Kimyo fanini rivojlantirishda o’z xissalarini qo’shgan O’zbekiston Respublikasi olimlari
Download 256.38 Kb.
|
1-2
U ma’danlarni to‘rt guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo‘lgan. Bu tasnif XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan shug‘ullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarni turli davrlarda yozgan bo‘lgani uchun ularning Ibn Sinoning kimyoga bo‘lgan munosabatining evolutsion o‘zgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari o‘sha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilg‘or edi. Ibn Sino 21 yoshida ya’ni ilmiy faoliyatining bo‘sag‘asida metallar transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yo‘l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va muqaddam kimyogarlarning ta’siri ostida “Baraqiyga atab san’at (al - kimyo)ga doir risola”) nomli kichik asar yozgan, lekin 30 yoshlarga borib ilmiy tajribasi ortdi. Yosh olim bu sohadagi ishlarni zoye ketishiga amalda ishonch hosil qildi va “Risola aliksir” (“Iksir haqida risola”) asarida kimyoviy yo‘l bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildirdi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan “Kitob ash - shifo” da kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari befoyda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan har bir metal alohida bir modda bo‘lib, kimyogarlar o‘ylagandek, bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab bo‘lmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o‘rta asr kimyosining ilmiy kimyoga o‘sib o‘tishida ilmiy rol o‘ynadi.
Download 256.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling