 
Barbir tortib olaman. 
Mis – Cu 
Qadimda Misirliklar , 
Mendan o'q – yoy qilishgan . 
Ayting hozir men kimman , 
Yaxshi o'tkasuvchi mis simman . 
Platina – Pt 
Katalizatorlikdir kasbim , 
Oq oltin deb ataysiz. 
Agar nomim kerak bo'lsa, 
Futbolchi Misheldan topasiz. 
Qalay – Sn 
Ellikta protonim bor , 
Men kamtarin qalayman . 
Qo'rgashinga qo'shniman . 
Teshiklarni yamayman. 
Neon – Ne 
Men inert gaz neon bo'laman , 
Lampa ichin to'ldiraman. 
Tok ulansa nur tarqatib , 
Shoh ko'chalarni yoritaman. 

Download 194.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling