Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт


-Mavzu: Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi


Download 0.73 Mb.
bet24/44
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1393283
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
7-sinf to\'liq savol va javob

52-Mavzu: Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi
1.Tuzlar deb nimaga aytiladi? J: Тuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy NH4+) va kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan yoki murakkab moddalarga aytiladi.
2. Tuzlar qanday hosil bo’ladi? J: Тuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksilining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi.
3.Natriy xlorid NaCl, kaliy nitrate KNO3, Cu(II)-sulfat CuSO4, Alyuminiy-fosfat ni grafik formulasini ko’rsating?
J:
4
. Tuzlar qanday nomlanadi? J: Тuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi», agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + kislota qoldig‘i nomi” shaklida yasaladi..
5. 1-CuBr, 2-FeS, 3-ZnSO4, 4-NH4NO3, 5-K2CrO4 yuqorida keltirilgan tuzlarni tartib raqami bo’yicha nomlang? J: 1-Mis(I)-bromid, 2-Temir(II)-sulfid, 3-Rux sulfat, 4-Ammoniy nitrat, 5-Kaliy xromat
6.Tuzlarni nomlashda agar metal o’zgaruvchan valentlikka ega bo’lsa tuzni qanday nomlash kerak? J: Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + kislota qoldig‘i nomi” shaklida yasaladi..
7. Nordon tuzlar qanday nomlanadi? J: Тuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidro+kislota qoldig‘i nomi», agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] gidro+ kislota qoldig‘i nomi” shaklida yasaladi..
8. Asosli tuzlar qanday nomlanadi? J: Тuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidrokso+kislota qoldig‘i nomi», agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] gidrokso+ kislota qoldig‘i nomi” shaklida yasaladi..
9. Quyidagi tuzlarning nomlang: Na2SO4, K3PO4, KNO3, CaCl2, MgSO4, Ca(HCO3)2, (CuOH)2CO3? J: Na2SO4-natriy-sulfat, K3PO4-kaliy-fosfat, KNO3-kaliy-nitrat, CaCl2-kalsiy-xlorid, MgSO4-magniy-sulfat, Ca(HCO3)2-kalsiy-gidro-karbonat, (CuOH)2CO3 mis(II)-gidrokso-karbonat yoki malaxit.
10. Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday tuzlarni bilasiz? J: NaCl-osh tuzi, NaHCO3-ichimlik sodasi, Na2CO3-kir soda
11. Gidro so’zi qaysi modda uchun ishlatiladi? J: H
12. Gidrokso so’zi qaysi ion uchun ishlatiladi? J: OH-
13. Kalsiy digidoroksosulfat tuzini formulasini yozing? J: (CaOH)2SO4 yoki Ca2(OH)2SO4
14. Alyuminiy gidroksokarbonat tuzini formulasini yozing? J: Al(OH)SO4
15. Alyuminiy geksagidroksofosfat tuzini formulasini yozing? J: Al3(OH)6PO4

53-Mavzu: Tuzlar formulalarining ifodalanishi


1.Tuzlarning formulalari qanday tuziladi? J: Asos qoldig’I (metal atomi yoki ammoniy NH4+va b.) indekisdagi sonning uning valentligiga ko’paytmasi kislota qoldig’I indeksidagi sosnning shu qoldiqning valentligiga ko’paytmasiga teng.
2. Quyidagi qoldiqlardan iborat bo’lgan tuzlarning formulalarini tuzing: 1) gidrofosfat va magniy 2) aluminiy va fosfat 3) mis va xlorid J: 1) MgHPO4, 2)AlPO4, 3)CuCl2
3. Quyidagi tuzlarning formulalarini yozing: 1) Temir(III)-sulfat 2) Magniy digidrofosfat 3) Aluminiy digidroksoxlorid J: 1)Fe2(SO4)3 2)Mg(H2PO4)2 3) Al(OH)2Cl
4. Quyidagi tuzlarning nomlarini ayting: J: Ba3(PO4)2-Bariy-fosfat, Ca(H2PO4)2-kalsiy-digidrofosfat, (MgOH)3PO4-magniy-gidroksofosfat, AlPO4-aluminiy-fosfat, K2CrO4-kaliy-xromat, KMnO4-kaliy-permanganat, CH3COONa-natriy-atsetat, K2C2O4- kaliy-oksalat, NaHCO3- natriy-gidrokarbonat, KHS-kaliy-gidrosulfid, LiHSO4-litiy-gidrosulfat, Mg(OH)Br-magniy-gidroksobromid, Al(OH)SO4-aluminiy-gidroksosulfat
5. NH4+ioni necha valentli bo’ladi? J: I-valentli
6. Kislota qoldig’ini valentligini qanday aniqlash mumkin? J: Kislota qoldig’ini valentligini aniqlashda qoldiqni hosil qilgan kislotadagi vodorod atomlar soni hisoblanadi. Masalan: H3PO4 ga qarab PO4 ni valentligi III ga teng ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling