Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт
Download 0.73 Mb.
|
7-sinf to\'liq savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof modda
- Indeks
- Adsobtiv
- Valentlik
- Molar hajm
- Asosli oksidlar
- Suvda eriydigan asoslar
- Orta yoki normal tuzlar
- Asosli yoki gidroksid tuzlar
Sof modda – Trakibi va xossalari butun hajmi bo’yucha bir xil bo’lgan modda. Aralashma –fizik usullar bilan toza moddalarga ajratish mumkin bo’lgan modda. Analiz—modda tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan jarayon. Sintez- Modda hosil qilish jarayoni. Sifat analiz- Birikma qanday tarkibiy qisimlardan iborat ekanligini aniqlash. Moddaning agregat holatlari – Gaz, suyuq, qattiq. Indeks- molekulada atomlar sonini ko’rsatadi. Koyfisent- molekulalar sonini ko’rsatadi. Nisbiy molekulyar massa - molekulani tashkil etuvchi atomlarning nisbiy atom massalari yig’indisi Adsobsiya – bir modda yuzasiga ikkinchi moddani yutilishi Adsorbent – yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda Sorbsiya – moddaga tashqi muhitdan boshqa moddani yutilishi Adsobtiv – yutilgan modda Avogadro doimiysi- 1 mol har qanday modda 6,02 ·1023 ta zarracha (atom, molekula, ion) tutadi. Atom - Kimyoviy hodisalarda moddaning bo'linmaydigan eng kichik zarra Kimyoviy formula --- modda tarkibining kimyoviy belgilar va (zarur bo'lsa) indekslar yordamida ifodalanishidir. Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin. 1 mol --- moddaning nisbiy molekular massasiga son jihatidan teng va grammlarda ifodalangan qiymatdir. 1 mol --- (12C) uglerod izotopining 12 grammida nechta atom bo'lsa, o'shancha struktura birligi (molekula, atom, ion, elektron) tutgan moddaning miqdoridir. Modda miqdori --- n harfi bilan belgilanadi va uning qiymati "mol" bilan ifodalanadi. Moddaning molar massasi --- M harfi bilan belgilanib, g/mol bilan ifodalanadi Valentlik -element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati Valentlikning o'lchov birligi qilib vodorodning valentligi qabul qilingan. Vodorod atomining valentligi 1 (bir) ga teng. Kislorod atomi doimo ikki valentli bo'ladi. Avogadro qonuni- Bir xil sharoitdagi turli gazlarning bir xil hajmidagi molekulalar soni bir xil bo'ladi Molar hajm - Bug' holatidagi moddaning va har qanday gazning 1 mol i n.sh.da 22,4 l hajmni egallaydi Ekvivalentlar qonuni-Kimyoviy elementlar bir-biri bilan o'z ekvivalentlariga proporsional bo'lgan massa miqdorlarda birikadi yoki almashinadi Moddaning hosil bo'lish issiqligi - Oddiy moddalardan 1 mol murakkab moddaning hosil bo'lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori Lavuazye va Laplas qonuni- Har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo'lish issiqligiga teng bo'lib, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi Gess qonuni - Reaksiyalarning issiqlik effekti boshlang'ich moddalar bilan hosil bo'lgan mahsulotlarning tabiatiga bog'liq bo'lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas 1. Asosli oksidlar: Na2O, BaO, CuO va hokazo. Sof metallar. 2. Kislotali oksidlar: CO2, SO3, P2O5 va hokazo. Metalmaslar. Ba’zi metallarni yuqori oksidlari. 3. Amfoter oksidlar: ZnO, Al2O3, Sb2O3 va hokazo. Yarim oysimon metallar. Ba’zi metallarni o’rta valentli birikmlari 4. Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan) : CO, NO, N2O va hokazo. 5. Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi --1 ga va valentligi ikkiga teng bo'ladi --- Na2O2 , H2O2 , BaO2 . 1. Suvda eriydigan asoslar: NaOH, Ca(OH)2 , KOH, Ba(OH)2 . s-oila metallari 2. Suvda erimaydigan asoslar: Cu(OH)2 , Fe(OH)2 , Cr(OH)2 . s-oila metallaridan tashqari. 3. Amfoter asoslar: Ham kislota, ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladigan asoslar deyiladi: Zn(OH)2 , Al(OH)3 , Cr(OH)3 D-oilasidagi eng kamida 3 xil valentlika ega bo’lgan elementlarini quyi valentli birikmalari asosli xossaga, o’rta valentli birikmalari amfoter, yuqori valentli birikmalari kislotali xossaga ega. Masalan: Mn ning II, IV, VII valentli biriklamarini tahlil qilamiz: II valentli-asos, IV-valentli –amfoter, VII valentli-kislotali xossalarga ega. 1. O'rta yoki normal tuzlar: NaCl, KCl, CaCl2, Ba(NO3)2, Al2 (SO4 )3, FeSO4. 2. Nordon tuzlar: ikki yoki uch negizli (ko'p negizli) kislotalar nordon tuzlarni hosil qiladi. NaHCO3, C a(HCO3)2, KHSO4, Ca(H2PO4)2. 3. Asosli yoki gidroksid tuzlar: (CuOH)2CO3, Ca(OH)Cl, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Cl. 4. Qo'shaloq tuzlar (qo'sh tuzlar): ikki xil metall va 1 ta kislota qoldig'idan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy ahamiyatga ega bo'lganlari achchiqtoshlardir: KAl(SO4)2, NH4 A l(SO4)2. 5. Aralash tuzlar: bir xil metall va ikki xil kislota qoldig'idan hosil bo'lgan tuzlar aralash tuzlar deyiladi: CaClOCl (yoki CaOCl2). Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling