Kimyo fanidan olimpiada uchun test
KIMYO FANIDAN OLIMPIADA UCHUN TEST
Download 21.67 Kb.
|
2 5226943936165055823
KIMYO FANIDAN OLIMPIADA UCHUN TEST.
1. Teng massadagi X va H2O reaksiyasidan olingan vodorod hajmi 2,24 litr (n.sh) ortib qolgan suv massasi 1,0 g bo`lsa, X metalini toping. X birikmalarda I valentli. A)Rb B) K C) Na D)Li 2. 0,25 mol II valentli metall karbonati to`la kuydirilganda olingan qoldiq 11,265% li xlorid kislota eritmasida eritilib 18,6557% li MeCl2 eritmasi olindi.Tuz eritmasi massasini (g) toping. A)91,125 B) 34 C)112,5 D) 182,25 3. 0,75 M li 200 ml Me3PO4 eritmasida ionlar va tuz molekulalari soni 3,34 • 1023 ta. Agar eritmadagi Me+ ni massasi 15,8 g bo`lsa, Me ni va dissotsilanish darajasini (α=%) aniqlang. A) Li; 75 B)K; 90 C)Rb;80 D)Na; 85 4. XYO4 birikmasida X ning massa ulushi 20%. Birikmaning 0,1 moli 10 g kelsa, X2Y birikmasida (X/Y) massa nisbat qanday bo`ladi? A)5/2 B)2 C)1/2 D)1/4 5. A → B + C reaksiya bo‘yicha A modda parchalanib konsentratsiyasi 3 marta kamayishi uchun ma’lum vaqt (sekund) sarflandi. Agar A moddaning konsentratsiyasi 4 marta kamayishida 3 marta kamayishiga nisbatan 5 sekund ko‘p vaqt sarflansa, xuddi shunday miqdordagi A moddaning konsentratsiyasi 6 marta kamayishi uchun qancha vaqt (sekund) sarflandi? A) 50 B) 60 C) 25 D) 45 6. Moddalarning tozalik darajasi kamayib borish tartibida joylashtiring. 1)analiz uchun toza 2)sof toza 3)maxsus toza 4)texnik toza 5)kimyoviy toza A)5,3,2,1,4 B)3,5,1,2,4 C)3,5,2,1,4 D)4.2.1.5.3 7. Idishga azot solib o’lchanganda shu idishning massasi 221 gramm, uglerod(IV) oksid solib o’lchasak 233 gr keldi. Keyin esa shu idishga teng hajmli geliy va noma’lum gaz aralashtirib o’lchanganda 213,5 gramm kelsa, noma’lum gazni toping. A) C2H6 B) SiH4 C) CO D) O3 8. MeSO4 + H2O → Me + O2 + H2SO4 elektroliz reaksiyatenglamasi asosida 140 g 46% li MeSO4 eritmasi 2 F tok bilan elektroliz qilindi. Bunda tarkibida 12,4 mol atom tutgan eritma hosil bo‘ldi. Katodda ajralgan Me ni toping. A) Be B) Fe C) Cu D) Zn 9. 185,2 g (ρ=0,926 g/ml) 2 M li AgNO₃ eritmasiga noma’lum massadagi Fe plastinka tushirilganda plastinkaning 14% i eritmaga o’tib, eritmadagi AgNO₃ 20% ga teng bo’lib qoldi. Dastlabki plastinka massasini (g) toping. A) 56 B) 40 C) 41,6 D) 46,4 10. Hajmlari teng bo`lgan H2 va N2 dan iborat aralashmadan NH3 sintez qilindi. Olingan aralashmada ammiakning hajmiy ulushi 50% bo`lsa, uning massa ulushi (%) nimaga teng bo`ladi? A)37,778 B) 62,22 C)45,45 D)54,55 11. 4f energetik pog’onachadan keyin qaysi energetik pog’onacha elektron bilan to’ladi. A) 5s B) 3d C) 5d D) 4f 12. Bir moldan olingan CO va X gazlari aralashmasi yoqilganda 3 moldan CO2 va H2O olindi. Bunga ko`ra X ning formulasi qanday? A)C6H6 B)C2H4 C)C2H2 D)C2H6 13. Leblan usulida soda olishda ikkinchi bosqichda natriy sulfat ko’mir bilan qizdiriladi. Shu bosqichda 13,2 gramm gaz hosil bo’lgan bo’lsa necha gramm tuz hosil bo’ladiu? A) 11,7 B) 23,4 C) 31,8 D) 21,2 14. 400 g etanolgan qanday massadagi Na metali qo`shilsa spirt massasidan alkagolyat massasi uch marta ortiq bo`ladi? A)134 B)299 C)156 D) 128 15. 500ml eritma tarkibida 1 gr CH₃COOH bor. Dissotsiyalanish darajasi 3%. Eritmaning pH qiymatini toping? A)1 B)13 C)11 D) 3 Download 21.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling