Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт
-Mavzu: Eng muhim tuzlarning ishlatilishi
Download 0.73 Mb.
|
7-sinf to\'liq savol va javob
56-Mavzu: Eng muhim tuzlarning ishlatilishi.
1. Inson organizimini umumiy massasini necha % ni turli xildagi tuzlar tashkil qiladi? J: 5,5% 2. Osh tuzi (NaCl) qanday maqsadlarda ishlatiladi? J: Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi. 3. Osh tuzi va Silvinit (NaCl∙KCl) qaysi konlarda qazib olinadi? J: Хo‘jaikon, Тubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi. 4. Kalsiy karbonat (marmar, ohaktosh, bo‘r) CaCO3 qaysi konlarda qazib olinadi? J: Nurota va G‘ozg‘on konlarida uchraydi. 5. Kalsiy karbonat qanday maqsadlarda ishlatiladi? J: Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko‘p foydalaniladi. 6. Ammoniy nitrat NH4NO3 (Ammoniyli selitra) qayerda ishlab chiqariladi? J: Farg‘ona azotli o‘g‘itlar korxonasida sun’iy tarzda ishlab chiqariladi. 7. Ammoniy nitrat qanday maqsadlarda ishlatiladi? J: Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho‘yan va po‘lat olinadi. 8. Kalsiy karbonatdan foydalanib qanday moddalar hosil qila olasiz? J: 1) CaCO3→CaO+CO2 2)CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2 va boshqa karbonatli, gidrokarbonatli birikmalar olish olish mumkin. 9. FeSO4 dan temir, Fe(II)-oksid, temir(II)-gidroksid vat emir(II)-xlorid hosil qilish reaksiya tenglamalarini yozing? J: 1) 3FeSO4+2Al=3Fe+Al2(SO4)3 2) 2Fe+O2=2FeO 3) FeO+H2O=Fe(OH)2 4)Fe(OH)2+2HCl=FeCl2+2H2O 10. Tibbiyotda “issiq emlama” deb ataluvchi dori vositasi tayyorlanadigan tuzni (CaCl2) ohaktoshdan va boshqa manbalardan qanday olish mumkin? J: 1) CaCO3→CaO+CO2 2) CaO+2HCl=CaCl2+H2O 11. Kalsiyli selitra olish usullaridan biri suyultirilgan nitrat kislotani ohaktosh bilan neytralashdan iborat. Bunda sodir bo’ladigan reaksiya tenglamalarini yozing. J: CaCO3+2HNO3=Ca(NO3)2+H2O+CO2↑ 12. Ichimlik sodasini formulasini ko’rsating? J: NaHCO3 13. Suvsizlantirilgan sodani formulasini ko’rsating? J: Na2CO3 14. Bo’r, marmar, ohaktoshni formulasini ko’rsating? J: CaCO3 15. Potashni formulasini ko’rsating? J: K2CO3 16. Lyapsni formulasini ko’rsating? J:AgNO3 Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling