Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт


-Mavzu Tarkibning doimiylik qonuni


Download 0.73 Mb.
bet8/44
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1393283
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
7-sinf to\'liq savol va javob

15-Mavzu Tarkibning doimiylik qonuni.
1. Tarkibning doimiylik qonuni kim tomondan kashf etilgan? J: 1799 yil fransuz olimi J. Prust
2. Tarkibning doimiylik qonunida nima deyilgan? J: Har qanday toza modda olish usuli va joyidan qa’tiy nazar doimiy tarkibga ega.
3. Moddada miqdor o’zgarishi uning nimasi o’zgarishiga olib keladi? J: Sifat tarkibi
4. Sifat o’zgarishi moddada qanday holat ko’zatiladi? J: Miqdor o’zgarishiga
5. Karrali nisbatlar qonunini kim tomonidan kashf qilingan? J: 1803 yil ingiliz olimi J. Dalton
6. Karrali nisbatlar qonuniga ko’ra? J: Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.
16-Mavzu: Massaning saqlanish qonuni.
1. Massaning saqlanish qonuni kim tomonidan kashf qilingan? J: 1748 yil rus olimi M.V. Lomonosov
2. Massaning saqlanish qoninida nima deyiladi? J: Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlarining umumiy massasiga teng bo’ladi.
3. M.V. Lomonosov massaning saqlanish qonuni bilan bir qatorda fizikada yana qaysi qonuni kash qiladi? J: Energiyaning saqlanish qonunini
4. Energiyaning saqlanish qonunida nima deyilgan ? J: Energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga o’tadi
5. Massaning saqlanish qonuniga ko’ra A. Lavuazye qanday fikr bildirgan? J: Reaksiyada qatnashayotgan element o’z atom massasini saqlab qoladi yani atom o’zgarmaydi (xulosa kimyoviy reaksiyalarda kislorod atomi vodorod atomiga aylanib qolamaydi).
6. Massaning saqlanish qonuniga bo’ysinmaydigan kimyoviy reaksiyalar ham bormi? J: Yadro reaksiyalari
7. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar soni o’zgaradimi ? J: Ha, atomlar soni o’zgaradi koyfisentlar yordamida tenglanadi
8. Kimyoviy reaksiyalarda bir element boshqasiga aylanadimi? Yo’q aylanmaydi, lekin yadro reaksiyalarida bir element boshqasiga aylanadi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling