Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт


-yil Berseliusning shogirdi nemis kimyogari F.Veller laboratoriya sharoitida disiandan o'simlik organizmida uchraydigan oksalat kislota


Download 0.73 Mb.
bet38/44
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1393283
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
7-sinf to\'liq savol va javob

1824-yil Berseliusning shogirdi nemis kimyogari F.Veller laboratoriya sharoitida disiandan o'simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani, 1828-yilda esa oddiy anorganik tuz - ammoniy sianiddan hayvon organizmida hosil bo'ladigan mochevina (karbomid)ni sintez qildi.
1827-yilda ingliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi qattiq zarrachalarning harakatini kuzatganda, ular uzluksiz harakat qilishini aniqlagan. Hozirda bu harakat Broun harakati deb ataladi.
1827-yilda shved olimi I.Ya.Berselius organik birikma va organik kimyo tushunchalarini fanga kiritdi.
1837-yilda B.S.Yakobi elektroliz yordamida relyefli buyumlardan nusxa olish(galvanoplastinka) kashf qildi.
1840- yilda nemis kimyogari Yu.Libix "Kimyoning dehqonchilikka tadbiqi" kitobida o'simliklarning oziqlanishi uchun N, P, K elementlarini tutgan tuzlar va shuningdek, boshqa elementlar tutgan moddalar zarur ekanligini tushuntirib bergan. U agrokimyo faniga asos solgan, o'simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini taklif etgan, tuproqqa mineral o'g'itlar solish yo'li bilan madaniy o'simliklar hosildorligini oshirishga doir tavsiyanomalar bergan.
1842-yil rus olimi N.N.Zinin nitrobenzoldan anilinni sintez qildi.
1845-yilda nemis olimi Kolbe sirka kislotani sintez qildi.
1852(1858)- yilda Franklend valentlik tushunchasini fanga kiritdi.
1854-yilda fransuz olimi M.Bertlo sun'iy yog'simon modda sintez qildi.
1857-yilda A.Kekule uglerodning 4 valentliligini aniqladi.
1857-yilda A.Kuper va A.Kekulelar tomonidan uglerod atomlarining bir-biri bilan bog'lana olish qobiliyati aniqlandi.
1858-yilda A.Kuper tomonidan atomlarning ulanish kimyoviy kuchini belgilash uchun valentshtrixi fanga kiritildi.
1860-yilda Karlsrueda bo'lib o'tgan kimyogarlarning xalqaro syezdida "Atom" va "Molekula" tushunchalari aniqlashtirildi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling