Kimyo fanini innovatsion texnologiyalardan


Download 243.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi243.76 Kb.
#1151404
  1   2
Bog'liq
KIMYO FANINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TURLI SHAKL VA USULLARI O



KIMYO FANINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANIB TURLI SHAKL VA USULLARI O’QITISH 
Abduqodirov Muzaffar
mustaqil tadqiqotchi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanini innovatsion texnologiyalardan 
foydalanib turli shakl va usullari o’qitish haqida so`z yuritilib, zinama-zina hamda
“Rezyume” texnologiyalari haqida so`z yuritilgan.. 
Kalit so`zlar: Rezyume, innovatsion texnologiyalar, kimyo, barkamol inson, 
zinama-zina, axborot texnologiyalari, pedagogic texnologiyalar. 
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan 
ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda 
mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini 
isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or 
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini 
oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi 
orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. 
Ma`lumki, uzluksizlik va uzviylik ta`lim tizimda ortiqcha takroriylikka chek 
qo`yib, avvalo jamiyatning ma`naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, 
qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili 
sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta`minlaydi. Pedagogik 
texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o`quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, 
shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi 
jarayonida har bir inson o`z kasbiy tayyorgarligini, maxoratini kuchaytirish 
imkoniyati yaratiladi. 
Usluksiz ta`lim chuqur, har taraflama asosli ta`lim-tarbiya berish, mutaxassis 
kadrlar tayyorlashning turli shakl, usul, vosita va yo`nalishlarining mukammal 


uyg`unligidan iboratdir. Uzluksiz ta`lim sifatini turli komponentlar o`rtasidagi 
o`zaro aloqadorlik, muayyan usullar va uslublarning ta`lim jarayoniga oqilona 
tatbiq etilishi ta`minlaydi. 
Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab 
o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash 
samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini 
kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot 
mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, 
ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini 
tasdiqlamoqda. 
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan 
axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, 
axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun 
uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. 
O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish 
yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalgam oshirilayotgan 
islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama 
rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. 
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va 
axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga 
bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy 
texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni 
o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni 
ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va 
jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, 
shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. 
Bunday o`quv jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. 


Bugungi kunda ta`lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida 
pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e`tibor berilayotganining 
asosiy sababi quyidagilardir: 
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta`limni 
amalga oshirish imkoniyatining kengligida “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish 
masalasiga alohida e`tibor qaratilgan. 
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o`quv-tarbiya jarayoniga tizimli 
faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. 
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o`qituvchini ta`lim-tarbiya jarayonining 
maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat 
qilishgacha bo`lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. 
To`rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini 
qo`llashga asoslanganligi sababli, ularning qo`llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” talablarini amalga oshirishni ta`minlaydi. 
O`quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to`g`ri joriy etilishi 
o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
yuritishiga olib keladi. Bu esa o`qituvchidan ko`proq mustaqilllikni, ijodni va 
irodaviy sifatlarni talab etadi. 
Har qanday pedagogik texnologiyaning o`quv-tarbiya jarayonida qo`llanilishi 
shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, o`quvchini kim o`qitayotganligi va 
o`qituvchi kimni o`qitayotganiga bog`liq. 
Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim 
hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini 
qondirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. 
Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovasion jarayonlarda ta`lim tizimi 
oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va 
o`zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul 
qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. 


Shuning uchun ham, ta`lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida 
zamonaviy o`qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning 
o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta`limda 
qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba o`quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega 
bo`lishlarini ta`minlaydi. 
Innovasiya (inglizcha-“ innovation”) yangilik kiritish, yangilik demakldir. 
Innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi 
faoluyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan 
interfaol uslublardan foydalaniladi. 
Interfaol (“Inter” – bu o`zaro. “act” – harakat qilmoq) – o`zaro harakat qilmoq 
yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo`lishni anglatadi. Boshqacha so`z 
bilan aytganda, o`qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ 
faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta`lim oluvchilar bilish 
jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarni 
tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda 
o`qituvchining o`rni qisman o`quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga 
erishishga yo`naltirishga olib keladi. 
Zinama – zina” texnologiyasi 
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg`ulot o`quvchilarni o`tilgan yoki 
o`tilishi kerak bo`lgan mavzu bo`yicha yakka va kichik jamoa bo`lib, fikrlash 
hamda xotirlash, o`zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to`plangan fikrlarni 
umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko`rinishida ifodalay olishga 
o`rgatadi. Bu texnologiya o`quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki 
guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o`tkaziladi va taqdimot qilinadi. 
Texnologiyaning maqsadi.o`quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy 
fikrlashga, jamoa bo`lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va 
amaliy tushsuncha hosil qilishga, jamoaga o`z fikri bilan ta`sir eta olishga, uni 
ma`qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda 
egallagan bilimlarini qo`llay olishga o`rgatish. 


Texnologiyaning qo`llanishi: ma`ruza (imkoniyat va sharoit bo`lsa), seminar, 
amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda 
o`tkazish hamda nazorat darslarida qo`llanilishi mumkin. 
Mashg`ulotda qo`llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog`ozlarda 
tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomonga 
kichik mavzular yozilgan tarqatma mateiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar. 
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi: 
 o`qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik 
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo`lgani ma`qul); 
 o`quvchilar mashg`ulotning maqsadi va uning o`tkazilish tartibi bilan 
tanishtiriladi. Har bir guruhga qog`ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi 
bo`lgan varaqlar tarqatiladu; 
 o`qituvchi guruh a`zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular 
bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida 
qog`ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish 
vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; 
 guruh a`zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni 
yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko`rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh 
a`zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma`lumot berishlari 
kerak bo`ladi. 
Tarqatmamateriallar to`ldirilgach, guruh a`zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. 
Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya 
(sinf) doskasiga mantiqiy tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; 
O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni 
baholaydi va mashg`ulotni yakunlaydi. 
“Rezyume” texnologiyasi. 
Texnologiyaning tavsifi: Bu texnologiya murakkab,ko’p tarmoqli,mumkin qadar 
muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan 
iboratki, bunda bir yola mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni 


paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy 
va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. 
^ Texnolgiyaning maqsadi: O’quvchilarni erkin, mustaqi, tanqidiy fikrlashga, 
jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga,fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida 
mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda 
kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir etishga, uni 
ma’qullashga, 
shuningdek, 
berilgan 
muammoni 
yechishga 
o’rgatish. 
^ Texnologiyani qo’llanilishi: Ma’ruza darslarida(imkoniyat va sharoit bo’lsa), 
semenar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka (yoki kichik guruhlar 
ajratilgan tartibda o’tkazish, shuningdek uyga vazifa berishda ham qo’llash 
mumkin. 
Mashg’ulotda foydalanadigan vositalar: A-4formatdagi qog’ozlarida (guruh soniga 
qarab) tayyorlangan tarqatma materiallar, flomaster yoki rangli qalamlar. 
^ Mashg’ulotlar o’tkazish tartibi: 
O’qituvchi o’quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik 
guruhlarga ajratadi. 
O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotning maqsadi va o’tkazilish tartibi bilan 
tanishtiriladi va har bir kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan, 
ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o’quv muammolari va ularni yechish 
yo’llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi. 
Har bir guruh a’zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi 
va kamchiliklarini aniqlab, o’z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon 
etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, 
eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar. 
Kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan 
taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o’qib eshittiriladi, lekin 
xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi. 


O’qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini 
so’rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so’ng taqdimot guruhi o’z xulosasi 
bilan tanishtiradi; 
O’qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, 
ularni baholaydi, so’ngra mashg’ulotni yakunlaydi. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday 
bo’lishidan qat’iy nazar yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha keng ko’lamdagi 
bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi informatsion aloqa va kommunikatsiya 
tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida etarli malakalarga 
ega bo’lishi kerak. Ayniqsa kimyo fanini o’qitishda amaliy mashg’ulotlar va 
laboratoriya jixozlari o’rni beqiyos bo’lib, shu darslarni olib borishda yangi 
metodlar o’qituvchiga qo’l keladi. 
Yangi pedagogik texnologiyalar bilan o’tkazilgan darslar o’quvchini mustaqil 
fikrlashga, nutqi rivojlanishiga, o’zaro bir-biri bilan muloqatga va xatto o’zi xulosa 
chiqarishga o’rgatadi. Qo’llanmada keltirilgan interfaol dars usullar kimyo 
darslarini yanada qiziqarli o’kazishga va barcha o’quvchilarni dars davomida faol 
qatnashishiga undaydi. Bu usullar bilan dars olib borgan o’qituvchi sinflarda 
yuqori sifat ko’rsatgichiga erishadi. Bundan tashqari kimyo darslarida nafaqat 
didaktik materiallardan, balki axborot kommunikatsion texnologiya(AKT)laridan 
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz AKT dan o’qituvchilar va 
o’quvchilar o’rtasidagi kimyoning dunyoviy muammolari bilan bog’liq bo’lgan 
munozara yig’ilishladagi aloqalarga ko’maklashish maqsadida foydalanishimiz 
kerak. Huddi shunday laboratoriya tajribalarini modellashtirish o’quvchilarimuzga 
real maktab laboratoriyasida o’tkazilishi muammo bo’ladigan murakkab 
tajribalarni boshqarish imkonini beradi va moddalarni tejaydi. Darslarda elektron 
darsliklardan foydalanishimiz, kimyodagi qiyin atom (molekular) jarayonlarni, 
elektron bulut va elektronlar qo’zg’alishi, struktur izomeriya, gibrid orbitallar 
tushunchalarini osonlashtiradi. 



Download 243.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling