Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт


Download 0.73 Mb.
bet26/44
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1393283
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
7-sinf to\'liq savol va javob

Li

Cs

K

Ca

Na

Mg

Al

Mn

Zn

Cr

Fe

Ni

Sn

Pb

H2

Cu

Ag

Hg

Au

Pt

Qora rangda ko’rsatilgan metallar Hg metalidan faol bo’lgani uchun yo’qorida ko’rsatilgan reaksiyani amalga oshirish mumkin bo’ladi.
3. Zn +2NaOH=Na2ZnO2 +H2 nima uchun rux metalli ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qildi? J: Rux metalli amfoter metal bo’lgani uchun ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qildi
4. Qaysi metallar ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi? J: Davriy jadvalda yarim oysimon shaklida ko’rsatilgan metallar yani amfoter metallar ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi.
5. Qaysi metal oksidlari ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi? J: Amfoter oksidlar va amfoter metallarni o’rta valentli oksidlari ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi.
6. Qanday asoslar ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi? J: : Amfoter asoslar va amfoter metallarni o’rta valentli asoslari ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi.
7. Quyidagi reaksiyani to’galang: Al+NaOH+H2O= J: 2Al+2NaOH+6H2O=2Na[Al(OH)4]+3H2
8. Quyidagi reaksiyani to’galang: Ishqor kam bo’lsa Al(OH)3+NaOH=
J: Al(OH)3+NaOH= Na[Al(OH)4]
9. Quyidagi reaksiyani to’galang:Ishqor mo’l bo’lsa Al(OH)3+NaOH= J: Al(OH)3+3NaOH= Na3[Al(OH)6]
10. Quyidagi tuzlarni nomlang : 1)Na[Al(OH)4 2) Na3[Al(OH)6] 3) Na2ZnO2 4) Na2[Zn(OH)4 J: 1) Na[Al(OH)4 –natriy-tetragidrokso-aluminat, 2) Na3[Al(OH)6] –natriy-geksagidrokso-aluminat, 3) Na2ZnO2 -natriy-sinkat, Na2[Zn(OH)4-natriy-tetragidrokso-sinkat
11. Quyidagi reaksiyani to’galang: Zn +NaOH+H2O= J: Zn +2NaOH+2H2O= Na2[Zn(OH)4+H­2
12. Quyidagi reaksiyani to’galang: Zn(OH)2+NaOH= J: Zn(OH)2+2NaOH= Na2[Zn(OH)4
13. Quyidagi reaksiyani to’galang: ZnO+NaOH+H2O= J: ZnO+2NaOH+H2O= Na2[Zn(OH)4
14. Natriy ishqorini Sulfat kislota bilan reaksiyasini yozing?: J: Bu reaksiya ikki bosqichda boradi
1)NaOH +H2SO4=NaHSO4+H2O 2) NaHSO4 +NaOH=Na2SO4+H2O
Bir bosqichda ham borishi mumkin: 2NaOH+H2SO4=Na2SO4+H2O
15. Natriy ishqorini ortofosfat kislota bilan reaksiya tenglamasini ko’rsating? J: Bu reaksiya uch bosqich bilan boradi 1) NaOH+H3PO4=NaH2PO4+H2O 2) NaH2PO4+NaOH=Na2HPO4+H2O 3) Na2HPO4+NaOH=Na3PO4+H2O
Bir bosqichda ham borishi mumkin: 3NaOH+H3PO4=Na3PO4+3H2O
16.Qanday qilib o’rta tuzni nordon tuzga aylantirish mumkin? J: CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2
17. Mis(II)- sulfat (CuSO4) tuzini rangi qanday? J: Ko’k rangli
18. Mis ko’porosini(CuSO4∙5H2O) rangi qanday? J: Och ko’k rangli
19. Nima uchun metal tuzlaridan metallarni siqib chiqarishda magniydan o’ngda to’rgan metallardan foydalaniladi? J: Magniydan chapda to’rgan metallar tuzli eritmalarga tushirilganda suv bilan reaksiyaga kirishib ketadi
20. Quyidagi moddalar orasidagi reaksiya tenglamalarni yozing: 1)temir+xlorid kislota; 2) sulfat kislota+ natriy gidroksid; 3) bariy nitrat+natriy sulfat; 4) aluminiy xlorid+kaliy gidroksid;
J: 1) Fe+2HCl=FeCl2+H2 2) H2SO4+2NaOH=Na2SO4+2H2O 3) Ba(NO3)2+Na2SO4=2NaNO3+BaSO4
4) AlCl3+3KOH=Al(OH)3+3KCl
21.Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
Cu→CuO→CuSO4→Cu(OH)2→CuCl2→Cu
J: 1) 2Cu+O2=2CuO 2) CuO+H2SO4=CuSO4+H2O 3) CuSO4+2NaOH=Cu(OH)2+Na2SO4 3)Cu(OH)2+2HCl=CuCl2+2H2O 4) CuCl2+Fe=FeCl2+Cu
22. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
Zn→ZnO→ZnSO4→Zn(OH)2→Na2ZnO2
J: 1) 2Zn+O2=2ZnO 2) ZnO+H2SO4=ZnSO4+H2O 3) ZnSO4+2KOH=Zn(OH)2+K2SO4 4)Zn(OH)2+2NaOH=Na2ZnO2+2H2O
23. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
P→P2O5→H3PO4→Na3PO4→Ca3(PO4)2
J: 1)4P+5O2=2P2O5 2) P2O5+3H2O=2H3PO4 3)H3PO4+3NaOH=Na3PO4+3H2O
4) 2Na3PO4+3Ca(OH)2=Ca3(PO4)2+6NaOH
24. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
Mg→MgO→Mg(OH)2→MgCl2→Mg(NO3)2
J: 1) 2Mg+O2=2MgO 2) MgO+H2O=Mg(OH)2 3) Mg(OH)2+2HCl=MgCl2+2H2O 4)MgCl2+2HNO3=Mg(NO3)2+2HCl
25. Bariy sulfat tuzini qanday usullar bilan olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
J: Suvda eriydigan tuzlariga sulfat kislota ta’sir ettirib olish mumkin.
Ba(NO3)2+H2SO4=BaSO4↓+2HNO3
26. Kumush yodid (AgJ) va natriy yodid (NaJ) tuzlarini rangi qanday? J: Sariq
27. Mis gidroksituzi mavjud. Natriy gidroksikarbonat tuzi ham mavjudmi? Asosli javob bering.
J: Mis (II)-valentli gidroksidi o’zida bitta gidroksidni saqlab qolib asosli tuz hosil qiladi. Natriy (I)-valentli bo’lganligi uchun o’zida bitta gidroksidni saqlab qolib asosli tuz hosil qila olmaydi, chunki bunga valentligi yo’l quymaydi.
28. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
Fe  FeSO4  Fe(OH)2  FeO  Fe
J: 1) Fe+H2SO4(suyul)=FeSO4+H2↑ 2) FeSO4+2NaOH=Fe(OH)2+Na2SO4 3)Fe(OH)2FeO+H2O
4) 3FeO+2Al=3Fe+Al2O3
29. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
Cu  CuO  Cu(NO3)2  Cu(OH)2  Cu(OH)NO3
J: 1) 2Cu+O2=2CuO 2)CuO+2HNO3= Cu(NO3)2+H2O 3) Cu(NO3)2+2NaOH=Cu(OH)2+2NaNO3
4) Cu(OH)2+HNO3=Cu(OH)NO3+H2O

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling