Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт


Kislorod - 1774-yil 1-avgustda


Download 0.73 Mb.
bet41/44
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1393283
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
7-sinf to\'liq savol va javob

Kislorod - 1774-yil 1-avgustda J.Pristli va undan bexabar holda shu yil 30-sentabrda K.Sheele tomonidan kashf etilgan bo'lsa-da, uni yangi modda sifatida Lavuazye batafsil izohlab berdi. Kislorod nomi Lavuazye taklifi bilan lotincha "oxygenium - kislota yaratuvchi" so'zidan olingan va O harfi uning kimyoviy belgisi qilib olingan.
Ko'mir Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan qazib olinadi.
Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O'qjetpes, Kosmonachi, Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan.
Markaziy Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy (865-925)- atomlarning bo'linishini va atom mayda bo'laklar bilan bo'shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo'lishini izohlab berdi.
N.A.Parpiyev(1931) - Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori darajada toza molibden olishning termik usulini ishlab chiqqan.
N.D.Zelinskiy 1-Jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlangan ko'mirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi.
N.R. Yusupbekov(1940) - Ilmiy ishlari kimyoviy kibernetika sohasiga mansub bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tadqiqotlari ilmiy maktabiga asos solgan.
Neft va gaz mavjud bo'lgan 5 ta asosiy mintaqa: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G'arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg'ona.
Nemis olimlari I.Dedereyner(1829) va L.Meyer(1864), ingliz olimlari U.Odling va J.Nyulends(1863), fransuz olimlari J.Dyuma va A.Shankurtua hamda boshqa olimlar kimyoviy elementlarni sistemalashtirishga harakat qilganlar.
Nobel mukofotining sohiblari: fransuz olimlari Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar 1898- yilda radiometrik usul bilan radiy Ra va poloniy Po elementlarini kashf etdilar.
O.S.Sodiqov(1913-1987) - G'ozadan ajratib olingan moddalarni kompleks kimyoviy tekshirish natijalariga bag'ishlangan ishlari uchun 1985-yilda D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. O'zFA Biorganik kimyo institutiga asos solgan.
Oltin zaxiralari Qizilqumdagi Muruntov, ajibugutdagi Bulutkon, Balkantov, Aristonov, To'rboy va boshqa yerlarda joylashgan.
O'zbek olimlari U. O. Oripov, M. Mo'minovlar yadro reaksiyalarini o'rganish sohasida bir qator ilmiy ishlarni boshlab berdilar.
O'zbekiston ko'mir zaxiralari bo'yicha Markaziy Osiyoda 2-o'rinda turadi.
O'zbekiston oltin zaxiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinda turadi.
O'zbekistonda 160 dan ortiq neft konlari mavjud.
O'zbekistonda hozirgi kunda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan.
O'zbekistonda ko'mirning geologik zaxiralari 2 mlrd tonnadan ortiq.
O'zbekistonda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling